Maktabgacha va maktab ta‟limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta‟lim agentligi



Yüklə 471,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/61
tarix23.12.2023
ölçüsü471,7 Kb.
#156283
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
08 03 Sport musobaqalarini o\'tkazish ish rejasi va sport bayramlari

O„yin qoidalari: 
1. «Takalar»ning aylanadan chiqib ketishlari mumkin emas.
2.Qo‗l tekkan bola o‗yindan chiqib skameykada o‗tiradi. 
3.«Taka» to‗tayotgan cho‗pon goh chap, goh o‗ng oyog‗ida sakrashi mumkin. 
O„yin varianti.
Ma‘lum miqdorda «taka» to‗tilgandan keyin komandalar joy 
almashtirishlari ham mumkin. Bunda kam vaqt ichida belgilangan miqdorda 
«Taka»ni to‗tgan komanda yutgan hisoblanadi. 
DUK-DUK 
O„yinga tayyorlanish.
O‗ynovchilar kuch va son jihatidan barobar bo‗lgan ikki, 
to‗rt yoki oyati gruppaga bo‗linib, bir qatordan kolonnaga saflanadilar. May 
donning qarama-qarshi tomonida, 10-15 metr masofada sakrab o‗tish uchun biror 
narsa (masalan, to‗p) qo‗yiladi. (15- rasm.) 
O„yin tasviri.
O‗yin birinchi bo‗lib boshlovchilar boshliqniig komandasi bilan 
o‗sha narsagacha (to‗pgacha) bir oyoqda hakkalab borib, undan aylanib 
o‗tadilarda yana hakkalagancha kelib, o‗z kolonnalarining oxiriga borib turadilar. 
Qaytganda ular kolonnada ikkinchi bo‗lib turgan bolaning kaftiga qo‗l urib 
o‗tadilar. Ikkinchi o‗ynovchi aylanib kelgach, o‗z navbatida uchinchi 
o‗ynovchining kaftiga urib o‗tadi. Qaysi komanda bolalari narsadan aylaiib 
kelishni eng oldin tamomlasa o‗sha komanda yutgan hisoblanadi. 
O„yin qoidalari.
1. O‗ynovchilar oldin hakkalagan bolaning qo‗li kaftlariga tekkandan keyingina 
yo‗lga chiqishlari mumkin 


2. Qo‗l tegmay turib chiziqdan chiqib, hakkalab ketgan bolaning komandasiga 
ikki sekund shtraf qo‗shiladi.
3. Har bir komandada 8 dan ortiq bola bo‗lmasligi kerak. 
O„yinning ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyati.
O‗yin bolalami chaqqonlikka, kollektiv 
oldida javobgarlikni his qilishga o‗rgatadi. 
QUYONLAR, QOROVUL VA OVCHI
 
Maydonchaning bir tomoniga to‗rtta kvadrat (quyon uyasi) qarama-qarshi 
tomoniga esa yarim aylana — qorovulxona chiziladi. Chiziqning shu tomonidan 
poliz ajratiladi. 
Maydonchaning o‗rtasiga 25-30 sm balandlikka arqon- devor tortiladi. To‗rt 
bo‗linmaga bo‗lingan quyonlar to‗rttadan kvadrat-uyalarda joylashadilar. 
Qorovulxonada esa boshqaruvchilar - qorovul va ovchi turadi. 
O‗qituvchining signaliga ko‗ra, quyonlar o‗z uyalaridan chiqib, devordan oshib, 
polizga yopiriladilar. O‗qituvchining ishorasi bilan qorovul uch marta chapak 
chaladi - «O‗q otadi». o‗q otilgandan so‗ng qorovul bilan ovchi birgalikda 
quyonlami uylarigacha quvlab boradilar. 
Qo‗lga tushganlar sanab chiqilgan quyonlar o‗z uyalariga, qorovul va ovchi 
qorovulxonaga qaytadi. Yangi qorovul va ovchi tayinlanadi. 

Yüklə 471,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə