Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Intellektual – anglash malakalari



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə7/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Intellektual – anglash malakalari bolada tug‘ilgandan boshlab oila a’zolari yordamida shakllantirilsa, keyinchalik bog‘chada bu malakalar mashg‘ulotlar orqali tarbiyachilar tomonidan boyitiladi. Mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlardan tashqari ishlar, jamoada olib boriladigan ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar yordamida intellektual malakalar rivojlantiriladi.
"Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi kompetensiyalari
"Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola:
● bilim olishga katta qiziqish bildiradi;
● o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil topadi va qo‘llaydi;
● predmetlar, voqea-hodisalar va holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunadi va ularni yaxlit bir
butunlik sifatida idrok qiladi;
● raqamlar, sanashni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
● makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
● elementar matematika hisoblarini amalga oshiradi;3
● atrof-muhitni asrab-avaylash munosabatini namoyon etadi.
Mashg‘ulotlar dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, uzviylikda olib borilishi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh xususiyatlari bilan belgilanadi. Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik xakida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan ko‘prok egallagan, fazada va vaqtni mo‘ljallay olishni o‘rgangan bo‘lishlari zarur. Tarbiyalanuvchilarida uchraydigan qiyinchilik, odatda mavhum bilimlarni egallab olish, aniq predmetlar, ularning obrazlari bilan amal qilishdan, sonlar va boshka mavhum tushunchalar bilan bajariladigan amallarga o‘tish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday o‘tish bolaning rivojlangan aqliy faoliyatini talab etadi. Bolalar turli matematik bog‘lanishli munosabatlarni aniqlash usullarini, masalan, to‘plam elementlari o‘rtasidagi moslikni aniqlash usullarini egallaydilar (to‘plamdagi elementlarni birma-bir amalda solishtiradilar, kattalik nisbatlarini aniklash uchun ularni ustma-ust, yonma-yon qilib ko‘rish usullaridan foydalanadilar).Ular mikdor nisbatlarini aniqlashda eng anik usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o‘lchash ekanligini tushuna boshlaydilar. Sanash va o‘lchash malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli bo‘lib boradi.
Masalan, miqdor va sanoq tushunchalari bilan bolalar turli hayotiy vaziyatlarda duch keladilar. Ular nechta?, qancha?, nechanchi? kabi savollarga javob topadilar. Bu ishlar oilada, tevarak – atrofda, o‘yin faoliyati davomida amalga oshiriladi.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə