Leksik-semantik munosabatlar



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə3/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

3. Antonimiya (gr. antionymo – “zid nom”) leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: katta – kichik, yosh – qari, mitti – ulkan, oq – qora va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Masalan, katta va kichik leksemalari umumiy – “belgi”, “ko‘lam” semasi bilan birga, qarama-qarshi – “nisbatan ortiq” (katta) va “nisbatan katta bo‘lmagan” (kichik) semasiga ham ega. Yoki qish – “yilning eng sovuq fasli”, yoz – “yilning eng issiq fasli”, kirmoq – “ichkariga”, chiqmoq – “tashqariga”.
Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in’ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: issiq – sovuq (harakat), katta – kichik (hajm), erkak – ayol (jins) va hokazolar.
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik;
b) komplementar qarama-qarshilik.
Кontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Masalan, kichik – o‘rta katta, yosh o‘smir o‘rta yosh qari kabi. Bunda kichik va katta, yosh va qari leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a’zolari o‘rtasida ikki antonim a’zo belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan bog‘lovchi bo‘g‘in bor. Yuqoridagi o‘rta leksemasida kichik va katta leksemalarining qarama-qarshiligi so‘nadi. Demak, leksemalarning kontrar qaramaqarshiligini ularning darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim.
Кomplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: rost – yolg‘on, arzon – qimmat, oson – qiyin. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q.
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. har xil o‘zakli antonim: katta kichik, kirmoq chiqmoq, muhabbat nafrat;

  2. bir xil o‘zakli antonim: madaniyatli madaniyatsiz, aqlli aqlsiz, ongli ongsiz.


Yüklə 96,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə