Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə6/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Ishlab chiqarish kooperativi – fuqarolarning shaxsiy ishtiroki
a’zolarning (ishtirokchilarning) mulki bilan qoʻshiladigan pay badallarini
birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik
faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi.
Ishonchnoma – bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi
shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun
berilgan yozma vakolat.
Jamoat birlashmalari – ma’naviy yoki oʻzga nomoddiy ehtiyojlarni
qanoatlantirish uchun oʻz manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda
belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.
Jamoat fondi – yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan
ixtiyoriy mulkiy badallar qoʻshish asosida tashkil etilgan, xayriya,
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni
koʻzlaydigan, a’zoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Kafillik – bir shaxs - kafilning boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla
yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni oʻz
zimmasiga olishi.
Kafolat – bank, boshqa kredit muassasasi yoki sugʻurta tashkiloti
(kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga koʻra kafil oʻz zimmasiga


9

olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori


(benefitsiar) pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma taqdim etsa,
pulni unga toʻlash haqida prinsipalga yozma majburiyat berishi.
Kazual bitim – mazmun jihatidan muayyan maqsadga erishishga
qaratilgan va haqiqiy deb hisoblanishi uchun mavjud asosga bevosita
bogʻliq boʻlgan bitimi.
Konsensual bitim - huquq va majburiyatlarni oʻzaro kelishish va
bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytida vujudga
keladigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat,
kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə