Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə4/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: Tadqiqot muammosining mohiyati va uning natijasida ishlab chiqilgan metodik tavsiya, maktabgacha ta’lim tashkiloti, pedagoglari jumladan, tarbiyachiga matematik ta’lim sifatini yanada oshirish va bolalarni maktab ta’limi sifatli tayyorlashda va bolalarning shaxs sifatida shakllanishda qo’l keladi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan metodik tavsiyalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlarida matematik ta’limni rivojlantirishda, zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirishda, ta’limiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi: Kirish, III bob, VI fasl, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat.
I BOB. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA MATEMATIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabga tayyorlov yoshidagi bolalarning matematik rivojlanishining psixologik-pedagogik asoslari
Insonning tafakkuri juda ham kuchli hisoblanadi. Bu kuch yoshligidan bilimlarni o‘zlashtirishiga juda bog‘liq. Olimlarning fikricha, bola yetti yoshgacha insoniyat tajribasining oltmish foizini o‘zlashtiradi. Bolaga eng kerakli bilimlarni qobiliyati, imkoniyatiga qarab berish bolaning keyinchalik foydali inson bo‘lishiga yordam beradi.
Bolada matematik tushunchalarni rivojlantirish masalasiga psixologlar, pedagoglar Yu.Kolyagin, Yu.Klyutkin, L.M.Fridman, A.M.Leushina, D.Galanin, V.Davidov, G.Vasuro, V.Sverdlov, K. Dunker, J.Piaje, I.Vasilevaning tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega. Ularning fikricha, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkabdir. Har bir fikr izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Bolaning turlicha fikrlashi uning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga, imkoniyatlarini ishga solishga undaydi, deb hisoblaydilar. Fikrlash - bu dunyoni nazariyalar, g'oyalar va insoniy maqsadlar ko'rinishidagi idrokning eng yuqori darajasi va ideal assimilyatsiyasi. Tuyg'ularga, idroklarga, tafakkurga tayanib, ularning cheklanishlarini yengib o'tadi va dunyoning o'ta sezgir, muhim aloqalari doirasiga, uning qonunlari sohasiga kirib boradi. Fikrlashning ko'rinmas aloqalarni aks ettirish qobiliyati uning amaliy vositalarni o'z vositasi sifatida ishlatishi bilan bog'liq. Bu miyaning ishlashi bilan ham bog'liq, ammo miyaning abstraktsiya bilan ishlash qobiliyati odamlarning amaliy hayot shakllari, til, mantiq, madaniyat me'yorlarini o'zlashtirishi natijasida paydo bo'ladi.
XIX asrning yetakchi rus va xorijiy pedagoglari tadqoqot tajribalari asosida, bolalarni o‘qitishning mazmuni va usullari bo‘yicha alohida takliflar berildi: arifmetik dastur (hisoblash, guruhlarni hisoblash; qo‘shish va olib tashlash arifmetik operatsiyalari); geometriya asoslari bo‘yicha (geometrik shakllar, miqdorlarni o‘lchash); makon va vaqt haqidagi eng oddiy fikrlar.
L.Vigotskiy fikrlarni rivojlantirish muammosini o‘rganib, avval matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitni yaratishni taklif qiladi.Uning fikricha, bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz o‘tmaydi, faqatgina o‘quv axborotlarining to‘plami fikrlashni harakatlantiradi, bolaning fikrni rivojlantiradi. O‘z navbatida matematik tasavvurning hosil bo‘lishi bilim va bilishni o‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lishi uchun dastlabki shart bo‘lib xizmat qiladi.
A.M.Leushina bolalarda buyumlarning miqdoriy tomonlarini abstraktlashtirish va bir xil buyumlarni yagona to‘plamga birlashtirish masalasini sekin-asta rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab chiqdi.2 A.N.Leontev va S.L.Rubenshteyn matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi hamda ta’lim tamoyillarining bir-biriga bog‘liqlikda o‘tkazilishi eng samarali yo‘nalishdir, deb hisoblaydilar.
N.S.Leytes bolalik davrida aqliy qobiliyatlarning namoyon bo‘lishini ham ijodkorlik deb ta’kidlaydi. Bola mashg‘ulotlarida o‘zlashtirganini yoki birovning topshirganini shunchaki takrorlamaydi, u – ijod sub’ektidir. Bolalardagi aqliy faollik tonusining o‘zi qobiliyatlarning erta uyg‘onishi bilan ularni izlanishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, “noma’lumlikka sakrash”larga undaydi. Aynan ijodiy sa’y-harakatlar bolalarning aqliy o‘sishdagi ehtiyojlariga mos keladi.
V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda bolada diqqat va idrok qilishni tarbiyalash lozim. U fazoda mo‘ljal olish - “fazoviy idrok va tasavvurlarning amaliy ifodasidir”, deydi.2
Z.Kalmakovaning fikricha, bolada matematik tushunchalarni shakllantirishning eng ishonchli ko‘rsatkichi - uning ta’limiyligi, ya’ni bolaning bilimlarni o‘zlashtirishining umumiy qoidalarida, deb hisoblaydi. Bunda bola yangilikni chin ko‘ngildan qabul qilishi lozim. Bunday faoliyat asosida bola har xil qobiliyatlarni o‘zlashtiradi va yangilaydi.
A.V.Zaporojets ta'kidlashicha, maktabgacha yoshdagi bolaning bilim doirasi sezilarli darajada kengayib boradi, bolalar kattalar tomonidan unda kitobdan o'qilga hikoyalaridan, bilib oladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalarning keng doirasini o'z ichiga oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarni shakllantirish masalalari E.N.Tixeeva tomonidan tadqiq etilgan bo’lib, u bolalarni aqliy tomondan tarbiyalashda boshlangich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi. Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o‘zi har qadamda bolaning oldiga amaliy vazifalami qo‘yadi, ya’ni oichash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola kattalaming yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi.
Maktabga tayyorlov yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarini rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy xorijiy tajribalarga alohida e'tibor berib kelinmoqda. M.Fiedler (Polsha), E.Dom (Germaniya) ko‘plab ob'ektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida raqamlar haqidagi g‘oyalarni shakllantirishga alohida e'tibor berishadi. Ular taklif etadigan tarkibiy va o‘qitish usullari (yo‘naltirilgan o‘yinlar va mashqlar) bolalarga ob'ektlarni turli mezonlarga, shu jumladan miqdorga ko‘ra tasniflash va tartibga solish qobiliyatini o‘zlashtirishga yordam beradi.
R.Grin, V.Laxon (AQSh) muayyan ob'ektlar to‘plamidagi miqdoriy munosabatlar to‘g‘risidagi tushunishni sonlar va arifmetik operatsiyalar tushunchasini shakllantirish uchun asos deb biladi. Mualliflarning fikricha, raqamlar haqidagi g‘oyalar amaliy ob'ektlar to‘plamlari bilan amaliy harakatlar paytida yuz beradi va ular ikki yoki undan ortiq to‘plamlarni taqqoslash ta'siri ostida bolalar tabiiy sonlardagi boshqa raqamlar orasida sonning o‘rni kabi oddiy harakatlarini bajarish qobiliyati qanday shakllanishini ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda matematik tushunchalarni rivojlantirishga yuzasidan bir necha yo‘nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini turli xil tushunchalar yig‘indisi: qo‘shish, mulohaza qilish, mantiqiy bog‘lanishni aniqlashdan iborat. Bolada shakllangan matematik tushunchalar asosini masalani qiziqarli yechish usullari, doim qo‘llab kelgan standart usullardan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini o‘ylab topishi, amaliy masalani yechish yo‘llarini oldindan aytib bera olish qobiliyatiga ega bo‘lsa, matematik tushunchalar rivojlangan bo‘ladi.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tushunchaning tuzilishi va shaklining paydo bo‘lishi;

  2. Tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy harakatlar va aqliy faoliyat yo‘llari va usullarini rivojlantirish.

E.G’oziyev, Z.Nishonovalar bolaning turlicha fikrlashi uning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga, imkoniyatlarini ishga solishga undaydi, deb ta’kidlaydilar.
Hozirgi zamon pedagoglari matematik tushunchalarni rivojlantirish manbai tarbiyachilarning bilimi va kompetensiyasiga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Bunda ikki ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi.

  2. bolada o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil qo‘llash, tadbiq etish qobiliyatini rivojlantirish.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, maktabga tayyorlov yoshdagi bolaning rivojlanishi erkin tanlov sharoitida amalga oshirilishi mumkin, bu unga ob'ektdan sub'ektga aylanishiga imkon beradi. Maktabgacha ta'limda zamonaviy texnologiyalar asosida bolaning shaxsini, uning ma'naviy, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilab beriladi.



Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə