Indo-Malay
Indo-Malay zoogeografik oblasti Osiyoning tropik va subtropik
qismlarini hamda Hind va Tinch okeanlardagi qator arxipelag, orollar va
qator yarim orollarni o’z tarkibiga olgan nisbatan tarqoq joylashuvga ega
bo’lgan hududdir. Oblastning shimoliy chegarasi Araviya dengizining
qirg’oqlaridan boshlanadi va Tar cho’lini o’zining tarkibiga kiritadi hamda
Himolayning janubiy yon bag’ri bo’ylab o’tadi. Janubiy chegarasi Shri-
Lanka oroli va Malaya arxipelagini, sharqiy chegarasi esa Flippinni o’z
tarkibiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Indo-Malay zoogeografik
oblastini qo’shni oblastlar bilan qat’iy chegaralash juda murakkab. Indo-
Malay, Golarktika (Palearktika) va Avstraliya oblastlarining o’tmishdagi
va hozirgi o’zaro hududiy aloqalari ularning faunistik tarkiblarida ham aks
etadi. Ayniqsa Indo-Malay oblasti faunasining Efiopiya va Madagaskar
oblastlari bilan qadimiy aloqada bo’lishi juda muhim ahamiyat kasb
etadi.Mazkur oblast hududining katta qismi tropik zonada joylashgan.
Oblastning geografik joylashuvi, landshaftlarining xilma-xilligi uning
faunasini boyligini ta’minlay olgan.
103
Indo-Malay oblasti faunasi materik xususiyatga ega. Fauna
tarkibidagi tur va avlodlarning boyligi hamda xilma-xilligiga qaramasdan,
unda yuqori rangdagi endemik guruhlar juda kamchilikni tashkil etadi.
Indo-Malay oblasti sut emizuvchilari 46-oiladan tashkil topgan
(Simpson klassifikatsiyasi bo’yicha, 1945).
Sut emizuvchilardan endemik turkum junqanotlilar uchraydi.
Mazkur turkumning 2-turi bo’lib, ulardan biri Hindi-Xitoy, Xitoy,
Sumatra va Yava o’rmonlarida yashasa, ikkinchisi Filippinda uchraydi. Bu
mushuk kattaligidagi hayvonlar (uzunligi-40sm) daraxtlarda yashashga
moslashgan bo’lib meva va barglar bilan oziqlanishadi. Kechkurunlari bu
hayvonlar daraxtdan daraxtga pastga tomon sakrashadi (70-metrgacha).
Buni amalga oshirish maqsadida ular oldingi va orqa oyoqlari orasidagi
teri burmalaridan foydalanishadi. Hasharotxo’rlar keng tarqalgan yerqazar
va krot kabi turlardan tashkil topgan. Oblastning sharqida tipratikanlarga
mansub endemik kenja oila-gimnurasimonlar uchraydi.
Qo’lqanotlilar juda ko’p, ammo tipik turlar kam. Ayrim taqaburunlar
va yirik qo’lqanotlilar nafaqat hasharotlar balki sichqonlar, qushlar va
boshqa umurtqalilar bilan oziqlanishadi.
Primatlar turkumi o’zining endemik oilalari bilan alohida qiziqish
uyg’otadi. Jumladan, tupaylar oilasi (Tupaiidae) vakillari (18-tur) mayda
chala maymunlar bo’lib, olmaxonlarga o’xshaydi. Ular Hindi-Xitoy,
Janubiy Koreya, Indoneziya va Filippinda keng tarqalishga ega. Xuddi
shunday chala maymunlarga endemik oila-uzun tovonlilar (Tarsiidae)
tegishlidir (3-tur). Mayda, baqaga o’xshab sakrovchi, yirik ko’zli va
oyoqlaridagi barmoqlarida so’rg’ichlari shakllangan bu hayvonlar tungi
hayot kechiradi. Ular Malayya arxipelagi va Filippin o’rmonlarida
yashaydi.
104
Indo-Malay
zoogeografik
oblastining
xarakterli
hayvonlari:
karkidon qush, junqanot, orangutan, tovus,hind karkidoni, uzuntovon,
nilgau antilopasi (bug’u), malay viverrasi, pakana buyvol, bankiv xo’rozi,
hind tapiri, gavial.
Bulardan tashqari Hindistonning janubida va Shri-Lankada ingichka
lorilar (Loris), Yava, Klimantan va Shimoli-Sharqiy Hindistonda yug’on
lorilar (Nycticebus) avlodlari tarqalgan. Maymunlardan makaka, gibbon
(7-tur) va orangutan (1-tur) uchraydi. Bu joyda yashchurlar yoki
pangolinlarning (Manidae) uchrashi oblastning Efiopiya oblasti bilan
aloqada bo’lganligini ko’rsatadi.
Kemiruvchilar juda xilma-xil. Jayralar, qumsichqonlar, olmaxonlar,
kalamush va sichqonlar keng tarqalgan va hatto mayda orollargacha kirib
borishgan. Yirtqichlardan endemik avlod hisoblangan-qizil bo’rilar (Cion)
Hindiston, Hindi-Xitoy va Katta Zond orollarida uchraydi (2-tur). Hind
mangusti, binturong va boshqa yirtqichlar oblast uchun xarakterli sanaladi.
Mushuksimonlardan (10-tur) yulbars, gepard, qoplon va bir qancha
mayda turlar uchraydi. Shuni ta’kidlash lozimki, gepard Hindistonda
keyingi yillarda qirib tashlangan. Hindiston, Shri-Lanka va Hindixitoyda
hind filining soni kamayib ketgan bo’lsa, Sumatra va Klimantanda
hozircha uning qirilib ketish xavfi yo’q.Tuyoklilar faunasi bo’yicha Indo-
Malay oblasti Efiopiyadan antilopalarning nisbatan kamligi, ammo
buqalarning ko’pligi bilan farq qiladi. Buqalardan gaur, gayyal, kuprey va
banteng kabi yirik turlarni uchratish mumkin. Cho’chqalar juda ko’p. Toq
tuyoqlilardan targ’il tapirlar Tailand va Birmaning nam o’rmonlaridan
tortib Sumatragacha bo’lgan hududda tarqalgan. XIX asrning boshigacha
zoologlar janubiy amerika tapiri turini bilishgan xalos. Tapirlarning
tarqalishi-mazkur oila arealining bo’linib ketganligiga yaqqol misoldir.
105
Neoarktika va Palearktikada qazilma holdagi tapirlarning topilishi mazkur
guruhning qadimda katta arealda tarqalganligi, keyinchalik qirilib ketishi
tufayli arealining o’zgarganligidan dalolatdir. Karkidonlarning 3-turi bu
oblastda uchraydi. Hozirda ularning soni kamaygan. Jumladan, jiddiy
muhofaza qilish ta’minlanmasa, sovutli karkidonning yuqolib ketish xavfi
kutilmoqda.
Yava
va
sumatra
karkidonlari
deyarli
qirilib
bitgan.Ornitofaunasi 66-oiladan (dengiz ornitofaunasi bundan mustasno),
600-dan ziyod avloddan tashkil topgan. Shundan bittasi oila Irenidae (14-
tur) darajasidagi endemik sanaladi. Bu oila oblastning barcha hududlarida
keng tarqalgan. Bular uncha katta bo’lmagan, yoqimli sayrovchi, tilining
uchida
nektar
yig’ish
uchun
kichkina
popugi
bo’lgan,
chumchuqsimonlarga tegishli qushlardir.Umuman qushlar guruhida jami
150-tur endemiklar mavjud. Indo-Malay oblasti ornitofaunasi Efiopiya,
Avstraliya va Golarktika ornitofaunasi bilan u yoki bu darajada
bog’langan. Bunday bog’lanishlarning bir turi qushlarning migratsiyasi
bilan tushuntiriladi. Oblastning janubi-sharqida ko’krak tojsizlardan
kazuarlarning (Casuariidae) bir necha turlari uchraydi. Ular xas tovuqlar
bilan birgalikda Avstraliyadan kirib kelgan vakillar qatoriga kiradi.
Qirg’ovullar, tovuslar va haqiqiy tovuqlar turli-tumanligi va boyligi bilan
ajralib turadi.
Oblastda sudralib yuruvchilar faunasi boy. Bu joy ko’pgina
ilonlarning kelib chiqish markazidir. Sudralib yuruvchilarda endemizm
oila darajasida namoyon bo’lgan. Jumladan katta boshli toshbaqalar oilasi
(yagona turi Hindistonda yashaydi), quloqsiz echkemarlar oilasi (bir turi
Kalimantan orolida yashaydi), qalqondumli ilonlar (45-tur, Hindiston va
Shri-Lankada yashaydi), gaviallar oilasini (yagona turi-gang gaviali Hind,
Gang va Braxmaputra daryolarida yashaydi) ko’rsatib o’tish mumkin.
Ayniqsa gekkonlar, agamalar, stsinklar oblastda juda ko’p. Agamasimon
106
kaltakesaklardan o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan uchuvchi ajdarlar
alohida ahamiyatga ega. Ularning tanasini yon tomonida joylashgan keng
teri burmalari daraxtdan pastga tomon 20-30 metrga sakrashga imkon
tug’diradi. Gigantizm echkemarlar orasida yaqqol namoyon bo’ladi.
Komod echkemari 3 metrgacha yetadi. Yirik to’rsimon pitonning uzunligi
10 metrgacha bo’lib, ajoyib suzish hamda daraxtda o’rmalash qobiliyatiga
ega. Zaharli ilonlar ham kam emas. Ular orasida aspidlar oilasiga mansub
hind kobrasi oblast chegarasidan tashqarida ham uchrasa, qirol kobrasi
faqat mazkur oblastgagina tegishlidir. Amfibiyalarning 3-turkum
(dumlilar, dumsizlar, oyoqsizlar) vakillari Indo-Malay oblastida tarqalgan.
Ammo ular orasida endemik oilalar uchramaydi. Avlod darajasidagi
endemiklar esa oblast uchun xos. Bir necha turdagi oyoqsizlarga mansub
chuvalchangsimon amfibiyalar (ayniqsa ilonbaliqlar) materikda va Katta
Zond orollarida tarqalgan. Dumli amfibiyalardan yashirin jabralilar
oilasining mavjudligi oblast faunasining Neoarktika, salamandralarning
mavjudligi esa Golarktika va Neotropik oblastlari bilan aloqalaridan
dalolat beradi. Dumsizlardan aylana tillilar, qurbaqalar va boshqalar
uchraydi. Haqiqiy baqalardan eshkak oyoqlilarning 150-turi uchraydi.
Ulardan ayrim turlari hatto uchuvchi baqalar degan nomni ham
egallashgan. Tor og’izli baqalar oilasi turlarining ko’pligi va butun oblast
miqyosida tarqalganligi bilan ajralib turadi.
Chuchuk suv baliqlari umumiy xususiyatlari bilan Efiopiya oblastiga
yaqin turadi. Bu joyda ularning 3-endemik oilasi uchraydi. Indo-Malay
oblasti keng tarqalgan karplar va laqqalarning turli-tumanlik markazlari
sanaladi. Birgina karplarning 2000 dan ortiq turlari bu joyda tarqalgan.
Indo-Malay oblasti hasharotlar faunasining juda xilma-xilligi bilan
ajralib turadi. Bu joyda 4000 dan ziyod avlodga mansub bo’lgan turlar
uchraydi. Ularning 40% endemiklardan tashkil topgan. Ayniqsa
107
beshiktebratarlar, qung’izlar va kapalaklar turkumlarining vakillari
nisbatan turli-tumandir. Tangachaqanotlilardan kavalerlar oilasi vakillari
juda chiroyliligi bilan ajralib turadi. Hindistonda murakkab mimikriyaga
ega bo’lgan dongdor kallima kapalagi uchraydi. Qo’ng’izlardan
bargxo’rlar, tilla qo’ng’izlar, muylovdorlar, karkidon qo’ng’izlar, bug’u
qo’ng’izlar va boshqalar tipik sanaladi. Boshqa bo’g’imoyoqlilardan
solpuglar va yirik qushxo’r o’rgimchaklarni (yava paxmoq qushxo’ri 9
sm.ga yetadi) qayd etish mumkin. Termitlar va chumolilar juda boy
tarkibga ega.
Indo-Malay zoogeografik oblasti 3-kenja oblastga bo’linadi:
Hindiston, Hindixitoy va Malayziya.
Dostları ilə paylaş: |