Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017


Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmuni



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə5/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmuni – shu munosabatda
qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari.
Fuqarolik-huquqiy munosabatning obyekti – fuqarolik-huquqiy
munosabatda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari qaratilgan hamda
subyektiv huquqlari va majburiyatlari belgilangan moddiy va nomoddiy
ne’matlar.
Garov – bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga
boʻlgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi.
Garov turlari – zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.


8

Harakatlar – fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxs


(yoki shaxslar)ning erki boʻyicha qilinadigan huquq yoʻl qoʻygan va
huquq yoʻl qoʻymagan xatti-harakati (yuridik faktlar).
Homiylik – oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim
bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni,
shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni
ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy
nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida
joylashtirishning huquqiy shaklidir.
Huquq manbasi – huquqni ifoda etilishining yuridik shakli.
Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda boʻlish natijasida
shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan
yurish-turish qoidasi.
Insofli egallovchi – mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga
ega boʻlmagan shaxsdan haq toʻlab olgan, buni bilmagan va bilishi
mumkin boʻlmagan shaxs.
Insofsiz egallovchi – oʻz egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki
bilishi lozim boʻlgan shaxs.
Ish muomala odati – biror-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan
qat’i nazar tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va
keng qoʻllaniladigan xulq-atvor qoidasi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə