Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Mulkiy harakterda boʻlmagan shaxsiy munosabatlar



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə8/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Mulkiy harakterda boʻlmagan shaxsiy munosabatlar – shaxsning
oʻzi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va undan begonalashtirilmaydigan
huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar.
Munitsipal mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-
mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal
xoʻjalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi,
madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk.
Muomala layoqati – fuqarolarning oʻz harakatlari bilan fuqarolik
huquqlarini olish, amalga oshirish, oʻzlari uchun fuqarolik burchlarini
vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir.
Navbatdagi garov – garovga qoʻyilgan mol-mulk boshqa talablarni
ta’minlash uchun yana bir garov narsasiga aylanishi.
Negator da’vo – mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishini,
garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa
ham, bartaraf etishni talab qilishi.
Neustoyka – qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan,
qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda
kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi.
Neustoyka shakllari – jarima yoki penya.
Nomoddiy ne’matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza
qilinadigan moddiy koʻrinishga ega boʻlmagan hamda egasining shaxsidan
ajratish mumkin boʻlmagan ne’matlar va erkinliklar.
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab
chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) va realizastiya qilishni
amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining
ulushli yoki birgalikdagi mulkida boʻlgan umumiy mol-mulk, shuningdek,
oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil
etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.
Ommaviy mulk huquqi – Respublika mulki va ma’muriy-hududiy
tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat boʻlgan davlat mulk shakli.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə