Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə139/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Tuxumning turlari.


Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra tuxumlar parhezbop, yangi, sovitgichda saqlangan va ohaklangan turlarga bo‘linadi.
Parhezbop tuxumlar deb, massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan tashqari 7 kundan kechikmasdan iste’- mol qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan
tuxumlarga aytiladi.
Yangi tuxumlarga —1°C dan —2°C haroratda 30 sutkagacha saqlangan tuxumlar kiradi.
Sovitgichda saqlangan tuxumlarga shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan tuxumlar kiradi.
Ohaklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan tuxumlar kiradi; ularning po‘chog‘i yupqa, nozik bo‘ladi, qaynatilishidan oldin tuxum yorilib ketmasligi uchun o‘tmas tomonidan igna bilan teshib qo‘yiladi.
Kuvlanganda mustahkam va ko‘p ko‘pik hosil qiladigan, mustahkam oqsilga ega bo‘lgan parhezbop va yangi tuxumlar kuvlatilgan oqsilli yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlar qandolat va bulochka mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Parhezbop tuxumlar massasiga ko‘ra, qolgan tuxumlar massasi va sifatiga ko‘ra I va II toifalarga bo‘linadi.

Tuxum mahsulotlari.


Qayta ishlangan tuxum mahsulotlariga muzlatilgan tuxum mahsulotlari (melanj) va tuxum kukuni (tolqoni) kiradi


Parranda va ilvasin go‘shtlari.


Qishloq xo‘jaligi parrandalariga tovuq, g‘oz, o‘rdak, kurka, jo‘ja, o‘rdakcha, kurkachalar kiradi. Parranda go‘shti oqsil, yog‘, mineral moddalar, PP, A, D va В guaihidagi darmondorilarga boy bo‘ladi.


Parrandamuskul to‘qimasi ipsimon ingichkatoladan iborat bo‘lib, tarkibidagi elastin va kollagen mol go‘shtinikidan ikki barobar kam bo‘ladi. Yog‘i past haroratda eruvchan xususiyatga ega. Ekstraktiv moddalarining ko‘pligi parranda go‘shtining alohida xushxo‘rligini ta’minlaydi. Yosh parranda go‘shti tarkibida ekstraktiv modda yetuk parranda go‘shtidagi ekstraktiv moddaga nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun sho‘rva tayyorlashda yetuk, lekin qari bo‘lmagan parranda go‘shtini ishlatmoq lozim. Qari parranda go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva xushxo‘r, rangi tiniq bo‘lmaydi.
Qari parranda go‘shti, asosan, qaynatib, pishirib dimlangan holda, yosh parranda go‘shti esa qovurish uchun ishlatiladi.
Qishloq xo‘jaligi parrandalari so‘ydgan holda pati bilan, patsiz, yarim tozalangan, tozalangan, tozalanib ishlovdan o‘tgan, kalla-pochalari bilan birga sovigan, sovitilgan, muzlatilgan holda keltiriladi. Semizligi va sifatiga qarab I va II darajalarga bo‘linadi.
Ilvasinlar umumiy ovqatlanish korxonalariga cho‘ldan, o‘tloqlardan, botqoqlardan, suvdan tutilgan holda keltiriladi. Cho‘ldan tutilgan ilvasinlarga bedana, kulrang va oq kaklik; o‘tloq va o‘rmonlardan tutilganlarga bulduruq, qur, qirg‘ovul; botqoqlikdan tutilganlarga loyxo‘rak, baliqchi qush; suvdan tutilganlarga yowoyi g‘oz va o‘rdaklar kiradi.
Ilvasinlaming go‘shti boshqa parranda go‘shtlaridan farq qilib, oqsil va ekstraktiv moddalarga boy, yog‘i kam bo‘ladi o‘ziga xos hid va mazaga, qoramtir
rangga ega bo‘lib, parranda go‘shtiga nisbatan qattiq bo‘ladi. Asosan qovurish uchun ishlatiladi, chunki ularning umurtqasidagi taxir maza beruvchi modda qaynatib pishirish natijasida suyuqlikka o‘tib, sho‘rva mazasi va sifatini buzadi.
Ilvasinlar pati va ichi tozalanmay, muzlatilgan holda keltiriladi. Ular sifatiga qarab I va II navlarga ajratiladi.



    1. Yüklə 4,89 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə