Leksik-semantik munosabatlar



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə5/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Darcha – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki qo‘sh tavaqali, eshik yoki devorga o‘rnatilgan kichkina eshikcha (O‘TIL, I, 212.)

  • Eshik – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochibyopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).

  • Darvoza – hovli, qo‘rg‘on, qal’a, zavod va shu kabilarga kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209).

    Ajratilgan so‘zlar miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi leksemalardir. Bu darcha leksemasi izohidagi kichkina va eshikcha so‘zlari, darvoza leksemasi izohidagi katta so‘zi.
    Boshqa bir leksema qatorini olamiz: gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi.
    Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan:

    1. Gulobigulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197).

    2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608).

    3. Qizg‘ish qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi, qizg‘imtir (O‘TIL, II,

    573)

    1. Qizilqon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570).

    2. Ol – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529).

    3. Qirmizi – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581).

    Bu tavsif, albatta, mukammal emas. Chunki ular o‘zining graduonimik sistemasidan uzib tavsiflangan. Agar ular bir sistema a’zolari sifatida tahlil etilsa, quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi:

    1. Gulobi – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang.

    2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq.

    3. Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang.

    4. Qizil – qon rang.

    5. Ol – qizildan to‘qroq rang.


    6. Yüklə 96,81 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə