Mahsulotlari tovarshunosligi


Kuchsiz spirtli ichimliklar



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə71/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 5-ilova

Kuchsiz spirtli ichimliklar .


Kuchsiz spirtli ichimliklarga pivo va kvas kiradi. Bu ichimliklar tarkibida spirtning miqdori 0,4% dan 6% gacha bo‘ladi.

Spirtsiz ichimliklar


Spirtsiz ichimliklar kishiga rohat bag‘ishlash va chanqoq bosish xususiyatiga ega bo‘lgan ichimliklardir. Ularning ba’zilari oziqaviy ahamiyatga ega bo‘lsa, ba’zilari davolash maqsadida ichiladi.
Spirtsiz ichimliklar guruhiga ma’danli suvlar, meva va sabzavot sharbatlari, siroplar, morslar, gazlashtirilgan ichimliklar kiradi.
Ma’danli suvlar. Ma’danli suvlar deganda, tarkibida mineral tuzlar miqdori 2 g/l dan ortiq va 0,25 g miqdorida karbonat angidrid gazi bo‘lgan suvlarga aytiladi. Ular olinishi qandayligiga qarab tabiiy va sun’iy bo‘ladi.
Tabiiy ma’danli suvlar yerosti suvlari bo‘lib, tarkibida yuqori darajada fiziologik faol kimyoviy moddalar va gazlar bo‘ladi. Ma’danli suvlar tarkibida erigan mineral tuzlar miqdori bo‘yicha xo‘raki, shifobaxsh turlarga bo‘linadi.
Shifobaxsh ma’danli suvlar davolash maqsadida ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalgan ma’danli suvlarga «Arzni», «Borjomi», «Narzan», «Dilijan», «Yessentuki» kabi turlarini kiritish mumkin. Shifobaxsh ma’danli suvlar shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra ko‘proq oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Sun’iy ma’danli suvlar. Bu suvlar kaliy, natriy, kalsiy, magniy tuzlarini suvda eritib, so‘ngra ularni karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirish yo‘li bilan olinadi. Ma’danli suvlarni harorati 12°C dan oshmaydigan qorong‘i xonalarda gorizontal holatda saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati tabiiy ma’danli suvlarniki 1 oy, sun’iy ma’danli suvlarniki esa 15 kun qilib belgilangan.

5-ilova


Nazorat savollari.



    1. Uzum vinolari haqida tushuncha bering?

    2. Kuchsiz spirtli ichimliklarni haqida ma’lumot bering? 3.Pivo xususiyatini ayting?

  1. Kvas haqida ma’lumot bering?

  2. Spirtsiz ichimliklar haqida ma’lumot bering? 6.Ma’danli suvlar deganda nimani tushunasiz? 7.Sun’iy ma’danli suvlar tarkibini ayting?





  1. Yüklə 4,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə