Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishda integratsiyalashgan mashg‘ulotlardan foydalanish



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə10/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishda integratsiyalashgan mashg‘ulotlardan foydalanish. 6 yoshli bolalarda o‘z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo‘ladi. Ularda xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda ular topshiriqni bajarishga, o‘z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Bolalar o‘quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar. Katta guruh bolalari birinchi o‘nlik sonlarini yaxshi o‘zlashtirishadilar. Har xil buyumlar to‘plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashkil qilinadi. O‘rganishni o‘tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli bo‘lgandagina bolalarda puxta malaka va ko‘nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o‘yinchoqlar, geometrik figuralar, kartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo‘shib sanash, teskari sanash, ajratib sanash)ga, ob’ektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak. Maktabga tayyorlov guruhida bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko‘proq bilimlarni o‘zlashtirgan bo‘lishi, fazoda va vaqt bo‘yicha mo‘ljal ola bilishi kerak. Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga turg‘un qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlash va fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim. Bu vazifalar barcha mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Masalan:
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi o‘rin egallaydi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar, mulyajlar...) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat. Ko‘rsatmali va og‘zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va o‘yin metodlari bilan birga qo‘llanadi. Bu ularning mohiyatini hech ham kamaytirmaydi.



Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə