Madagaskar
Madagaskar oblastiga Madagaskar oroli va qator arxipelaglar hamda
Hind okeanining janubi-g’arbiy qismida joylashgan alohida orollar
(Komor, Seyshel, Maskaren, Amirant va boshqa mayda orollar)
tegishlidir. Madagaskar oroli juda keng maydonni egallaganligi (587 ming
kv. km.) sababli tabiiy sharoiti yetarli darajada xilma-xil, aholisi kam.
Orolning markaziy qismi tog’lardan, qirg’oq qismlari tekistliklardan
tashkil topgan. Uning markaziy qismidagi yassi tog’liklarning o’rtacha
balandligi 1000-1500 metr, alohida cho’kqilari esa 2600 metrgacha yetadi.
Mazkur yassi tog’liklarda o’rmonlar uchramaydi. Sharqiy tekistliklarda
qalin tropik o’simliklar qoplamlari uchrasa, orolning janubiy chekka
qismida esa cho’lga xos qiyofa va xususiyatlar shakllanadi. Geologik
98
ma’lumotlarga ko’ra, Madagaskar va Hindiston (Indo-Malay oblasti)
orasidagi quruqlik aloqalari bo’r davrining oxirigacha saqlangan.
Keyinchalik bu aloqalar uzilgan. Mozambik bug’ozi (eni 420 km.)
Madagaskarni Afrikadan ajratib turadi. Hind okeani esa Madagaskarni
Indo-Malay oblastidan ajratib turadi (3700 km. masofada).
Madagaskarning florasi juda boy. Flora tarkibida 6000 turga mansub
o’simliklar uchraydi. Shu turlardan taxminan 1500 tasi Afrikada ham
tarqalgan. Madagaskar florasi palma, bambuk va orxideyalarning keng
tarqalganligi bilan Afrikadan ajralib turadi. Bu yerda sayohatchilar tili
bilan “orol endemigi” deb nomlanuvchi o’ziga xos daraxtlar o’sadi. Ular
o’zining yirik barglarida yomg’ir suvini yig’adi. Bu suvning miqdori
anchagina bo’lib undan ichimlik sifatida foydalanish mumkin. Hatto bu
daraxtda daraxt baqalari ham yashashga moslashgan. Madagaskar faunasi
orollarga xos xususiyatlarga ega. Fauna tarkibida endemiklar juda ko’p
ammo uni efiopiyaning materik faunasi bilan solishtirganda tarkibining
kambag’alligi yaqqol ko’rinadi. Madagaskarning hayvonot dunyosi o’ziga
xos bo’lib, fitofaglar orasida mevaxo’r, daraxtlarda yashovchi shakllar
yaqqol ustunlik qiladi. O’txo’rlar esa deyarli uchramaydi. Yirik yirtqich
turlar va o’limtiklar bilan oziqlanadigan tasqaralar mutlaqo uchramaydi.
Madagaskar faunasining o’ziga xosligi ucha olmaydigan aborigen
hayvonlar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Ular to’rtta turkumga
mansub bo’lib, barchasi endemiklardir. Hasharotxo’rlar bitta tipratikanlar
yoki tenreklar Tenrecidae oilasini o’z tarkibiga kiritadi. Bu oila 13-avlod,
30-turdan tashkil topgan. Ekologik jihatdan tenreklar adaptatsiyalanish
tufayli juda xilma-xillashgan. Jumladan, ular orasida tipratikanga, krotga,
yerqazarlarga va hatto suvda suzuvchi ya’ni qunduzlarga analog bo’lgan
tenreklar ham uchraydi. Sut emizuvchilar orasida eng xarakterlisi chala
maymunlardir (20 tur). Ular juda xilma-xil. Butun Yer yuzida ham
99
bunchalik ko’p tur qayd etilmaydi. Chala maymunlar 3- oiladan tashkil
topgan: haqiqiy lemurlar-Lemuridae, indralar- Indridae, ay-aylar
Daubentoniidae.
Madagaskar oblastining xarakterli hayvonlari:indri, rukonojka, fossa,
lemur-katta, madagaskar cho’tka quloqli cho’chqasi, suvmoshaksimon
kaklik, madagaskar bo’g’ma iloni,lemur-vari.
Haqiqiy lemurlar faqat
Madagaskar va Komor orollarida tarqalgan. Ular 15-turga mansub bo’lib,
6-avlodga tegishli. Ular orasida yirik turlardan vari va katta kabi turlarni
qayd etish mumkin. Sichqonsimon lemur esa primatlarning eng mayda
turlaridan sanaladi (13 sm). Indrilar oilasi 4-turni, ay-aylar esa 1-turni o’z
ichiga oladi. Lemur va indrilar Madagaskarning qadimiy qatlamlaridan-
pleystotsendan ham topilgan.Kemiruvchilar turkumidan endemik kenja
oila- madagaskar xomyaklari Nesomyinae (12-tur) uchraydi.
Oblastdagi barcha yirtqichlar viverralar oilasiga mansubdir (7-
endemik avlod).Ular orasida eng ajoyib tur sifatida fossa –Cryptoprocta
ferox uchraydi. U juda sodda tuzilishga ega bo’lib, quyi uchlamchi davr
qazilma yirtqichlarini-viverralar va mushuklarning ajdodlarini eslatadi. Bu
sodda tuzilgan hayvon Madagaskardagi eng yirik yirtqich sanaladi
(uzunligi-1,5metr).
Sut emizuvchilarining boshqa vakillari Afrikadan ko’chib o’tgan
turlardir (inson tomonidan olib kelingan yoki tasodifiy kelib qolgan).
Mazkur turlarga kalamushlar, sichqonlar va bir turdagi cho’tka quloqli
cho’chqani kiritish mumkin.
Ko’rshapalaklar Madagaskarda ko’pchilikni tashkil etadi, ammo ular
oblastning o’zida shakllanmagan turlardan tashkil topgan. Ular orasida
endemik oila vakillari ham uchraydi. Bu oblastga cho’tka quloqli
chuchkalar ham xos bo’lib, bu hayvon bir vaqtlar inson tomonidan
100
keltirilgan va hozirda mustaqil tur sifatida erkin yashaydi. Qadimda bu
yerda suv ayg’irlari ham yashashgan. Ularning qoldiklari pleytotsen
qatlamlaridan topilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Madagaskar oblastida qo’shni Efiopiya
oblastiga xos bo’lgan hartumlilar, karkidonlar, mushuklar, sirtlonlar, itlar,
antilopalar, naytishlilar va boshqa ko’pgina turlar uchramaydi.
Madagaskar qushlarining 58 % endemik turlardan iborat bo’lib,
qolganlari Efiopiya yoki Indo-Malay oblastiga mansub turlardan
shakllangan. Qushlar guruhlaridan quyidagi 3-endemik oila tipik sanaladi:
madagaskar
pittalari-Philepittidae,
suvmoshaksimon
kakliklar-
Mesoenatidae va vangalar-Vangidae. Bir paytlar yashab qirilib ketgan,
yirik ucholmaydigan qushlar- epiornislar va dodo ham ushbu oblastga
tegishli endemiklar bo’lishgan. Boshqa joylarda bo’lgani kabi bu oblastda
ham kosmopolit oilalarning (qo’ng’irlar, qoravoylar, qarchig’aysimonlar,
qarqaralar, laylaklar, kakkular, kaptarlar, yapaloqqushlar, ko’ktarg’oqlar,
qaldirg’ochlar) turlari tarqalgan. Madagaskarning reptiliyalar faunasi
yetarli darajada boy. Bu joyda ko’pgina xameleonlar, gekkonlar,
toshbaqalar tarqalgan. Afrikadagi kabi nil timsohlari Madagaskarda va
oblastga tegishli Seyshel va Komor orollarida ham uchraydi. Haqiqiy
kaltakesaklar va zaharli ilonlar oblastda uchramaydi. Bo’g’ma ilonlardan
faqat madagaskar bo’g’ma ilonlari kenja oilasi –Sanciniinae (4-avlod)
endemik vakillari uchraydi. Xameleonlar juda xilma-xil. Ular orasida yirik
(uzunligi 1-metr) xamelion turi ham uchraydi. Bu tur nafaqat hasharotlar
balki umurtqalilar bilan ham oziqlanadi. Iguanlarning 7-turi bu oblast
uchun xos. Suvda va quruqlikda yashovchilar kamchilikni tashkil etadi va
ularning barchasi dumsizlar turkumi, baqalarga tegishlidir (150-tur,
ko’pchiligi endemiklar). Bularga eshkak oyoqli va tor og’izli baqalarni
misol qilish mumkin.
101
Haqiqiy chuchuk suv baliqlari Madagaskarda juda kam (20-tur) va
ularning asosiysi Efiopiya oblastidan kelib chiqqan. Bir necha turdagi
xromislar va karptishlilar hamda sho’r suvda yashashga moslashgan turlar
uchraydi. Madagaskar faunasi umurtqasizlarining ko’pchiligi Efiopiya,
Indo-Malay va Neotropik oblastlari faunasiga o’xshaydi. Ularning
ko’pchiligi antiqa shaklga yoki hashamatli rangga ega. Beshiktebratar-
Brancsikia aeroplana o’zining tuzilishi bilan fantastik uchuvchi apparatga
o’xshasa, tovusko’zlilar orasida dunyodagi eng yirik hisoblangan-Argema
mittrei kapalagining uzunligi 26 sm. ga yetadi. Qachonlardir o’rmonlar
bilan qoplangan, vulkanik kelib chiqishga ega bo’lgan Maskaren tropik
orollari juda ajoyib faunaga ega. Bu joyda ko’rshapalaklardan tashqari yer
usti sut emizuvchilari, amfibiyalar va chuchuk suv baliqlari uchramaydi.
Ilonlardan 2-endemik avlodga mansub bo’g’ma ilonlar hamda mahalliy
gekkonlar va stsinklaruchraydi. Darlington fikricha, Maskaren orollarida
shakllangan ornitofauna o’zining ajoyib xususiyatlari bilan yer yuzining
boshqa hududlaridan ajralib turadi. Jumladan, boshqa hech qaerda
mahalliy qushlar Maskaren orollaridagiga o’xshab juda qisqa muddatda
qirib tashlanmagan. Bunday turlarga Mavrikiy orolida dodo, Rodrigesda
oq dodo kabi 200-yil oldin qirilib ketgan turlarni va boshqalarni kiritish
mumkin. Mazkur turlar kaptarlardan kelib chiqqan bo’lib, yerda
oziqlanishgan va uchish qobiliyatini yo’qotgan. Ayni vaqtda bu orollarda
bir qancha suv qushlari, yirtqich qushlar, yapaloqqushlar, kaptarlar, kam
sondagi to’tilar va chumchuqlar tarqalgan. Seyshel orollarining faunasi
tarkibida bir qancha amfibiyalarning qadimiy guruhlari uchraydi. Bu
joyning qushlari Efiopiya yoki Indo-Malay oblastlari bilan faunistik
jihatdan bog’langan. Oblastda Indo-Malay oblastidan kelib chiqqan
ko’rshapalaklardan tashqari boshqa sut emizuvchilar uchramaydi.
102
Shuni ta’kidlash lozimki, Seyshel orollarining Efiopiya bilan
faunistik aloqalari Madagaskar bilan aloqalariga qaraganda nisbatan
ko’proq namoyon bo’ladi. Ehtimol Seyshel orollari bir paytlar Afrika va
Hindistonni o’zaro tutashtirib turgan va Madagaskar bilan esa aloqada
bo’lmagan.
Madagaskar oblastining o’simlik va hayvonot dunyosini saqlab
qolish maqsadida bu yerda bir necha qo’riqxonalar va bitta milliy bog’
tashkil etilgan.
Dostları ilə paylaş: |