Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə3/156
tarix30.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#166447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti-hozir.org

GLOSSARIY 

Abstrakt bitim – haqiqiyligi muayyan asos - maqsad bilan bevosita
bogʻliq boʻlmagan bitim.
Ashyolar – muayyan moddiy qiymatga ega boʻlgan hamda iqtisodiy
munosabatning predmeti boʻla oladigan narsalar.
Ashyoviy huquq ashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf
etish bilan bogʻliq huquq.
Birgalikdagi mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi
ulushi aniqlab qoʻyilmagan mol-mulk.
Bitim – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va
burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar.
Cheklangan javobgarlik – majburiyatlarning ayrim turlari boʻyicha
hamda muayyan faoliyat turi bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha qonunda
zararni toʻla qoplashga boʻlgan huquqning cheklanishi.
Da’vo muddati – shaxs oʻzining buzilgan huquqini da’vo
qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir.
Davlat korxonasidavlat mulkidagi, oʻziga operativ boshqarish
uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi
shaklidagi tijorat tashkilotidir.
Fidustiar bitim – taraflarning oʻzaro ishonchiga asoslanadigan
bitimlar.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) – Oʻzbekiston Respublikasining
fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi
boʻlmagan shaxslar.
Fuqarolik huquq layoqati – fuqarolarga oʻzlarining moddiy va
madaniy
ehtiyojlarini
qondirish
maqsadida
xilma-xil
huquqiy
munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradigan huquq va
majburiyatlarga ega boʻlish layoqati.
Fuqarolik huquqi – yuridik jihatdan teng boʻlgan subyektlar
oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan
hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
Fuqarolik huquqi (oʻquv kurs sifatida) – fuqarolik huquqi
predmeti va metodlariga nisbatan fuqarolik huquqi fanining xulosalari va
qonunlari, fuqarolik qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarning mazmuni,
ijtimoiy munosabatlarning fuqarolik-huquqiy boshqaruvi mexanizmi,
fuqarolik qonunchiligining paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻrganadi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə