Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə21/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Jami

25%

45%

30%




3.2.1-diagramma.
Bolalarni matematika o‘qitish muammolarini zamonaviy tushunish ularni faoliyat va ijodiy o‘yinlar asosida matematika bilan muloqotga jalb qilishni ko‘zda tutadi. Matematika hamisha (harakatlar, nutq va o‘yinchoqlar bilan bir qatorda) bolalarning umumiy rivojlanishini zaruriy sharti hisoblanadi. Matematik tasavvurlarni rivojlantirishning birmuncha muhim vositalaridan biri bolalarning shaxsiy matematik qiziquvchanligi hisoblanadi. Maktabgacha tayyorlov guruhlarida matematika amallarni bajarishga o‘rgatish qiziqarli va ayni vaqtda maktabgacha ta’lim tizimida matematikaning rivojlantirishning dolzarb shakllari. Elementar matematika emotsional, psixologik, ijtimoiy ta’sirning katta potensialini egallaydi. U aynan birgalikdagi matematik-ijodiy faoliyatda shakllanishi mumkin bo‘lgan shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga yuqori ta’sir ko‘rsatadi. Jamoaviy intellektual mashg‘ulotlar barcha bolalarga istisnosiz bolaning o‘z matematik rivojlanishida qanchalik tez siljishidan qat’iy nazar ijobiy natijalar beradi. Avvalo, ular emotsional tarzda g‘oliblik olib keladi. Bolaning emotsional sohasi matematika bilan doimiy muloqotda rivojlanadi. Bolalarga faoliyatlarda audioyozuvlarda namoyish etiladigan boshqotirmalarni yechish juda yoqadi, matematik tushuncha va terminlarni eslab qoladilar. Ular o‘zlari muvaffaqiyatli bajargan har bir natijadan samimiy quvonadilar. Ularga bayramlar, tomoshalar, ota-onalar yig‘ilishlari, mehmonlar ishtirokidagi ochiq mashg‘ulotlar, konkurslar, festival va konsertlarda maktabgacha ta’lim tashkilotsining kichik yoshdagi bolalari va xodimlari, ota-onalar oldidagi “oshkora” chiqishlar quvonch bag‘ishlaydi. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy funksiyasi ham shubhasiz, jamoaviy muloqot shakllaridan biri hisoblanadi. Bolalarda o‘z vazifalarini to‘g‘ri ijro qilish uchun mas’uliyat, shaylik, diqqatni bir joyga to‘plash rivojlanadi.
Tayyorlov guruhda bolalar kichik, o‘rta va katta guruhlarda bilib olgan matematik bilimlarini mustahkamlaydilar va bu bilmlarni amaliyotda qo‘llay oladilar. Bu guruhda tahsil yangi, ancha murakkab vazifalarni qo‘yadi. Bolalar matematik bilimlarning amaliy malakalarini egallaydilar. Boshqa bilimlar qo‘shiladi. Bolalar nafaqat sonlarni taniydilar, balki ular bilan ikki amal bajarishni ham o‘rganadilar. Ular umumiy dinamika, tempga amal qilishni, o‘yin va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida boshlab, o‘z vaqtida tugallashni o‘rganadilar.
Matematik tushunchalarni o‘rganish jarayonida tayyorlov guruhdagi 6-7 yoshli bolalar oldiga yangi, yanada murakkab vazifalarni qo‘ydik. Bu ulardan muayyan malakalarni talab qildi. Agar o‘rta guruhda matematik amallarni bajarish vaqtida diqqat talab qilinsa, katta va tayyorlov guruhda ular oldiga yangi: umumiy dinamikaga, tezlikka amal qilish, konstruksiyalashni o‘z vaqtida boshlab, tugatish vazifalari berildi. Tajribaning yetakchi pedagogik g‘oyasi maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarning intefaol, zamonaviy va noan’anaviy usullar vositasida matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi sharoitni yaratishdan iborat.
Ushbu sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

  1. Bolalarda matematik qobiliyatlarning rivojlanish darajasi, ko‘rsatkichlari,mezonlari, komponentlari aniqlanadi va rivojlanadi.

  2. Maktabgacha yoshdagilarning matematik qobiliyatlarining dastlabki darajasini aniqlash, tashhis davomida olingan natijalarni tahlil qilindi.

Faoliyatlarda bolalarning matematik ijodiy qobiliyatlari misollarni yechishda, matematika ostida ijodiy harakatlanishda, o‘yin faoliyatida improvizatsiyada (o‘yinlar davomida matematik faollashtirishda) rivojlantiriladi.
Faoliyatlarda ijro etiladigan matematik qobiliyatning eng muhim mezonlari sifatida quyidagilarni belgiladik:


Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə