Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə22/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Darajalar

Mezonlar

Yuqori
daraja

Bolalar faoliyat jarayoniga qiziqish bildirishadi, bolalar faol, yuqori darajadagi matematik qobiliyatlar majmui (tasavvur, fantaziya, obrazli tafakkur)ning mavjud, turli vaziyatlarda matematik masalalarni hal qilish malakalari ega.

O‘rta daraja

Bolalar ishi boshlanishida faoliyatga qiziqishadi, matematik amallarni bajarish qobiliyati o’rta, talablar paydo bo‘lganda bolalar passiv bo‘lib qoladilar.

Past
daraja

Faoliyat jarayoniga qiziqish yo‘q. Texnik ko‘nikmalar va qobiliyatlar kam rivojlangan, shaklni, ob'ektning tuzilishini, qismlarni joylashishini, hajmini farqlashda jiddiy xatolar mavjud.

Amaliy tashxis qilish topshiriqlari quyidagilardan iborat bo‘ldi. Dastlab tashxis masalasida bir necha yo‘nalishlar belgilab olindi va ular quyidagi mavzularda o‘rganildi.

  1. Sanoq va miqdor bo‘limini o‘rganishni tashhis qilish. Mazkur tashxis “Tanish sonlarni aytamiz” o‘yini asosida o‘rganildi.

  2. Sanoq va miqdor bo‘limi yuzasidan rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi (topshiriq reaktiv-metrik qobiliyatlarni aniqlash imkonini berdi. Barcha topshiriqlar o‘rtamiyona temp (4 takt)da 4/4 o‘lchamda shakllantirildi).

O‘yin maktabgacha yoshdagi bolani matematik imkoniyatlari (o‘lchash, hisoblash, taqqoslash, mo‘ljal olish)da oddiy vazifalarni hal etish vaziyatiga jalb qiladi. Agar bola matematik vaziyatlarni hal etishni bilmasa yoki bajarishdan bosh tortsa, unga stolga taqillatish yoki kaftida qarsak chalish taklif qilindi:

    1. Bola uchun tanish bo‘lgan oddiy usulni tanlash.

    2. Bolaga ikkala qo‘l bilan ma’lum sur’atda qarsak chalish yoki chertish taklifqilinadi. Bola tomonidan to‘g‘ri takrorlash sinaladi.

    3. Natijani ijobiy baholash.

    4. Natija to‘g‘ri bo‘lgan holatda tezlikka o‘zgaradi (misollarni tezroq yechish,masalaning mazmunini tezroq tushunish).

  1. Kattalik bo‘limini o‘rganishni tashxis qilish. “Binolar” o‘yini orqali metroritmik qobiliyatlarning rivojlanish darajasini aniqlash. Ekspert bolaga binoni qurish va bir vaqtning o‘zida uning metrik suratini bilan ko‘rsatishni taklif qilinadi. Keyin bolaga binoni boshqa kubiklar bilan tayyorlash taklif etiladi.

  2. Geometrik shakllar bo‘limini tashhis qilish (Burchakli va burchaksizshakllar). “Moslik siri” o‘yini hamohang taqqoslash qobiliyatini rivojlantirish darajasini, ya’ni burchakli va burchaksiz shakllarda burchaklar miqdorini anglash qobiliyati, shuningdek, burchakdoshlik xarakterini aniqlash vazifalari amalga oshirildi.

  3. Fazoda mo‘ljal olishning rivojlanish darajasini tashhis qilish. “Joyni aniqlaymiz” o‘yini joyni bilishga oid-motorli tasavvurlarning shakllanganlik darajasini aniqlash: o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, o‘rtada.

1. Tarbiyachi bolaga istalgan buyumni biror joyda qo‘yib uning fazoviy joylashuvini aniqlashni taklif qiladi. Bola narsaning fazoviy joyini aytadi.
2. Tarbiyachi qo‘yganbuyumni joyni takrorlash.
Vaqt bo‘yicha mo‘ljal olishni tashhis qilish. “Kun tartibini nomlang” o‘yini sutka qismlarini nomlash bo‘yicha matematik qobiliyatining shakllanganlik darajasini aniqlash.
Yakuniy bosqichda ishga yakun yasaldi – tashhis belgilangan pedagogik muammolarni hal qilish uchun tanlangan usullar ta’lim shakllarining muvaffaqiyatliligini isbotladi. Tajriba ko‘lami tarbiyachi ishining tarbiyaviy-ta’limiy tizimida aks ettirilgan va bolalarning matematik qobiliyatlarini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida interfaol o‘yinlar va usullar vositasida rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Maktabgacha tayyorlov yoshdagilarning matematik qobiliyatlarini o‘yinlar vositasida rivojlantirish bo‘yicha yakuniy darajasini tashhis qilishning qiyosiy diagrammasi. Tajriba sinov ishlarini tashkil etish va ularning bilim darajalarini, ya’ni Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashganligini aniqlovchi omillar va ularga mos baholash mezonlari ishlab chiqildi. Har bir ishlab chiqilgan omillarda turli darajadagi baholash mezonlaridan foydalanildi. Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni maktabga matematik tayyorligini aniqlashda baxolash mezoni quyidagi 3.3 jadvalda ko‘rsatilgan. Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni maktabga matematik tayyorligini aniqlash.
Tashhis qilish uchun individualma-individual va guruhli mashg‘ulotlar shaklida tashkillashtirilgan ijodiy topshiriqlardan foydalanildi. Mezonlarga muvofiq matematik qobiliyatlarning uchta darajasi ajratildi: yuqori, o‘rta va past.
Tadqiqot davomida foydalanish mumkin bo‘lgan natijalarni taqqoslash uchun ma’lumot olish va xulosa qilish imkonini beradi.
Tashxis mashqlar tizimini qo‘llash natijasida to‘plangan empirik materialga asoslanadi. Mashqlar tizimi matematik tasavvurning quyidagi tuzilmaviy tarkibiy qismlarini ochib beruvchi o‘yinli topshiriqlardan iborat:

  • yuqori tezlikdagi mantiqiy fikrlash qobiliyatni namoyon qilish;

  • tarbiyalanuvchilarning matematik qiziqishlarini bilish;

  • tarbiyalanuvchilarning matematik masala va misollar to‘qib chiqarishga moyilligi.


Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə