Leksik-semantik munosabatlar


Bo‘sh vaqtda bajarish uchun



Yüklə 96,81 Kb.
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,81 Kb.
#166458
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Bo‘sh vaqtda bajarish uchun
MUSADDAS
Subhidam max/murluqtin/ tortibon dar/di sare,
Azmi dayr et/timki, ichgay/men sabuhiy/ sog‘are,
Chiqti sog‘ar/ to‘ldurub ko/firvashi mah/paykare,
Naqdi din o/lib ichimga/ soldi maydi/n ozare, Vahki, dinim/ kishvarin to/roj qildi/ kofire, Kufr eliga/ homiyu di/n ahlig‘a yag‘/mogare.
Demakim, nev/chun hayoting/din sanga yo‘q/ hosile,
Ishqdin ol/lingda har dam/ mushkil uzra/ mushkile,
Chun bilursen/, nevchun aylab/sen o‘zungni/ g‘ofile,
Bo‘yla bo‘lg‘ay/ kimga yori/ bo‘lsa sendek/ qotile, Chobuke, ra’/noqade, no‘/shinlabe, xo/rodile, Mahvashe, nas/rin uzore/, gulruhe, siy/minbare.
Ul quyosh ish/qidakim ko‘ng/lumga yo‘qtur/ toqate,
Shomi zulfi/din agar jo/nimg‘a yetsa/ mehnate,
Orazi meh/rig‘a qilsam/, mayl ermas/ hayrate
Kim, erur har/ kimsakim, naz/zora qilsa/ soate, Zulfi ko‘zlar/ni qora qil/moqqa shomi/ furqate, Shomi furqat/ daf’ig‘a rux/sori mehri/ anvare.
Ko‘hi darding/ za’fliq tan/ birla chektim/ muddate,

Kim, visol um/mididin ko‘ng/lumda erdi/ quvvate,
Emdi rahm et/kilki, yuzlan/mish ajoyib/ holate,
Ne ko‘ngulda/ quvvate qol/mish, ne tanda/ sihhate, Ne qaroru/ sabru ne to/bu tavon, ne/ toqate,
Ne ko‘ngul, ne/ jonu ne ru/hu ravon, ne/ paykare.

Alisher Navoiy
Vazifa
Leksik-semantik munosabatdagi leksemalarni va munosabat turlarini aniqlang.

5. Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya (aniqrog‘i, gipo-giperonimiya), ya’ni tur-jins munosabati.
Giponimik munosabatda giperonim (tur) va giponim(jins) farqlanadi.
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko‘pgina ma’noni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrosistemaning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida namoyon bo‘luvchi lug‘aviy birlik. Giponim esa ma’lum jins turining nomini hamda o‘zining semantik tarkibida implisit tarzda jins ma’nosini ham ifodalovchi, semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‘lgan lug‘aviy birlik.
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa obyektiv borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‘liq. Masalan, daraxt giperonimi tur ma’nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi leksemalarni leksik-semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik guruh hosil qiladi. Shu boisdan daraxt leksemasi giperonim sifatida giponimi bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, daraxt – qayin, daraxt – terak, daraxt – dub, daraxt – archa.
Giponimlar teng huquqli bo‘lib, giperonimga munosabati bir xil. O‘z navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‘lanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi daraxt nomi dastlab ikki guruhga bo‘linadi: mevali daraxt va mevasiz daraxt. Mevali daraxt o‘z mevasining nomi bilan ataladi. Shuning uchun bu leksema ko‘p ma’noli bo‘lganligi bois bir tomondan meva, ikkinchi tomondan daraxt giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi:

Yüklə 96,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə