Maktabgacha ta’lim fakulteti ‘‘Himoyaga ruhsat etilsin’’


Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazi



Yüklə 453,41 Kb.
səhifə16/28
tarix22.03.2024
ölçüsü453,41 Kb.
#180824
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
РАХБАРОЙ ОХИРГИ ВАРИАНТ.ДОГ. (3)

Qurilish, konstruksiyalash va matematika markazi turli xil va shakldagi qurilish elementlari tashkil etilgan, bolalar ulardan o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‘ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p narsalarni o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‘rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish mumkin.
Axborot texnologiyalarini katta tezlikda rivojlanishi bilan ta’lim tizimiga masofali o‘qitish - Internet tarmog‘i orqali o‘qitish texnologiyalari kirib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida zamonaviy psixologo-pedagogik uslubiyotlarni qo‘llash imkoniyatini keng ochmoqda. Hozirgi paytda ta’lim tizimida, shu jumladan, MTTlarining ta’lim-tarbiya jarayonida ta’limga oid o‘yinlar va masofali ta’lim texnologiyalarini foydalanish alohida o‘rin tutayotganligi uchun ushbu masalalarni kengroq o‘rganib chiqishni maqsad qilib olindi.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o‘yinlarning har xil turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o‘yinlar, aktyorlar uchun syujet-rolli o‘yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun - maxsus treninglar mavjud.
Ta’limga oid o‘yinlar asosiy uch vazifani bajaradilar:
• vositali: aniq bir ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
•gnostik: tarbiyalanuvchilarning bilimlarini shakllantirish va fikrlashlarini rivojlantiish;
•ijtimoiy-psixologik: kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Har bir vazifaga o‘yinning aniq bir turi mos keladi: instrumental vazifa o‘yin mashqlarida, gnostik - didaktik, ijtimoiy-psixologik esa - rollik o‘yinlarda ifodalanishi mumkin.
Ta’limiy o‘yinlarini samaradorligini oshirish uchun uning texnologiyasi:
• o‘yinni ta’lim maqsadlariga mos bo‘lishi;
• immitatsion-rolli o‘yinni amaliy pedagogik (psixologik) vaziyatga ta’siretishi;
• o‘yin qatnashchilarining o‘yin mazmuniga mos keladigan maxsus psixologik tayyorgarligi;
• o‘yinda ijodiy elementlaridan foydalanish imkoniyatlari;
• tarbiyachi (psixolog) nafaqat rahbar sifatida, balki o‘yin jarayonida “to‘g‘rilovchi” va maslahatchi sifatida ham ishtirok etish kabi talablarga tayyor bo‘lishi kerak.
Ixtiyoriy ta’lim berish o‘yini bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin:
1) o‘yin muhitini yaratish - bu bosqichda o‘yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, uning qatnashchilarini psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi;
2) o‘yinjarayonini tashkil etish - bu bosqichda qatnashchilarga o‘yin qoida va shartlari tushuntiriladi va ular orasida rollarni taqsimlash amalga oshiriladi.
3) o‘yinni o‘tkazish - bunda qo‘yilgan maqsad hal qilinadi;
4) yakun yasash - bu bosqichda qatnashchilarning o‘zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o‘yin borishi va natijalari tahlil etiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o‘yinlarda faqat oddiy o‘yin uslubi foydalanilmaydi. O‘yin jarayonida guruhiy, yakkama-yakka ish, birgalikda muhokama, test o‘tkazish va so‘rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turli - anketa o‘tkazish, sotsiometriya, «Aqliy hujum» va boshqa uslublarni cheklangan miqdorida birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o‘yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo‘shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi.
Ta’limiyo‘yinlarning uslubi va hususiyatidan kelib chiqkan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Immitatsion o‘yinlar hisob-kitobga asoslangan kasblarni immitatsiya qilish, bolalarni kasbga yo‘naltirish maqsadida foydalaniladi. Masalan, “Impod” o‘yinida shartli tikuv ishlab chiqarish faoliyati imitatsiya qilinadi, shuningdek, mahsulotlarni modellashtirish va tikish bo‘yicha tasavvurlari amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi .
Mazmunli-rolli o‘yinlar (ularning asosida aniq hayotiy, ishchan yoki boshqa vaziyat yotadi. Bunday holda, o‘yin har bir qatnashchi aniq rolni bajaradigan (o‘ynaydigan) teatr qo‘yishni eslatadi). O‘yin bunday holda mazmuni - intellektual faoliyat shaklli ijodiy o‘yinlardir, shuning uchun bu holda qatnashchilarni tayyorlash va o‘yin ssenariysini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega.
Innovatsion o‘yinlar (ularning boshqa o‘yin turlaridan ajralib turadigan farqi, harakatli tuzilishga ega ekanligi va o‘yinni bir necha o‘qitish-rivojlantiruvchi “fazolarda”, masalan, kompyuter dasturlaridan foydalanib o‘tkazishdir. Innovatsion o‘yinlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sifatli bilim olishga qaratilgan.
Agar yuqorida misol sifatida keltirilgan o‘yin turlari o‘zlarining uslubi bilan farq qilgan bo‘lsa, u holda oxirgilarini ajratish tamoyili - aniq vaziyatni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lgan maqsad o‘yinni mo‘ljallanishidir.
Tashkiliy-faoliyatli o‘yinlar. Bularda e’tibor ko‘proq o‘yin vaziyatlarini tashxis qilish va muammoni yechish variantlarini tanlashni asoslashga qaratiladi. Uslub nuqtai nazardan, bu yerda e’tibor ko‘proq qatnashchilarning muloqotiga, munosabatlariga va guruhiy ishlarning boshqa shakllariga qaratiladi.
Ishchan treninglar. Eng samarali uslublardan biri ishchanlik o‘yinidir. Uni modellashtirish jarayonida muammoli vaziyat aniqlanadi, o‘yin maqsadi uni yechish yo‘llarini izlaydi. Ishchanlik o‘yinlari ta’lim sohasida ham, ishchanlik sohasida ham qo‘llaniladi.
Treningning har bir o‘yin yoki psixologik uslubiyati bosqichi yuqori malakali psixolog-boshlovchining tahlili bilan birga olib boriladi. Ushbu va boshqa texnologiyalarni foydalanish nazariya va amaliyotni me’yor darajada birga olib borish imkoniyatini berdi va treningni o‘zini harakatlilikka olib keldi.
Natijada, trening tinglovchilarga o‘zlarini va boshqalarni to‘g‘ri baholashni, boshqa kishilar bilan kundalik hayotlarida ham, ishchanlik vaziyatlarda ham samarali munosabat o‘rnatishni, albatta munosabat jarayonida o‘zini kam sevishni o‘rganishgayordam berdi.
Ishchanlik o‘yinlarni ko‘rib chiqishni yakunlab, ular:
• o‘z fikrlarini boshqa kishilar fikrlari bilan taqqoslash;
• o‘zlarining xulqiy va psixologik qarorlarini anglash;
• turli vazifali rollarni bajarish va boshqalarni o‘rganadilar.
Shunday qilib, ta’limga oid o‘yinlarning ta’lim va psixologiyadagi o‘rni nihoyatda zarurdir. Pedagogikada ular tarbiyalanuvchilarning faolligini,tashabbusini, mustaqilligini rivojlantirishga asoslangan rivojlantiruvchi ta’limning ajralmas tarkibiy qismidan iboratdir. Ishchanlik o‘yinlarining ahamiyati to‘g‘risida pedagog-psixolog M.I.Maxmutov, ushbu texnologiyaning ahamiyati tarbiyalanuvchilarning bilish, ijtimoiy va kasbiy faolligini rivojlantirishdan, ularda ishchanlik o‘yinlarida qatnashish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat deb takidlagan edi. Ta’limga oid o‘yinlari umuman va ishchanlik o‘yinlari xususan, shuningdek, psixologik ahamiyat kasb etadi va kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirishlariga imkoniyat yaratgan holda ishchanlik sohasida keng foydalaniladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o‘yinlari turli-tumanligi bilan farq qiladilar va ular birgalikda ham foydalanilishi mumkin. O‘yinlar bir-birlarini to‘ldirishlari, masalan, rolli ishchan o‘yini, innovatsion-imitatsion va boshqa hollari bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rinishdagi o‘yinlardan, ayniqsa, tarbiyalanuvchilarni chet tillarga o‘rgatishda yaxshi samara beradi. Bu holda o‘yinlarda tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli uslublar birlashtiriladi.
Kompyuterli didaktik o‘yinlar. Kompyuterli didaktik o‘yinlar MTT ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga, jumladan, elementar matematik tasavvurlar, buyumlar, ularning rangi, shakli va o‘xshash ob’ektlarni o‘rganishga yordam beradilar.Kompyuterli didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos pedagogik va psixologik jihatlari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda ular to‘la o‘rganib chiqilmagan. Quyida shular to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlarni keltiramiz.
MTTlarda multimedia texnologiyalari asosida kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlardan ham foydalanish mumkin. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, kompyuterli ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlar didaktikaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkaziladi. Multimediali ta’limiy va rivojlantiruvchi o‘yinlar didaktik o‘yinlar tarkibiga kiradi va MTTlardagi ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishga qaratilgandir.
Hozirgi davrda kompyuterlar turli xil o‘yin dasturlari bilan ta’minlangan. Kompyuterli o‘yinlarni bir necha turga ajratish mumkin, jumladan:
1.Kompyuterli ta’lim o‘yinlari.
2.Kompyuterli rivojlantiruvchi o‘yinlar.
3.Boshqotirma o‘yinlari.
4.Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar(shaxmat,shashka).
5.Konveyrli o‘yinlar.
6.Konstruksiya (yig‘ish) –harakat o‘yinlari.
7. Muloqotli-anglash o‘yinlari.
8.O‘quv-texnologik o‘yinlar.
9.Boshqaruv-iqtisod o‘yinlari va boshqalar.
Shunday qilib, ta’limiy o‘yinlar ta’lim berishda ham, xuddi shunday boshqa faoliyat sohalarida ham o‘z tatbiqini topgan harakat texnologiyalarini ifodalaydilar. O‘yin uslublaridan foydalanilgan psixologik treninglar, o‘yin vaziyatlarida hayotda ko‘pincha uchrab turadigan muammolarni hal qilish, tarbiyalanuvchilarning qiziqishlarini orttirish imkoniyatlarini beradilar, shuningdek, ochiq, munosabat muhitini yaratadilar.

Yüklə 453,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə