M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Zomin tog’ archa qo’riqxonasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Zomin tog’ archa qo’riqxonasi 
1928 yili O'zbekistonda birinchi marotaba archalar va u yerdagi noyob 
hayvonot dunyosining tabiiy holda saqlanishini taminlash maqsadida 
Zomin tog' archazorlari davlat qo'riqxonasi tashkil etildi. Uning umumiy 
yer maydoni 26840 gektarni tashkil etadi, shundan 22137,3 gektari o'rmon 
bilan qoplangan. Qo'riqxona hududini qora archa, o’rik archa va saur 
archa ko'rinishdagi uch turdagi archalar qoplagan. Tog’larning 
yuqori
yon 
bag'irlarida 
saur archa 
turiga mansub bo’lgan archalar, 
o'rik archalari 
bilan tabiiy holda, tog'ning quyi qismida zarafshon archasi saur archa 
ko'rinishdagi archalar bilan aralash o'sadi. Archazor chekkalari Turkiston 
dulanasi, Fedchenko namatagi, Korolkov uchqati, qoraqat va irg’ay 
butalari bilan qoplangan. Zomin qo'riqxonasidagi 700 turdagi 
o'simliklardan 20 turi O'zbekiston Respubfikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan, 
48 turi g'arbiy Turkiston tog' tizmasining endemiklari hisoblanadi. 
Dorivor o'simliklarning 20 dan ortiq turlari qo'riqxonada mavjud, ular: 
parpi, oqsavrinjon, qumloq bo'znochi, valeriana, yalpiz, bo'znoch va 
boshqalar. Manzarali o'simliklarning 15 turlari malum. Qo'riqxonada 216 
turdagi qo'ziqorinlar borligi aniqlanib, ularning 173 turi va 16 xili 
O'zbekiston uchun avvaldan aniqlangan hisoblanadi, 90 turi Markaziy 
Osiyo, 53 turi Osiyo va 12 turi sobiq SSSR uchun yangi va 2 ta turi fan 
uchun yangilik, 12 ta turi endemik hisoblanadi.
Qo’riqxonada 
sudralib 
yuruvchi 
hayvonlarning 

turi, 
parrandalarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. 
Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, to’ng’iz, silovsin, bo’ri, tog’ echkisi, 
arhar (tog’ qo’yi), jayra, quyon, kaklik, qirg’iy, burgut, boltayutar, 
himolay kurkasi, tog’ qarg’asi, qalqontumshuq ilon, chiporilonlar 
yashaydi.


217 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə