97
oltin rang krotlar oilasining qator turlari uchraydi va uzun oyoqlilar oilasi
vakillari uchraydi. Tuyoqlilar bu kenja oblastga yaqinda kirib kelgan
bo’lib, subendemiklardan tashkil topgan turlardan iborat.
Bular topi,
bontbok, oqdumli gnu,
kap oriksi, springbok kabi antilopalardir.
Viverralar va kemiruvchilar orasida endemik avlodlar uchraydi. Endemik
turlarga tog’ zebrasi, burchellov zebrasi, qung’ir
giena va qator boshqa
hayvonlarni kiritish mumkin. Janubiy Afrikada materikning boshqa
joylariga qaraganda asal darakchilari keng tarqalgan.
Quruqlik
toshbaqalari orasida bir nechta mayda turlari uchraydi (uzunligi 12 sm.
gacha). Ularfaqat mazkur kenja oblast hududida yashaydi. Ilonlar turli-
tuman. Ular yer yuzasida va uya qazib yashashga
moslashgan turlardan
tashkil topgan.Bukenja oblastda Xenorus baqalari va tukli baqa uchraydi.
Tor og’izli baqalardan cho’chka-baqa uya qazib yashashga moslashgan.
Umurtqasizlar o’ziga xos, turli-tuman. Bularga endemik solpuglar,
chigirtkala (qanotsiz), bug’uqung’izlar (Chiastognathidae),
birlamchi
traxeyalilar (Protracheata)ni misol qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: