Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablar



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə12/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablar. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • bolalar birinchi mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar;

  • ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati faollashtiriladi;

  • tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek, butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi;

  • keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.

Dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini mustahkamlab qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratishga, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda yangi mavzuni uch-besh mashg’ulotlar davomida, oldin unig birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak. Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor va sanoq», «Kattalik», «Geometrik shakllar», “Fazo” va “Vaqt” boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. O‘rgatishning hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni ham ta’minlash mumkin. O‘qitish tajribasida, mashg‘ulotlarning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rgatiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlantiriladi. Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli Faoliyatlaroxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 10 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 4 va 8 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanadi. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, mashinalarning qatori nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan mashina borligini, hamma mashinalar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Har bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘­limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi.
Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg‘ulot oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, samolyotlar nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi.
Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari (yoki yon tomonlari) bilan qarab o‘tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e’tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘lganda, uning atrofiga to‘rttadan ortiq bolani o‘tkazmaslik kerak, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1—2 ta stol qo‘yish kerak.
Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma-qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanishlar va munosabatlar, «teng», «ortiq», «kam», «butun», «qism») borasida ham ko‘rsatmalilik boshlang‘ich moment bo‘lib xizmat qiladi. Hamma mashg‘ulotlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi.
Ko‘rsatma-qo‘lanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi mashg‘ulotlar jarayonidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashga bog‘liq.
Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil bog‘lanishlarni, munosabatlarni ko‘rsatish kerak bo‘ladigan xollarda ko‘rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birliklardan iborat miqdoriy tarkiblarini o‘rganishda har xil o‘yinchoqlardan, geometrik figuralar jadvallari va h. k. dan foydalaniladi.Bolalar matematik ob’ektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdori bilan chegaralanishi mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko‘rish nisbatan oson bo‘lishi kerak. Masalan, to‘plam elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy qismlarini kichkintoylarga ko‘rsatish uchun ikki-uchta rangli kubikchalar yoki uzun va qisqa lentalar olinadi.Matematika mashg‘ulotlarida, odatda, ko‘p turdagi buyumlar to‘plamidan, ko‘rgazmalardan foydalaniladi, shu sababli bularni joylashtirish tartibini o‘ylab ko‘rish juda muhim.
Bola tafakkurini ko‘rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning ko‘rsatma-qo‘llanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi.Bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qo‘shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va ko‘nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
O‘qitish katta yoshdan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarni, matematik qobiliyat-mustaqil fikrlash, umumlashtirish qobiliyatini, abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hokazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egallash va qo‘llay olish imkonini rivojlantirishi kerak.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə