Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə15/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi

  • Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi

  • Til va nutq markazi

  • Ilm-fan va tabiat markazi

  • San’at markazi

  • Musiqa va ritmika markazi.

    Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqib ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini yaratib beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola samarali tarzda rivojlanadi.
    Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’minlaydilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli faoliyatlar turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda, birgalikda va tarbiyachi hamkorligida individual tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi va unga erishishni bilishlari lozim. Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda 6 ta markazlar bo‘lib, ularning har birida izlanish va o‘yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi.

    Yüklə 453,41 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə