Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo‘shimcha



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə155/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Bitim shakliga va uning rekvizitlariga nisbatan qo‘shimcha 
talablar
Bitimning yozma shakliga va ularning rekvizitlariga nisbatan
umumiy talablar qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar va taraflarning
kelishuvi bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, taraflarning imzolarini muhr
bosib tasdiqlanishi to’g’risidagi taraflar bitim ishtirokchilarining kelishuvi
bilan belgilanadi, qalbakilashtirishidan muhofaza qilish maqsadida
qimmatbaho qog‘ozlar blankalariga qo‘yiladigan talablar qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Bitimlarning yozma shakliga qo‘yiladigan
qo‘shimcha talablar turli bo‘lishi mumkin, ularning qateiy doirasi belgilab
qo‘yilmagan.
Qonun hujjatlarida, taraflarning kelishuvida qo‘shimcha talablarga
rioya qilmaslik oqibatldari nazarda tutilishi mumkin. Agarda bunday
oqibatlar nazarda tutilgan bo‘lmasa, FKning 109-moddasida belgilangan
bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qo‘llaniladi.


Nazorat uchun savollar: 

1. Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi


hamda shartnoma tushunchasi oʻrniga bitim va bitim tushunchasi oʻrniga


311


bitim tushunchasi qoʻllaniladi. Mazkur holatlarning qaysi bir huquqiy
jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?
2. Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida
belgilangan majburiy tartibda shartnoma tuzish qoidalarining nisbatini
tahlil qiling?
3. Fuqaro Qodirovdan Maqsudov 900.000 soʻm miqdorida
10 kunlik muddat ichida qaytarish sharti bilan qarz oldi. Umumiy qoida
boʻyicha Qodirov Maqsudovga shartnomani yozma ravishda ifodalab
qoʻyishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, ogʻayni, sen nima
deb oʻylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qoʻlingga tutqazaman”, deb
ogʻzaki roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek boʻldilar. Belgilangan
kun oʻtdi, ammo puldan darak boʻlmadi. Qodirov Maqsudovdan pulni
talab qilganida, u bunga oʻtaketgan e’tiborsizlik bilan qaradi. Qodirov
ushbu masala yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud tergovida Maqsudov
shartnoma tuzilayotganida ogʻzaki kelishishga oʻzi rozi boʻlganligini
xaspoʻshlashga urindi.
Ish boʻyicha fikringiz qanday? Sukut saqlash aksept boʻla oladimi? 
Shartnomaning yozma shakli uning ogʻzaki shaklidan qanday afzalliklarga 
ega? Agar kelishuv yozma shaklda ifodalanganda jarayon qanday 
kechardi? 
4. Fuqarolar E. Qurbanov va D. Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi
shartnomasini imzoladilar. Shartnoma qonunga muvofiq notarius
tomonidan rasmiylashtirildi. Biroq xonadonni sotuvchi D. Xayrullayeva
mulk
huquqini
E.
Qurbanovga
oʻtganligini tasdiqlab, Texnik
inventarizastiyalash mahkamasidan roʻyxatga oʻtkazishni ayrim sabablarni
roʻkach qilib kechiktirib kelgan. Sotib oluvchi fuqaro E. Qurbanov uyga
nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritish uchun qanday harakatlarni amalga
oshirishi kerak. Shartnoma bunday vaziyatlarda qachon tuzilgan
hisoblanadi.
5. Bozordagi dialog.
Sotuvchi: “Kep qolinglar yangi uzilgan qulpinay kilosi 5 000 soʻm”.
Xaridor: “Kilosiga 4 000 soʻm beraman”.
Sotuvchi: “2 kilosini 9 000 soʻmga beraman”
Xaridor: “Unda 2 kg torting”
Ushbu dialogdagi oferta va akseptni farqlang.

312



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə