Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə147/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Cho‘chqa yog‘i xira sarg‘imtir, surkaluvchan yumshoq konsistensiyali bo‘ladi.
Erish harorati — 40—45°C. O‘ziga xos hid va ta’mga ega.
Terma yog‘go‘sht nimtalarini tozalash, kalla-pocha, kolbasa va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash vaqtida ajratiladigan yog‘ chiqindilaridan eritib olinadi. Rangi oq, xiraroq, surkaluvchan, zich bo‘ladi.

Eritilgan hayvon yog‘lari asosiy turlarining tavsifi.


Eng ko‘p tarqalgan eritilgan hayvon yog‘lariga mol, qo‘y, cho‘chqa, suyak va yig‘ma yog‘lar kiradi. Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga qarab eritilgan hayvon yog‘lari (navlarga bo‘linmaydigan yig‘ma yog‘dan tashqari) oliy va I navlarga bo‘linadi.


Oshxona yog‘lari.


Yog‘lar tabiatda ko‘proq suyuq holatda uchraydi. Sanoat va xo‘jalik uchun qattiq yog‘lar ko‘proq talab etiladi. Qattiq yog‘larni saqlash, tashish va joylash ancha oson. Shu maqsadda yog‘ sanoati oldiga suyuq yog‘ni quyultirish vazifasi qo‘yiladi. Yog‘ sanoati yuqori texnika asosida suyuq yog‘larni gidrogenizatsiyalab qattiq yog‘ olish jarayonini yo‘lga qo‘ygan. Iste’mol uchun quyidagi oshxona yog‘lari ishlab chiqariladi.
Gidrojir rafinadlangan o‘simlik moylaridan to‘la gidro- genizatsiyalanib olinadi. Erish harorati — 28—37°C. O‘simlik oshxona yog‘i gidrojiriga 20—25% rafinadlangan o‘simlik moylari qo‘shib qorishtirib olinadi.
Omixta oshxona yog‘ining asosi gidrojir, unga tozalangan o‘simlik va hayvon
yog‘lari qo‘shib olinadi. Omixta yog‘ olish turli yog‘ aralashmalarining erish haroratiga asoslanib olinadi. Yog‘larning erish harorati qancha past bo‘lsa, iste’mol qiymatlari shuncha yuqori bo‘ladi.
Oziq-ovqat yog‘lari salqin, yorug‘lik kam tushadigan joylarda saqlanadi. Mol yog‘i 15—18°C da 6 oygacha,o‘simlik moyi 12 oygacha, margarin 0—4°C da 2 oygacha saqlanadi.
  1. ilova



Nazorat savollari.

  1. Yog‘larning ahamiyatini ayting?

  2. Yog‘larning kimyovi y tarkibi qanday moddalardan iborat? 3.O‘simlik moylarini ayting?

4.Rafinatsiyalanmagan moylar haqida ma’lumot bering? 5.Paxta moyi va salat moyini tushuntiring?

  1. Xayvon yog‘lari haqida tushuncha bering?

  2. Eritilgan hayvon yog‘lari asosiy turlarining tavsifini ayting? 8.Oshxona yog‘lari haqida ma’lumot bering?






  1. Yüklə 4,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə