Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə9/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Geometrik shakllar bolalar uchun doim qiziqarli hisoblanadi. Bolalar bilan olib boriladigan turli didaktik o‘yinlarning aksariyati geometrik figuralar bilan uzviy bog‘liq. Ular geometrik figuralar ishtirokidagi o‘yinlarni jon-dili bilan qiziqib o‘ynaydilar. Ularni tasvirlash, bo‘yash, bir necha figuralarni birlashtirib, yaxlit tasvirlar hosil qilishni yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun ham bolalarga bunday shakllarni tanishtirish qiyin bo‘lmaydi.
Fazoda mo‘ljal olish malakalari bolalarda mashg‘ulotlardan tashqari ochiq havoda olib boriladigan harakatli o‘yinlar, turli ko‘rsatmalar, tasavvurni boyitish uchun olib boriladigan didaktik materiallar orqali rivojlantiriladi.
Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish turli mashg‘ulotlarning tashkiliy qismida, kunning turli qismlarida tashkil etiladigan ishlar davomida o‘rgatib boriladi.Bolalarga ertalab, kechqurun, kun, tun, kecha, bugun, ertaga kabi tushunchalar orqali savollar beriladi.
Hafta kunlari ketma-ketligi, sutka qismlari nomlari kabilar. Bu tushunchalar har kunlik mashg‘ulotlarning tashkiliy qismlarida, kunning ikkinchi yarmida, kun tartibining barcha qismlarida o‘rgatiladi. Shu bilan birga mashg‘ulotlarni mustahkamlash davomida ham doimiy tarzda takrorlanib boriladi.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchikovlik bilan o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi mashg‘ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati faollashtiriladi, tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini o‘rgatadi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi, keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.
Dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Mazkur guruhda matematika mashg‘ulotlari haftada 2 tadan (bir yilda 72 ta) o‘tkaziladi. Matematikadan har qanday mashg‘ulotni loyixalashda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o‘z o‘rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə