M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


ZARAFSHON VODIYSI CHO’L -TO’QAY QO’RIQXONASI



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

ZARAFSHON VODIYSI CHO’L -TO’QAY QO’RIQXONASI 
Geografik o’rni. 
Zarafshon bo’yida 45 km mаsofada,Samarqand viloyati, 
Bulung’ur va Jomboy tumanlari hududida joylashgan Maydoni 2552 ga, 
shundan 868 gasi o’rmon bilan qoplangan..Florasi 308 ta, umurtqali 
hayvonlardan 240 turni tashkil etadi. O’simliklari ichida 18 tur buta daraxt 
mavjud. Asosan Zarafshon qirg’ovuli muxofaza qilinadi. Vodiy Pomir - 
Oloy tog’larning g’arbiy chegarasida Zarafshon daryosi havzasida 
joylashgan bo’lib, relefi asosan, kenglik bo’lib cho’zilgan va shimoldan 
Tojikiston tog’ tizmalarining tarmoqlari (Nurota tog’i, umumiy 
balandligi 2169 m, Oktog’ 2003 m) janubdan Zarafshon tog’ tizmalari 
bilan o’ralgan. Sharqdan (780 – 800 m) g’arbga (350 m) tomon pasayib 
boradi. U g’arbdan 60 -100 metr gacha kengayib, shimoliy sharqda 
(viloyat xududining tashqarisida) Qizilqum cho’liga, janubiy g’arbda 
Qarnob cho’liga o’tadi, shimoliy – sharqda Nurota cho’llari orqali 
Mirzacho’lga birlashadi.[52] Vodiyning o’rtasida Zarafshon daryosi oqib 
o’tadi. Vodiydan shimoliy qismidan va umumiy janubida qiya tekislikda
joylashgan va tog’larga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tog’ 


215 
tizmasi (uning g’arbiy qismi) janubda Qoradaryo viloyati bilan bo’lgan 
chegara bo’ylab cho’ziladi. Bu tizma (2388 m) asosan, paleozoyning 
kristalli shakllangan ohaktoshlardan iborat. 
Iqlim harorati va sug’orish: 
Vodiyda paxta, tamaki, shaftoli, o’rik, 
uzum, anjir va anor o’stirish imkoniyatini beradi. Oxirgi 10 – 15 yilda 
ushbu viloyatda subtropik o’simliklardan xurmo ham iqlimlashtirilgan. 
Tuproqlari
, asosan, bo’z tuproqlar, tekisliklar bilan 500 m gacha 
balandlikdagi tog’ etaklarida och bo’z tuproqlar (sug’oriladigan yerlarda 
o’tloqi bo’z tuproqlar 1500 – 1700 m balandlikdan bo’z tuproqlar, cho’l 
zonasi qumloq, taqir bo’z qo’ng’ir tuproqlar va shurxoklar tarqalgan) [32]. 
Yong’oqzorlar va archazorlar tagida qo’ng’ir tuproqlar yanada 
balanlashgan qoramtir tuproqlar bo’lib, undan yuqorida tog’ – o’tloqi va 
tog’ tundra tuproqlar uchraydi.
Yovvoyi o’simliklardan chalacho’l va cho’l o’simliklari asosiy 
ko’rinishini egallaydi, tog’ yon bag’irlarida o’rmonlar uchraydi (archa, 
namataklar). Tog’ yon bag’irlaridagi tekisliklarda shuvoq bilan efemer
ya’ni tez qurib qoluvchi 1-2 yillik o’simliklar ko’p. Daryo bo’ylarida, 
dashtlarda sho’ra, galofit o’simliklari o’sadi. Zarafshon daryosi vodiysida 
terak, jiyda, oblepixa – chakanda, tol – maymunjon, yo’lg’un va turli – 
tuman to’g’ayzorlar mavjud. Tog’larda 1120 – 2700 m balandlikda archa, 
pista, toshloq yon bag’irlarida bodomzorlar uchraydi. Samarqand shahri 
yaqinida yong’oqzorlar ko’p. 
Yovvoyi hayvonlardan: tulki, chiyabo’ri, tekisliklarda jayron, tog’larda
qo’ng’ir ayiq, tog’ suvsari, to’qaylarda cho’chqa, to’qay mushugi, daryo 
suvsari, to’qay mushugi, qushlardan tuvaloq, tog’larda kaklik, daryolarda 
baliqlar: qora – baliq – marinka, laqqa baliq va hokazolar ko’p. 
Samarqand yaqinida Zarafshon qo’riqxonasida Buxoro jayroni 
pitomnikidan iqlimlashtirilgan Buxoro kiyigi – xongul yashaydi.


216 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə