M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
 


209 
Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish uchun respublikada maxsus 
ajratilgan hududlar: 
-9ta qo’riqxonalar 
-2ta milliy bog’lar 
-davlat buyurtmaxonalari mavjuddir. 
Qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ula
rning vazifalari juda xilma-xildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, h
ar bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning uumumiy muam
molarni hal etishga xizmat qiladi.Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar 
tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi.
Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik
, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy 
hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni 
o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishi 
ning oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Qo’riqlanadigan hududlarning umumiy maydoni respublikaning 4,6% 
yerini tashkil etadi. O’zbekiston tabiiy zonalardan biri G’arbiy 
Tyanshanga kiradi. G’arbiy Tyanshanda biologik xilma-xillikni 
qo’riqlanadigan 4 ta qo’riqxona joylashgan bo’lib, unda insonning xo’jalik 
faoliyati ta’qiqlangan.
Qo’riqxonalar ovlanadigan hayvonlarni saqlash va 
ularni ko’paytirishda katta rol o’ynaydi. Masalan, Baykalda Barguzin 
qo’riqxonasi tashkil qilingan paytda (1916 yil) qurum toshlarda hammasi 
bo’lib 20-30 suvsar yashardi. Muhofaza qilish natijasida hozir bu hayvon 
ko’payib, qo’riqxonadagina emas, balki qo’shni hududlarda ham ovchilik 
ahamiyatga ega. Voronej qo’riqxonasi barpo qilingan vaqtda (1927 yil) bir 
necha juft qunduz bor edi. Shu qo’riqxona tashkil etilgandan buyon undan 
Rossiyaning 73 rayoniga 3 mingdan ortiq qunduz tarqatildiki, ular 70 
mingdan ortiq nasl berdi. Shunday qilib, qo’riqxona hududlari turli xil 
hayvon va o’simlik turlarini, ovlanadigan hayvonlarning miqdori va 
genetik fonlini saqlash uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda hamma 


210 
qo’riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Qo’riqxona hududlaridagi 
tabiiy jarayonlarga inson doimo aralashib turishi kerak. Jumladan, 
qo’riqxonadagi yirtqichlar, ularning o’ljalari hamda tuyoqlilar soni va 
yem-xashak bazasi ustidan nazorat qilib turilishi lozim. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə