M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Vardanze qo’riqxonasi
Qadimgi 
Vardanzi 
shahri 
o‘rnida 
tabiiy 
va 
tarixiy
komplekslarni 
muhofaza 
qilish 
uchun 
tashkil 
etil 
gan. 
20-yillarning 
oxirida 
bu 
shaharni 
qum 
bosgan
edi. 30-yillarda bu yerga saksovul ekilgan
Keyinchalik saksovullar shu qadar o‘sib ketdiki, ular bugungi kunda butun
bir o‘rmonni tashkil qiladi. Saksovul o‘rmoni bu yer uchun harakterli bo‘lga
n qumli cho‘l tabiiy kompleksining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ayni vaqtda bu qo‘riqxonada tarixiy yodgorliklar muhofaza qilinadi. Qo‘riq
xonaning asosiy vazifasi VIII-XVIII asrlar tarixiy yodgorligi – qum bosib qo
lgan Vardanzi shahrini saqlashdir . 
 
Biosfera qo’riqxonalari 
Biosfera qo’riqxonalari

Inson xo’jalik faoliyatining ta’siri natijasida 
hosil bo’lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to’g’ri 
tushunish va baholash uchun bu jarayonlarni o’rganish zarur. Keyingi 
yillarda YUNESKOning tashabbusi bilan dunyo biosfera qo’riqxonalari 
tashkil qilindi. Bu qo’riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda hayvon va 
o’simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik monitoring 
bo’yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) tekshirishlar 
olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo’jaliklar (o’rmonlar barpo 
qilish, yerlarni o’zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion foydalanish 
va boshqalar) ta’sirining harakteri va darajasini aniqlash ko’zda tutiladi. 


219 
Biosfera qo’riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o’simlik va hayvonot 
dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini 
saqlash maqsadida tashkil qilinadi. Biosfera qo’riqxonalari uchun hudud 
tanlanganda, 
birinchi 
navbatda, 
landshaftlarning 
tipiklik 
va 
reprezentativlik usuliga amal qilinadi. O’rta Osiyoda Repetek, Sarichelak 
va Chotqol biosfera qo’riqxonalari tashkil qilingan.
Buxoro jayron qo’riqxonasi. Jayron O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston 
cho’llarida yashaydigan hayvon turlaridan bo’lib, O’rta Osiyo cho’llari va 
Sharqiy Kavkazda keng tarqalgan. Jayronni qadimdan qoplon, it, burgut, 
o’rgatilgan gepardlar yordamida ov qilingan. Keyingi o’n yillikda 
avtomashinalar bilan ov qilish natijasida jayron soni keskin kamayib ketdi. 
Endilikda jayronni ovlash barcha ittifoqdosh respublikalarda man 
qilingan. Jayron muhofaza qilinuvchi nodir tur sifatida xalqaro «Qizil 
kitob» larga kiritilgan. O’rta Osiyo va Ozarbayjonda jayronni muhofaza 
qilish uchun maxsus qo’riqxona va zakazniklar tashkil qilingan. Jayronni 
yarim ochiq sharoitda saqlash, ko’paytirish maqsadida 1977 yili eng tipik 
cho’l landshaftlaridan iborat hududida, Qizilqumning janubida, Kogondan 
quyiroqda Buxoro pitomnigi tashkil etildi. Qo’riqxonaning atrofi 36 
kilometr uzunlikda 
sim 
to’rlar 
bilan o’ralgan. 
Unda 
zaruriy 
gidromeliorativ va biotexnik ishlar olib borilgan. 1978 yili may-noyabr 
oylarida 19 urg’ochi va 25 erkak jayron olib kelindi. Hozir ularning soni 
birmuncha ko’payib, 300 boshdan oshib ketdi. Bu qo’riqxona O’rta 
Osiyoda birinchi bo’lib tashkil etilgan. Bu qo’riqxonaga jayronlarni va 
kamayib ketayotgan boshqa hayvonlarni ko’paytirish vazifasi yuklatilgan. 
Hozirgi vaqtda bu yerda Prejevalskiy otlari ham ko’paytirilmoqda

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə