M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Qo’riqxona qonun himoyasida



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Qo’riqxona qonun himoyasida: 
O'zbekiston Respublikаsining jinoyat 
kodeksini 204-moddаsigа muvofiq, аlohidа muhofаzа qilаnаdigаn tаbiiy 
hududlаrning huquqiy holаtini buzgаnlik uchun jinoiy jаvobgаrlik 
belgilаngаn. Аlohidа muhofаzа qilinаdigаn tаbiiy hududlаrning huquqiy 
holаti o'zbekiston respublikаsining “Аlohidа muhofаzа etilаdigаn tаbiiy 
hududlаr to'g'risidа”gi qonunidа vа hаr bir qo'riqхonа, milliy tаbiiy 
bog'lаr, buyurtmаli qo'riqхonа, tаbiiy yodgorlik vа boshqа аlohidа 
muhofаzа etilаdigаn tаbiiy hududlаr to'g'risidаgi nizomlаrdа аks ettirilgаn. 
Mаzkur moddаdа ko'zdа tutilgаn jinoyatning ob’ekti аlohidа muhofаzа 
etilаdigаn hududlаrning huquqiy holаti hisoblаnаdi. ushbu moddаning 
birinchi qismidа ko'rsаtilgаn jinoyatlаr ko'p miqdordа (eng kаm ish 
hаqining yuzdаn uch yuzgаchа bаrаvаridа) ziyon yetkаzilsа yoki noyob 
o'simlik vа hаyvonot dunyosining turlаrining kаmаyib ketishi, ulаrning 
tаbiiy shаroitlаrini o'zgаrishi kаbi oqibаtlаr vujudgа kelsа, tugаllаngаn 
hisoblаnаdi. Jinoyat kodeksining 204-moddаsi ikkinchi qismidа nаzаrdа 
tutilgаn jinoyat аlohidа muhofаzа qilinаdigаn hududlаrdа tаbiiy 
ob’ektlаrni qаsddаn nobud qilib yoki shikаstlаntirib, ko'p miqdordа zаrаr 
etkаzilsа, yoхud аlohidа muhofаzа etilаdigаn hududning o'z noyob 
хususiyati vа qimmаtliligini yo'qotsа yoki boshqа og'ir oqibаtlаrgа olib 
kelsа, sodir etilgаn hisoblаnаdi. Mаzkur moddаdа ko'rsаtilgаn jinoyatning 
sub’ekti fuqаrolаr vа mаnsаbdor shахslаr hisoblаnаdi. Аlohidа muhofаzа 
qilinаdigаn hududlаrning huquqiy holаtini buzish hаrаkаt yoki 
hаrаkаtsizlik oqibаtidа, qаsddаn yoki ehtiyotsizlik bilаn sodir etilаdi. 
 


211 
 
Hisor tog’ tizmasi 
Hisor davlat qo’riqxonasi O’zbekistonning janubi-sharqiy qismida, 
kаshkаdаryo viloyatining yakkаbog vа shахrisаbz tumаnlаrni хududidа 
joylаshgаn. Viloyatimizning Shahrisabz, Yakkabog’ va qamashi tumanlari 
hududida, Hisor tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’irlarida, dengiz sathidan 
1750 metrdan 4366 metrgacha balandlikda joylashgan bo’lib, u janubi-
sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston respublikasi bilan 
chegaradoshdir. Ushbu qo’riqxona 1983 yil viloyatimizdagi ikki mustaqil 


212 
Miroqi va Qizilsuv qo’riqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor tog’ 
tizmalarining janubi-sharqiy qismidagi tabiiy komplekslarning tipik 
uchastkalarini asl holida saqlab qolish, ulardagi tabiiy jarayonlarning 
borishini o’rganish hamda shu hududda yo’qolib borayotgan flora va fauna 
vakillarini saqlab qolish maqsadida tashkil qilingan. Uning umumiy yer 
maydoni 80986,1 gektarni tashkil etadi (shundan 50892 gektari Shaxrisabz, 
16002,1 gektari Yakkabog’ va 14092 gektari qamashi tumanlari hududida 
joylashgan). U Markaziy Osiyodagi eng katta qo’riqxonadir. Qo’riqxona 
umumiy yer maydonining 22276,6 gektari archazor va butasimon o’rmonlar, 
24258,3 gektari yaylovlar, 107 gektari daryolar va ko’llar, 461 gektari 
botqoqliklar, 3155 gektari muzliklar, 3258 gektari qoya va jarliklardan 
iborat.
Qo’riqxona hududida mezazoy-kaynazoy yotqiziqlarida karst jarayonlari 
keng tarqalgan va o’ralar, daralar, tog’cha va g’orlar ko’plab uchraydi. 
Ushbu tog’ daryolari va soylari chuqur daralar (kanonlar) hosil qiladi 
Noyob hududdagi o’simlik va hayvonot dunyosi hozirgachaQo’riqxonaning 
hayvonot olami ham xilma-xil bo’lib, u yerda 268 turdagi umurtqali 
hayvonlar, 2 turdagi baliq (oddiy qora baliq va Amudaryo gulbalig’i), 17 
turdagi amfibiya va sudralib yuruvchilar, 215 turdagi qushlar, 31 turdagi sut 
emizuvchi hayvonlar uchraydi. Umurtqasiz hayvonlarning esa 950 turi 
mavjud. Hozirgi kunda qo’riqxona hududida aniqlangan 6 turdagi 
hasharotlar, 7 turdagi qushlar, 1 turdagi baliq va 10 turdagi sut emizuvchi 
hayvonlar. U yerda O’zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan sut 
emizuvchi hayvonlardan Tyanshan qo’nqir ayig’i, O’rta Osiyo qunduzi, qor 
qoploni, Turkiston silovsini, oq qorinli o’qquloq, kichik taqaburun va katta 
taqaburun ko’rshapalaklari, baliqlar sinfidan Amudaryo gulbalig’i uchraydi. 
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (TMXI) "Qizil kitob"iga 
qo’riqxonada mavjud katta taqaburun ko’rshapalagi, o’rmon olmaxoni, qizil 


213 
sug’ur va qor qoploni kiritilgan. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi 
"Qizil kitobi"ga kiritilgan va bugungi kunda yo’qolib ketish xavfi ostida 
bo’lgan qor qoploni qo’riqxonaning dengiz sathidan 2200 dan 4300 metr 
balandlikkacha bo’lgan hududlarida uchraydi. Hisor davlat qo’riqxonasi 
tashkil etilgan vaqtda ularning soni taxminan 5-6 bosh bo’lgan, hozirgi 
kunda esa ilmiy hisob-kitoblarga qaraganda, 22-24 boshdan iborat. Turkiston 
silovsini qo’riqxonaning archa bilan qoplangan o’rmonzorlari ichidagi 
qoyalarda yashaydi. hozirgi kunda ularning soni taxminan 138 boshga etgan. 
Qo’riqxonaning hamma hududida Tyanshan qo’nqir ayig’ini ko’rish 
mumkin. Ularning soni 1983 yilda 35 boshni tashkil etgan bo’lsa, hozirda 
ular taxminan 157-160 boshga etgani aniqlangan.
Yurtimiz hududida yo’qolib borayotganligi tufayli mamlakatimiz "Qizil 
kitob"iga kiritilgan O’rta Osiyo qunduzi qizildaryo, Tanxozdaryo va Oqsuv 
daryolari qirg’oqlarida uchraydi va ularning soni taxminan 25-30 boshdan 
iborat. U erda eng ko’p tarqalgan sut emizuvchi hayvonlardan biri tog’ 
echkisidir. Hisor tog’larining 2500-4300 metr balandliklaridagi alp 
kengliklarida tog’ echkilaridan tashqari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish 
ittifoqi "Qizil kitobi"ga kiritilgan qizil sug’urlar oila-oila bo’lib yashaydilar. 
Hozirgi kunda ilmiy taxminlarga asosan qo’riqxona hududida qizil 
sug’urlarning soni 3700-3800 boshni tashkil qiladi. Qo’riqxona hududida 
qushlarning 215 turi bor. Shulardan 110 turi u yerda doimiy yashovchi va 
115 turi esa migratsiya davrida uchib o’tuvchi qushlardir. qora hajir, 
boltayutar, humoy, burgut, oq boshli g’umoy, qora laylak, itolg’a va lochin 
qushlari O’zbekiston "Qizil kitob"iga kiritilgan. Xalqaro tabiatni muhofaza 
qilish ittifoqi "Qizil kitob"iga ham kiritilgan qora hajir qushlarining soni 
hozirgi kunda taxminan 39-40 dan iboratdir. Burgutlar esa taxminan 78-80 
taga, boltayutar esa 71-75 taga etadi. U erdagi o’rmonzorlarda archazor bolta 
tumshug’i, qizilbosh va archazor chittagi yashaydi. Eng ko’p tarqalgan qush 


214 
bu kaklikdir. Ularning soni taxminan 38115 tadan iborat. Sudralib yuruvchi 
hayvonlardan qo’riqxona hududida 15 turdagi, 2 turkum va 8 oilaga mansub 
hayvonlar uchraydi. Jumladan, oloy ilonquyrug’i, Turkiston agamasi va 
qalqontumshuq, kulvar, qizil chizig’li, guldor chipor ilon turlari mavjud. 
Qo’riqxonaning o’simliklar dunyosi ham juda boy va xilma-xildir. Ularni 
saqlab qolish va o’rganish qo’riqxona xodimlarining asosiy vazifalaridan 
sanaladi. U erda 910 turdagi o’simliklar o’sishi aniqlangan. Ularning 36 turi 
O’zbekiston "Qizil kitob"iga (oq lola, dilband lola, sarg’ish lola, Chimyon 
lolasi, Bobrov astragali, norshirach, oq parpi, Qashqadaryo astragali, 
Oshanin piyozi, sunbul kovrak, O’zbekiston chinniguli, cho’ziq pufanak) 
kiritilgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə