Golarktika
Golarktika-grekcha holos-butun, barcha, arktikos-shimoliy degan
ma’noni bildiradi. Golarktika Yer sharining shimoliy quruqlik qismini
egallovchi floristik va zoogeografik oblastlardan biridir. Shuni ta’kidlash
lozimki,
O’zbekiston
Respublikasi
hududi
ham
zoogeografik
rayonlashtirishda Golarktika oblastiga tegishlidir. Bu jixatdan mazkur
oblast faunasini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Golarktika
zoogeografik oblasti o’zining egallagan maydoni bo’yicha eng yirik oblast
sanaladi. U Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrikaning shimolini va
Osiyoning katta qismini qamrab oladi. Oblastning janubiy chegarasi issiq
va mu’tadil zonada joylashgan. U janubdan Neotropik, Efiopiya, Indo-
Malay oblastlarining shimoliy chegaralari bilan chegaralanadi. Kutb
havzasidagi Azor, Madeyra, Yapon va boshqa barcha orollar ham mazkur
oblastga tegishlidir. Golarktika oblastining ekologik sharoitlari uning
geografik joylashuvi va tarixiy shakllanishi bilan bog’liq holda turli-
tuman. Oblastda tipik tropik o’rmonlar uchramaydi. Baland va keng
hududni egallagan tog’ tizimlari, cho’llar, tundra, tayga, nina bargli va
bargli o’rmonlar, dashtlar oblast landshaftining turli-tumanligini
ta’minlaydi.
Oblast faunasi kambag’al. Bunday holat qator omillar bilan
tushuntiriladi. Ayniqsa, oblastning shimoliy hududda joylashganligi,
uning shimoliy chegarasida pessimum sharoitning shakllanishiga va
faunasining juda kambag’al bo’lishiga sabab bo’lgan. Turlar soni
shimoldan janubga tomon ko’payib, boyib boradi, ammo oblastning
janubiy
chekkasida
fauna
yana
kambag’allashadi.
Faunasining
kambag’alligini bitta yaqqol misol bilan tushuntirish mumkin. Oblastning
Yevro-Osiyo qismida 1100 turdagi qushlar uchraydi. Janubiy Amerikada
esa 2500 turdagi qushlar uchraydi.
113
Faunasining
kambag’alligini
xarakterlovchi
ikkinchi
omil-
landshaftlarining bir avlodga mansubligi ya’ni landshaftlar orasida bir-
birlaridan tubdan farq qiluvchi xususiyatlarning yaqqol namoyon
bo’lmasligidir. Bundan tashqari faunasining nisbatan «yoshligi» va
boshqa omillar ham oblastda hayvonot dunyosining o’ziga xos
shakllanishiga sabab bo’lgan.
Golarktika oblasti chegara zonasida turli to’siqlarning deyarli
yo’qligi va juda cho’zilganligi sababli boshqa qo’shni oblastlarning fauna
elementlari mazkur oblastga kirib keladi.
Endemik guruhlar boshqa oblastlarga qaraganda ancha kam. Ular
yettita sut emizuvchilar oilasi vakillaridan tashkil topadi: vыxuxollar,
qunduzlar, qo’shoyoqlar, selevinalar va boshqalar. Subendemiklardan bu
oblastda krotlar uchraydi. Qushlarning endemik oilalariga qurlar va
gagaralarni kiritish mumkin.
Oblastning shimoliy hududlarida sudralib yuruvchilar xilma-xilligi
juda past ko’rsatgichda namoyon bo’ladi. Ammo janubga tomon
yo’nalishda ularning miqdoriy va sifatiy ko’rsatgichlari ancha oshadi.
Jumladan, ular orasida endemik oila vakillaridan-zaharli tishlilar uchraydi.
Sudralib yuruvchilarning ko’pchiligi endemik avlod darajasida namoyon
bo’ladi.
Golarktika zoogeografik oblastining xarakterli hayvonlari: los,
karqur, qunduz, qur, katta qo’shoyoq, rosomaxa, seleviniya, skuns,
ovtsebыk, krot, tulki, sobol, qo’ng’ir ayiq, vыxuxol, cho’rtan, losos.
Suvda
ham quruqlikda yashovchilardan burchak tishlilar, yashirin jabrali yirik
salamandralar, ambistomalar, amfiumlar, proteylar va sirenlar oilalari
endemiklar hisoblanadi. Bularning barchasi dumli amfibiyalarga tegishli
bo’lib, dumsizlar orasida yuqori rangdagi endemiklar uchramaydi.
114
Chuchuk suv baliqlari turli-tumanligi jihatidan tropik ixtiofaunadan
ancha keyingi o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan
osyotrsimonlar, eshkak burunlilar, qalqonli cho’rtanlar, losossimonlar,
xariuslar, chikuchansimonlar, umbrasimonlar, g’or baliqlar, perkopsidlar,
afredoderussimonlar, quloqli okunlar, keng peshonalilar va boshqa oilalar
endemiklar hisoblanadi.
Umurtqasizlar faunasi ham o’ziga xos sistematik va ekologik
xususiyatlarga ega bo’lib, turli-tumanligi bo’yicha tropik oblastlardan
ancha keyingi o’rinni egallaydi. Yuqori rangni egallovchi endemiklar
kamchilikni tashkil etadi. Hasharotlardan Notoptera turkumi vakillari
Shimoliy Amerika, Yaponiya va Primoryada uchrovchi endemiklardir.
Hasharotlarning qator oilalari va ayrim o’rgimchaksimonlar endemik
guruhlarga tegishlidir.
Golarktika faunasida tropik hududlarga mansub hayvonlar guruhi
deyarli uchramaydi, bu oblastda ayrim keng tarqalgan turlarnigina
uchratish mumkin.
Yevro-Osiyo va Shimoliy Amerikaning o’zaro o’xshash fauna
elementlaridan tashkil topganligini quyidagicha izohlash mumkin.
Shimoliy Amerika va Yevro- Osiyo ayni vaqtda bir-biridan to’liq ajralgan,
ammo pleotsen va to’rtlamchi davrda bu ikki hududni Alyaska o’zaro
tutashtirib turgan. Mazkur yo’l orqali hayvonlar ikki yo’nalishda
migratsiya qilib turishgan. Bu yo’l orqali Yevro-Osiyodan Amerikaga tog’
qo’ylari, loslar, qo’ng’ir ayiq va hozirda Amerikada qirilib bitgan
mamontlar, yaklar, sayg’oqlar va boshqa hayvonlar o’tib qolganlar.
Shimoliy Amerikadan Yevro-Osiyoga shu yo’l orqali shimol bug’usi,
ovtsebыk va boshqa hayvonlar o’tishgan. Golarktika faunasi uchun
quyidagi asosiy xususiyatlar xarakterli.
115
1. Faunaning keng zonalikka egaligi. Golarktikaning chekka
shimoliy qismida fauna juda kambag’al va bir xilligi bilan xarakterlanadi.
Janubga tomon fauna boyib boradi. Cho’llarda va tog’larning yuqori
cho’qqilarida esa fauna nisbatan kambag’allashadi. Bunday o’ziga xoslilik
har bir hududning ekologik sharoitlari va uning shakllanishi, tarixi bilan
uzviy bog’liqdir. Jumladan, shimolda iqlimiy xususiyatlarning juda
noqulayligi
va
landshaftlarning
o’zaro
o’xshashligi
faunaning
kambag’alligiga olib kelgan bo’lsa, cho’l va tog’larning yuqori qismida
esa juda issiq, qug’oqchil hamda sovuq sharoitlar o’simliklar dunyosining
va hayvonot olamining kambag’alligiga sabab bo’lgan. Janubiy
hududlardagi nisbatan sharoit va qushni tropik oblastlardan ko’pchilik
turlarning Golarktika oblastiga kirib kelishi mazkur zonada faunaning
nisbatan boyligini ta’minlaydi.
2. Golarktika oblasti faunasi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar
uning shimoliy rayonlarida yaqqol namoyon bo’ladi, janubga tomon
yunalishda bunday umumiylik kamayib boradi. Yevro-Osiyoning tundra
va Shimoliy Amerika zonalaridagi fauna o’zaro deyarli farq qilmaydi.
Bunday umumiylik o’rmon zonasida yaqqol ifodalanadi. Janubiy
rayonlarda esa Yevro-Osiyo va Shimoliy Amerika faunasi o’rtasidagi
o’xshashlik kuchsiz namoyon bo’ladi. Bunday xususiyat mazkur hududlar
o’rtasidagi masofaning oshib borishi (aloqalarning uzilishi) hamda janubiy
zoogeografik oblastlar bilan aloqalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Golarktikaning
hozirgi
faunasi
asosan
to’rtlamchi
davrda
shakllangan bo’lib, uning tarkibiy qismi muz davrida o’ziga xos shaklni
egallagan. Shu sababli u ancha yosh fauna sanaladi. Muz davrida tropik
xususiyatga ega bo’lgan fauna qirilib ketgan yoki janubga tomon siqib
chiqarilgan. O’sha davrdagi fauna ba’zi xususiyatlari bilan Afrika va
Hindiston faunasiga o’xshab ketgan. Bu faunaning elementlari
116
Golarktikaning janubiy chegaralari ya’ni Qadimgi O’rta Yer dengizi,
Sharqiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning janubida turli miqdorda saqlanib
qolgan. Chunki mazkur rayonlarda muz davrining katastrofik o’zgarishlari
kuchsiz namoyon bo’lgan.
Golarktikada muz davridan keyin iqlim juda sovuq bo’lgan. Bunday
ekologik sharoit fauna tarkibida kuchli o’zgarishlar yuz berishiga,
jumladan, ayrim turlarning qirilib ketishiga, ayrimlarning siqib
chiqarilishiga, hudud uchun yangi bo’lgan turlarning kirib kelishiga va
nihoyat hayvonlarning qayta taqsimlanishiga sabab bo’lgan.
Aniqlanishicha, Golarktikadagi hozirgi tabiiy sharoit muz davridan
oldingi sharoitga qaraganda ancha noqulay, shu sababli hayvonlarning
qayta tarqalishi va taqsimlanishi cheklangan. Golarktika faunasi yosh,
qayta tiklanayotgan faunadir. Yangi turlar hisobiga faunaning qayta
tiklanishi juda sekinlik bilan yuz beradi. Oblastning ayrim rayonlarida
ekologik
sharoitlarning
yanada
ekstremallashuvi
faunistik
komplekslarning yana ham kambag’allashishiga sabab bo’lmoqda.
Jumladan, ayni vaqtda o’rmonlarda tez-tez sodir bo’layotgan yirik
yong’inlar, suv toshqinlari, qishloq xo’jaligi va sanoat korxonalari bilan
bog’liq ekologik muammolar mazkur hudud faunasining tur tarkibi va
zichligiga ta’sir ko’rsatmoqda.
Golarktika oblasti Palearktika va Neoarktika kabi ikkita kenja
oblastga bulinadi. Ular mos ravishda sharqiy va g’arbiy yarim sharlarda
joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |