Leksik-semantik munosabatlar



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Mustaqil o‘qish uchun
Sotsialingvistikami, sotsiolingvistika
“Kiyimlar” do‘konida ishlaydigan kishining besh yoshli o‘g‘li bir kuni shunday deb qoldi: “Men hammani birday yaxshi ko‘raman, ammo oyijonimni esa bir razmer ko‘proq!”
Tahririyatda ishlaydigan ota o‘g‘li bilan parkka aylanishga chiqqanda shunday dedi: “Dadajon, karuselning muharririga ayting, bizni tezroq qo‘ysin!”
Ma’lum bo‘ladiki, ota-ona, oila kichik “jamiyat”, undagi muhit bolaning nutqi, leksikoniga ham ta’sir qiladi. Hatto kattalar ongli yoki ongsiz ravishda shunday xususiyatga ega bo‘ladilar.
Ijtimoiy muhitning tilga va nutqqa ta’siri tilshunoslikning ikki xil sohasi tomonidan o‘rganiladi.
Ijtimoiy muhitning umuman tilga ta’siri sotsialingvistika tomonidan o‘rganilsa, uning alohida shaxs
yoki kishilar guruhiga ta’siri sotsiolingvistika tomonidan tekshiriladi. Ikki soha nomi bir tovush (a/o) bilan farqlanadi. K o‘pchilik bu iiki termini chalkashtiradi/
“Sof” lingvistika til hodisalarini “quruq”, tashqi muhit ta’sirlaridan xoli o‘rganadi. Masalan, so‘zning tovush qobig‘i, undagi fonetik xususiyatlar, ma’nosi, ma’nodoshlari, birikuvchilari va h. Sotsialingvistika davr va jamiyatning tilga ta’siri bilan shug‘ullanar ekan, masalan, vazir so‘zining o‘zbek tili leksik qatlamida o‘z vaqtida nega eskirganligi, bugungi kunda uning yana faollashish sabablari yoki –lar ko‘plik qo‘shimchasining ortiqcha qo‘llanish holatlari sodir bo‘lganligi (o‘nta o‘quvchilar kabi) sabablari bilan qiziqadi.
Sotsiolingvistika ijtimoiy guruh va qatlam nutqidagi jargon va slenglar bilan maxsus shug‘ullanadi. Masalan, svetnaya mast (“toj guli”), bosyak (“past tabaqa”), malyutka (“yosh”), shirmach (“kissavur”) kabi ifodalarning qo‘llanish doirasi kabilar shular jumlasidan.
4. Graduonimiya (gr. gradatio – “ko‘tarilish”, “o‘sish”, onymo – “nom”).Lug‘aviy birliklar o‘zaro ma’noviy munosabatiga ko‘ra ma’lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga qadimdan ma’lum va uning eng yorqin namunasi – o‘rta so‘zini o‘z ichiga olgan so‘zlar qatori. Masalan:
кatta o‘rta kichik yosh o‘rta qari uzoq o‘rta yaqin balando‘rta past uzun o‘rta qisqa.
Ma’lumki o‘rta so‘zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma’noda o‘rtalik, oraliq, ya’ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‘idagi holatni ko‘rsatadi. O‘rta leksemasi antonimlar oralig‘idan o‘rin olsa, katta – o‘rta – kichik darajalanishi kam seziladi. Lekin o‘rta leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma’lum bir belgining kamayishi yoki o‘sishi asosida idrok etilsa, ma’noviy darajalanish yaqqol anglashiladi.
Darajalanish qatori a’zolari kamida uchta bo‘ladi.
Darajalanish munosabatlari bilan bog‘langan so‘zlar qatorini: a) g‘ayrilisoniy asos;
b) sof lisoniy asosgatayanib ajratish mumkin.
G‘ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgixususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson go‘daklik, yoshlik, navqironlik, yetuklik, qarilik holatini, o‘simlik navnihollik, ko‘chatlik, yetilganlik, quriganlik davrini boshidan kechiradi – o‘sadi. Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‘yoqchilar birgina qora rangning hatto o‘ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi bo‘lganligi bois u ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy farqlarni ham ifodalashi lozim. Bunday miqdoriy farq turli usul bilan, jumladan, alohida-alohida leksema bilan ham ifodalanadi. Chunonchi, nihol – ko‘chat – daraxt, ninni – chaqaloq, go‘dak –bola, buzoq – tana – g‘unajin – sigir kabi.
Graduonimik lug‘aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar: a) ma’noviy omil;
b) so‘zlararo paradigmatik munosabat.
Graduonimik qatorni ajratishdagi ma’noviy omilning mohiyati shundaki, bir qator leksemalar sememasida ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga, turli xil darajalariga ishora mavjud. Masalan, darcha – eshik – darvoza leksemasining “O‘zbek tili izohli lug‘ati”dagi izohini kuzataylik:


  1. Yüklə 96,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə