Mahsulotlari tovarshunosligi


SURXONDARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə156/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

SURXONDARYO VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI

TERMIZ SHAHAR KASB-HUNAR MAKTABI


TASDIQLAYMAN”

Termiz shahar kasb – hunar maktabi


O’quv ishlari bo’yicha direktor

Q.Q.Raxmonov. “ 2022 yil


Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligii ”


fanidan


MAVZULAR TO’PLAMI




Kafedra mudiri: Ashurov.I.M.


Fan o’qituvchisi: Mardonayev.A.N.


Termiz-2022

1-Mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi.


Reja: 1.Tovarshunoslik so‘zining ma’nosi va fanning vazifalari. 2.Tovarshunoslik fanini rivojlantirish istiqbollari.
  1. Suv, oziqlik qiymati, osmatik bosim, mineral moddalar, makroelementlar, mikroelementlar.




Tovarshunoslik so‘zi «tovar» va «shunos» (o‘rganish) ma’nosini ifodalaydigan so‘zlardan tarkib topgan. Tovar deb, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining turlarini, navlarini, sifatiga bo‘lgan talabalarni, saqlash sharoitlarini, hozirgi zamonaviy texno- logiyalar asosida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni va ulardan unumli, samarali foydalanish yo‘llarini, iste’mol qiymatini hisoblash kabi masalalarni
«Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi» fani o‘rgatadi.
Tovarshunoslik ilmining shakllanish davri XVI asrning o‘rtalarida boshlangan. Bu davrda xalq iste’moli tovarlari va ayniqsa dorivor o‘simliklar savdosi jahon bozorida keng rivojlanadi. Olimlar va ziyolilar orasida tovarlar iste’mol qiymatiga qiziqish kuchayadi. Eksport qilinadigan tovarlarni batafsil tekshirish ishlari boshlanadi. Natijada 1549-yilda Italiyadagi Paduya universiteti qoshida jahonda birinchi tovarshunoslik kafedrasi ochiladi. Bu kafedra, asosan, farmatsevtikada ishlatiladigan o‘simliklar va hayvonot dunyosidan olinadigan xomashyolar iste’mol qiymatini o‘rganish bilan shug‘ullanar edi.
Tovarshunoslikning ilmiy fan darajasiga ko‘tarilish davri XIX asrning oxiriga to‘g‘ri keladi. Rossiyada tovarshunoslikdan birinchi darslik Qozon va Moskva universitetlari professori Modest Yakovlevich Kittari tomonidan 1860-yilda yoziladi. Bu darslikning no mi «Т ovarshunoslikning umumiy kursi» bo‘lib, 1810- yilda Moskvada ochilgan savdo-sotiq amaliy akademiyasi o‘quvchilariga mo‘ljallangan edi. Unda M.Y. Kittari tovarshunoslik fanining mavzusi, mazmuni va tovarlarning turkumlanishi singari nazariy masalalarni ilk bor bayon qiladi. U ilmiy tovarshunoslikning asoschisi hisoblanadi.
Savdo-sotiq taroqqiyoti keyinchalik maxsus institutlar ochilishi va ularda oliy ma’lumotli tovarshunoslar tay- yorlanishini taqozo qildi. 1907-yilda Moskvada tijorat va 1912-yilda Kiyevda savdo-sotiq institutlari ochildi. 1906-yilda P.P. Petrov (1850—1928) va Y.M. Nikitinskiylar (1854— 1924) oliy o‘quv yurtlari studentlari uchun «Texnologiyadan kerakli ma’lumotlar keltirilgan tovarshunoslik bo‘yicha qo‘l- lanma» darsligini tayyorladilar.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda kimyoviy o‘g‘itlarning keragidan ortiq darajada ishlatilishi, zararkunandalarga va o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurashda har xil kimyoviy birikmalarning qo‘llanilishi tufayli mahsulotlar sifati ancha pasayib ketmoqda. Bu mahsulotlardan foydalanish oqibatida iste’molchilarning zaharlanish hollari uchramoqda. Shuning uchun ham keyingi yillarda oziq-ovqat tovarshunosligi fani oldida yana bir muammo paydo bo‘ldi. Bu muammo esa oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida qanchalik darajada zaharli moddalar, og‘ir metallar tuzlari borligini aniqlashdan iboratdir.
Tovarshunoslik fani ilmiy fan sifatida ijtimoiy ishlab chiqarish haqidagi, tabiiy va bir qancha texnik fanlar: fizika, kimyo va mikrobiologiya, biologiya va ovqatlanish fiziologiyasi kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, fizika qonunlarini bilmasdan turib, mahsulot pasterizatsiya qilinganda yoki muzlatilganda uning xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berishini tushunish qiyin. Yoki kimyoviy usullarni qo‘llamasdan turib oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil, yog‘, uglevod, darmondorilar miqdorini aniqlab bo‘lmaydi.
Inson o‘zining amaliy faoliyatida xilma-xil tovarlar tayyor- lashda, masalan, turli xil ichimliklar tayyorlashda biokimyoviy jarayonlardan foydalanib kelgan. Hozirgi kunda achitilgan sut mahsulotlari tayyorlashni, non ishlab chiqarishni, choy tayyorlashni va boshqa xilma-xil mahsulotlarni ishlab chiqarishni biokimyo fanining yutuqlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tovarlarning ko‘pchiligida mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjuddir. Tovarshunoslik fani mahsu- lotlarni buzilishiga olib keluvchi mikroorganizmlar, bakte- riyalarning ayrim turlari faoliyati haqidagi ma’lumotlarni mikrobiologiya fanidan oladi.
Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlari insonning hayot faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham tovarshunoslik fani inson organizmining moddalarga bo‘lgan ehtiyojini, ovqat va mahsulotlarning hazm bo‘lishini o‘rganuvchi ovqatlanish gigiyenasi va fiziologiyasi fani bilan chambarchas bog‘langan.



Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə