Leksik-semantik munosabatlar



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə2/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka tusi bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi (gr. synonymos – “bir nomli”). Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi.

Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida yuz bet aft bashara turq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: “odam boshi old tomoni”, “peshonadan iyakkacha”. Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, “shaxsiy munosabat”semasi har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U yuz leksemasida “shaxsiy betaraf munosabat” ko‘rinishida bo‘lsa, turq leksemasida “o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat” tarzida.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman.
Ulardan ayrimlari quyidagilar:

  1. ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi;

  2. leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: “eskirgan”, “yangi”,

“o‘ta yangi”, “arxaik”, “tarixiy”;

  1. leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: “shevaga xos”, “so‘zlashuvga oid”, “kitobiy”, “ko‘tarinkilik” va h.

Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, katta ulkan bahaybat sinonimik qatori “kitobiylik”, “ko‘tarinkilik” ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), ulkan va katta leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan.
Ma’nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha o‘ziga xos xususiyati bor:

  1. dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan “kambag‘alroq” bo‘ladi. Qiyoslang: chiroyli, go‘zal va suluv. Qatordagi chiroyli leksemasida go‘zal va suluv leksemasidagi ko‘tarinkilik bo‘yog‘i yo‘q;

  2. dominanta leksemaning qo‘llanish doirasi va miqdori boshqa ma’nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;

  3. dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois istalgan vaqtda o‘z ma’nodoshlarini almashtira oladi;

  4. ma’nodoshlik qatori mansub bo‘lgan katta sistemaga faqat dominanta leksema kiradi. Masalan, “kishi tanasi a’zolari” lug‘aviy-ma’noviy guruhiga yuz dominanta leksemasi kirib, quloq, burun, lab, qosh, peshona leksemalari bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksema “betaraf” bo‘lolmaganligi bois yuqori paradigmaga kira olmaydi va uning betaraf vakili bu huquqqa ega bo‘la oladi, xolos.

Ma’nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida keraksizi iste’moldan chiqib, qator yangilari bilan boyib boraveradi. Nutqda ma’nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema sememalarining turi, yasama so‘z, so‘z birikmasi, nutqiy ko‘chma so‘z bilan to‘lib, kengayib boradi. Bular kontekstual sinonim sifatida nutqning go‘zalligi va boyligini ta’minlovchi vosita sanaladi.
Sinonimik qator leksik paradigma hisoblanmaydi.

Yüklə 96,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə