Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə3/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarga matematik tasavvurlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda amaliyotdagi holatini o‘rganish va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruh bolalarida matematik tasavvurlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni imkoniyatlarini aniqlash;
3. Maktabgacha yoshdagi bolalaraning matematik tasavvurlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalar samaradorligini tajriba-sinovda sinab ko‘rish;
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruh bolalarida matematik tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
Bitiruv malakaviy ish ob’ekti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruh bolalarida matematik tasavvurlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning usul, vosita va yo‘llari.
Bitiruv malakaviy ishning metodlari: Bitiruv malakaviy ishda ilgari surilgan nazariy qarashlar va amaliy tavsiyalar, pedagogik kuzatish, suhbat, savol-javob, anketa so‘rovnomalari, tajriba-sinov va matematik statistik tahlil metodlaridan foydalanilgan holda asoslandi.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, «Ilk qadam» davlat dasturi va o‘quv qo‘llanmasi, Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi shuningdek, bolaning shaxs sifatida kamolga yetishida ta’limiy faoliyatni to’g’ri tashkil etilishini ko‘rsatuvchi manbalar, barkamol insonni tarbiyalashdagi pedagogik va psixologik g‘oyalar.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning ilmiy, nazariy va pedagogik jihatlari yoritildi;

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jarayoni texnologiyalari takomillashtirildi;

  1. Maktabga tayyorlov guruhlarida matematik ta’lim rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llashning samaradorligi aniqlandi.


Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə