Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə154/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo 

Axborotlar uzatishining hozirgi zamon tizimi obyektiv ravishda


fuqarolik muomilasida hujjatlarni bitim tuzuvchi shaxslarning imzolari
faksimil nusxalari, elektron imzolari va boshqa shunga o‘xshash imzolari
bilan guvohlantirishga imkon berishga olib keldi. Bu bitimlarni tuzish
jarayonlarini tezlashtirishga sabab bo‘ladi.
Bitimlar tuzishda mexanik vositalar yoki elektron-raqamli imzolarni
yoxud jismoniy shaxs o‘z imzolarini boshqacha turlarini qo‘llashga
qonunlarda, boshqa huquqiy hujjatlarda yoki taraflarning kelishuvlarida
nazarda tutilgan asoslarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Hozirgi zamon
sharoitlarida o‘z qo‘l imzolarini qo‘yish vositalarini (imzolarni muhrlash
vositalarini ham deb aytish mumkin) qo‘llashdan foydalanish tartibi bitim
ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvda puxta belgilab quyilishi kerak, chunki
qonunlarda o‘z ko‘p imzolarini muhrlash vositalaridan foydalanish
masalalari batafsil tartibga solinmagan. Xorijiy davlatlarda, shu jumladan
AQSH va Rossiyada elektron-raqamli imzolardan foydalanish tartibi
to’g’risida normalar mavjud. Masalan, Rossiya Federatsiyasining
“Axborotlar, axborotlashtirish va axborotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi
Qonuni”ning 9-moddasiga asosan avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida
imzolarni aynanligini (identifikatsiyasini) ta’minlaydigan dasturiy texnik
ELEKTRON SHARTNOMA 
TUZISH XUSUSIYATI 
elektron shaklda qayd etiladi
elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlanadi
elektron shartnomani
identifikastiya qilish
imkoniyatini beradi
qonunda nazarda tutilgan
shartnomalargina elektron
shaklda tuziladi


309


vositalar mavjud bo‘lganda va ulardan foydalanishining belgilangan
rejimiga rioya qilinganda elektron raqamli imzoning yuridik kuchi
ta’minlanadi. Elektron huquqi litsenziya orqali amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo, raqamli imzolar generatsiyalashtirish dasturi
ishlarining natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo o‘z qo‘l imzosining
analogi (muqobili) bo‘lib ikki xil asosiy xususiyatlariga ega: u muayyan
hujjat bilan uzviy ravishda bog‘liq va faqat o‘sha hujjat uchungina
ahamiyatga ega. Elektron-raqamli imzo hujjat mazmuni va imzolovchining
maxviy kalitini yagona yaxlitlik bilan qat’iy uyg‘unlashtiradi, birlashtiradi
va ushbu imzoni haqiqiyligini buzmasdan turib hujjatni o‘zgartirishni
istisno
etadigan
qiladi.
Elektron-raqamli
imzodan
foydalanish
protsedurasining mohiyati shundan iboratki dasturiy ta’minlashdan
foydalanuvchi bir juft individum kalitlar tayyorlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi: hujjat ostidagi imzoning raqamning muqobilligi shakllantirish
uchun maxfiy kalit va uning jufti bo‘lgan ochiq kalit – u ushbu maxfiy
kalit yordamida hisoblab chiqarilib raqamli imzolarni xaqiqiyligini
tekshirish uchun ishlatiladi.
Elektron raqamli imzo – bu o‘z qo‘l imzosining mustaqil muqobili
bo‘lib xisoblanadi. Uning yana bir turi mexanik yoki boshqacha nusxa
ko‘chirish vositalari yordamida imzolar faksimili hosil bo‘lishi oqibatida
vujudga keladi. Shunisi diqqatga sazovorki, faksimil imzo nusxasi FKning
107-moddasi
2-qismida
o‘zining xususiy asosiga ega. Unda
ko‘rsatilishicha, “agar qonun hujjatlariga yoki ishtirokchilardan birini
talablariga zid bo‘lmasa bitim tuzish chog‘ida imzodan faksimil usulida
nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi”.
Elektron imzo inson tomonidan ko‘rish orqali bevosita qabul
qilinadigan u yoki bu belgi sifatida mavjul bo‘lishi mumkun emas. Bunday
imzo bilan mustahkamlangan bitim qatnashchilari o‘rtasida imzolar
elektron imzolardan foydalanish tizimi ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan
holda asosida yoki qonun normalari asosida yoxud boshqa qonun hujjatlari
asosida hal etilishi mumkin.
1

O‘z qo‘l imzosining u yoki bu muqobilidan foydalanish tartibi


qanday (qonun tomonidan, boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan yoxud
bitim ishtirokchilarining kelishuvi orqali) belgilanganidan qat’i nazar
ushbu tartib o‘z qo‘l imzosining muqobili bilan guvohlantirilgan hujjat
bitim tuzgan shaxsniki ekanligini ishonchli ravishda aniqlashga,
belgilashga imkon berishi lozim.

1
Мельиев Ю.В., Молчанов В.В., Шерстабинов А.В. Правовое регулирование электронного документооборота в


банковской практике. //Гражданско-правовое регулирование банковской деятельности. М.1994. B.109-128.


310


Elektron raqamli imzo mohiyatini anglab yetish bilan bog‘liq
muammolar elektron shaklda tuzulgan hujjatlarni yuridik anglab etish
bilan bog‘liq tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. FKning 107-moddasi
to‘rtinchi qismida ko‘rsatiladiki xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar,
teletaypogrammalar, fakslar yoki subyektlarni va ular xohish irodasining
mazmunini ifodalaydigan boshqa hujjatlarni ayirboshlash, agar qonun
hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo‘lmasa, yozma shaklda tuzilgan bitim bilan tenglashtiriladi. Yuqorida
nazarda tutilgan vositalarning bir qismi elektron vositalar (masalan faks)
hisoblanadi: elektron shakldagi hujjatni anglab yetish muammolari jihatlari
elektron raqamli imzoni anglab yetish muamollari bilan bir xildir. Bunda
FKning 366-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan qoidani doim yodda
tutish lozim, shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan,
shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli su‘ratda aniqlash imkonini
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yuli bilan tuzilishi
mumkin”.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə