Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə6/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Tarbiyaviy maqsadla Matematikaga oid bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko‘proq tirishqoqlikka, aniqlikka o‘z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, kuzatish, tajriba, aytiladigan fikrlarining ravon bo‘lishiga e’tibor berishga odatlantirish kerak. Bu bilan bolalarda matematik bilimlarga bo‘lgan qiziqish, matematik masalalarni sabr toqat va tirishqoqlik bilan yechish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Shuningdek, induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang‘ich ko‘nikmalarini aqliy operatsiyalarni tahlil qilish, analiz-sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga, idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va tafakkurni rivojlantirishda matematika ta’limi katta ahamiyatga ega.

Amaliy maqsadlar
Amaliy maqsadla Matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishidan iborat. Bolalar bog‘chada o‘rgangan to‘plam va son, kattaliklarning bir-biriga nisbati, oddiy geometrik shakllar haqidagi boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘ladilar, joy va vaqtni bilishni o‘rganadilar va olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, kundalik hayotda uchraydigan matematikaga oid savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini bilishi kerak. Bu ishlar nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, oilada, tevarak-atrof bilan muloqot qilishda ham amalga oshadi. Bunday vaqtda bolaga aynan matematik mazmundagi savollar berish va u savollarga javoblar olish, noto‘g‘ri berilgan javoblarni izohlash va aslida to‘g‘risi qayday bo‘lishini isbotlab berish maqsadga muvofiq. Shunda matematik bilimlar asosidagi amaliy maqsadlar to‘laligicha amalga oshiriladi.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

  1. bolaning noyobligi;

  2. «Men» konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;

  3. Bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;

  4. bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;

  5. bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:

  1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

  2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

  3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

  4. Bilish jarayonini rivojlanishi;

  5. Ijodiy rivojlanish.

«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:

  • intellektual-anglashmalakalari;

  • elementar matematik malakalar;

  • tadqiqiy –bilish va samarali refleksiv faoliyat.


Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə