Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə9/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Ommaviy shartnoma – tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning
bunday tashkilot oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra oʻziga murojaat qiladigan
har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart boʻlgan tovarlar sotish,
ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish sohasidagi vazifalarini (chakana
savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yoʻlovchi tashish, aloqa
xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va
sh.k.) belgilab qoʻyadigan shartnoma.
Operativ boshqarish huquqi – davlat korxonasi, shuningdek
muassasasining oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan


11


qonunda belgilab qoʻyilgan doirada, oʻz faoliyatining maqsadlariga,
mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq
holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.
Pul – iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biri
hisoblanib, barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti.
Qaram jamiyat – xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa
jamiyat xoʻjalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma
foizidan koʻprogʻiga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyati.
Qimmatli qogʻoz – mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va
majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjat.
Qoʻshilish shartnomasi – shartlarini taraflardan biri formulyarlar
yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat
taklif qilingan shartnomaga butunlay qoʻshilish yoʻli bilan qabul qilishi
mumkin boʻlgan shartnoma.
Real bitim – oʻzaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni
topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimlardir.
Respublika mulki – yer, yer osti boyliklari, suv, havo boʻshligʻi,
oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega
boʻlgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablagʻlari,
oltin zahirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika
mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, oʻquv,
ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat
natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning oʻzga mablagʻlari
hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan boʻlsa, boshqa mol-mulk.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə