Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə4/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Fuqarolik huquqi fani – fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan
oʻzaro bogʻliq tushunchalar, kategoriyalar, qarashlar, xulosalar,


7

mulohazalar, fikrlar, konsepsiyalar va nazariyalar tizimini oʻzida ifoda


etgan yurisprudensiyaning asosiy tarmogʻi.
Fuqarolik huquqi funksiyalari – mulkiy va shaxsiy nomulkiy
munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yoʻnalishlari boʻlib,
ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy
vazifasi bilan belgilanadi.
Fuqarolik huquqi metodi – bu mulkiy va shaxsiy nomulkiy
munosabatlar bilan bogʻliq ijtimoiy sohada yuridik usullar yigʻindisi,
yuridik ta’sir vositalarini qoʻllashni ifoda etuvchi tartib va qoidalar
yigʻindisidir.
Fuqarolik huquqida muddat – aniq belgilangan, oʻtishining
boshlanishi va tamom boʻlishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga
keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga
qaratilgan paytlar va vaqt davrlari.
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (prinsiplari) – bu barcha
fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlangʻich
qoidalardir.
Fuqarolik qonun hujjatlari – fuqarolik-huquqiy munosabatlarning
vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi bilan bogʻliq
munosabatlarni tartibga soladigan FK va boshqa qonun hujjatlari
yigʻindisi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat – yuridik jihatdan teng boʻlgan
shaxslar oʻrtasida boʻladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga
solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
Fuqarolik-huquqiy munosabat elementlari – ushbu huquqiy
munosabatning subyektlari, mazmuni va obyektlari.
Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari fuqarolik-huquqiy
munosabat ishtirokchilari - fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatdir.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə