Leksik-semantik munosabatlar



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə6/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Qirmizi – to‘q qizil rang.

Bu leksemalar denotativ ma’nolaridagi rangning miqdoriy semasi asosida quyidagicha darajalanadi:
«qizillik»

-3 -2 -1 0 1 2
gulobipushtiqizg‘ishqizilolqirmizi
Demak, lug‘aviy graduonimik qatorni ajratish uchun ma’noviy omil o‘zaro yaqin tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir leksemada ma’lum bir belgining turlicha darajalanishiga ishora mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shu asosda ma’noviy omilning o‘zi ikki turga bo‘linadi: 1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi; 2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi.
Graduonimik qator lug‘aviy paradigmaga qo‘yiladigan quyidagi talabning barchasiga javob berdi:

  1. lug‘aviy paradigmaning bitta yetakchi leksema (dominanta) atrofida birlashishi;

  2. lug‘aviy paradigmaning ochiqligi;

3)lug‘aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga yetakchi leksema bilangina kirishi;
4)lug‘aviy paradigmadagi qurshov leksemaning dominant leksema bilan osonlikcha almashtirila olishi.
Demak, leksemalararo lisoniy munosabat sanaluvchi graduonimiya hodisasi bir necha leksemaning ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga qarab, lug‘aviy ma’noviy qatorda, sistemada namoyon bo‘lishi bo‘lib, bunda dominanta va qurshov leksema farqlanadi.
Lug‘aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy qonunlari mavjud:

  1. graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki kengayib

borishida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni tajallilanadi;

  1. graduonimik zanjirning ikki chekka uchi ma’lum bir belgining tasdig‘i

bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‘ladi;
d) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) leksemalarning bir yetakchi leksema (dominanta) atrofida birlashib, bir lug‘aviy ma’noviy qatorni – paradigmani, butunlikni tashkil etishda qaramaqarshilik birligi va kurashi qonuni voqelanadi.


Yüklə 96,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə