109
tarkibida barglarini to’kuvchi o’rmonlar,
gileyalar va katta maydonni
egallagan qishloq xo’jalik ekinlari va boshqa qoplamlar uchraydi.
Faunasi boy. Faunaga xos xususiyatlarning belgilanishida mazkur
kenja oblastga tegishli qator iqlimiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, doimiy yuqori harorat, nam va quruq mavsumning keskin o’rin
almashinuvi fauna tarkibi va dinamikasini boshqarib turadi.
Quruq
mavsumning 2-5 oygacha davom etishi deyarli barcha hayvonlar hayot
jarayonlari ritmining kechishida o’z aksini topgan (ko’payish
davrining
nam mavsumga to’g’ri kelishi, qurg’oqchilik davrida aktivlikning to’liq
yoki qisman to’xtashi, noqulay quruq mavsumda hayvonlarning kenja
oblast va uning chegarasidan tashqariga migratsiya qilishi).
Hayvonlarning endemik guruhlariga
tipratikanlarga qarindosh
bo’lgan gimnurasimonlar misol bo’ladi. Bulardan yirik (deyarli 50-sm)
oddiy gimnur nisbatan keng tarqalishga ega. Bu kenja oblastda maymunlar
ko’plab uchraydilar. Makak, gibbonlar
va yarim maymunlardan tupay
uchraydi. Xuddi shunday karkidonlar va fillar ham bu hududga xosdir.
Boshqa sut emizuvchilardan bambuk o’rmonlarida yashaydigan,
yenotlarga
kiruvchi kichik panda, antilopalardan echkilarga o’xshash-
goral va takin hamda mayda bug’u-elafodus bu hudud uchun xarakterlidir.
Hindi-Xitoy kenja oblastida o’ziga xos ornitofauna shakllangan.
Ayniqsa
qushlardan
tovuqsimonlar
vakillari-qirg’ovullar
ko’p.
Qirg’ovullardan arguslar endemik sanaladi. Bankiv tovuqlari ham
endemiklardan bo’lib hozircha ko’p sonda saqlanib kelmoqda.
Golarktikadan kelib chiqqan qaychitumshuqlar, qizilbosh chumchuqlar va
boshqalarni uchratish mumkin.
O’t va barglarning yig’ilishidan shakllangan xazonlar saprofaglardan
tashkil topgan ko’plab umurtqasizlarning yashashini ta’minlagan.