Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Taqqoslash asosida matematik tasavvurlarini shakllantirish



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə13/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Taqqoslash asosida matematik tasavvurlarini shakllantirish
Taqqoslash asosida; bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o‘ngga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi.
Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim.
Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo‘yicha har xil rejada taqqoslashni mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu bel-gilari bo‘yicha guruhlashni (masalan, geometrik figuralarning shakllari, ranglari va h. k. bo‘yicha taqqoslashni) o‘rganadilar.
Bolalarning qo‘llanmalar bilan ishlashlarining ma’lum sistemasini tashkil qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam berish, tashabbusni, mustaqillikni rag‘batlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib kelishdan iborat.Tushunarli aniq ifodalangan vazifani qo‘yish bolalar tafakkurini faollashtirnshning zaruriy shartidir.
Vazifa (o‘yin, amaliy, bilish) qo‘yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi.
Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko‘rsatadi va tushuntiradi, shu bilan birga, u yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo‘yishga, yoniga qo‘yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi mashg‘ulotta tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko‘rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o‘ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi.
Bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi mashg‘ulotlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarishlari kerak. Bir xil narsaning o‘zini ko‘p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo‘ladi.


2.2-§. Maktabgacha tayyorlov guruhlarida matematik ta’limni rivojlantirishda STEAM texnalogiyalaridan foydalanish
Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. STEAM - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida bitiruv malakaviy ishlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar:
Lego-texnologiyalar, bolalar bitiruv malakaviy ishlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə