Malakaviy amaliyot hujjatlari



Yüklə 5,27 Mb.
səhifə12/31
tarix19.02.2022
ölçüsü5,27 Mb.
#83911
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Amaliyot Hujjatlari Geografiya amaliyot

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
1.Joy plani 2.Xarita 3.Aerosurat 4.Masshtabli shartli belgilar
Yangi darsning bayoni.
Geografik xaritalarda turli - tuman voqea va hodisalar tasvirlanganligi uchun ular juda xilma - xil bo‘ladi. Joy plani - joyning yirik masshatabda (1:5000 va undan kattaroq) tuzilgan chizmasidir. Planda maydoni uncha katta bo‘lmagan kichik-kichik joylar tasvirlanadi.Xarita - Yerning va boshqa sayyoralar yuzasining kichraytirilib va umumlashtirilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviri. Xaritalarda tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy voqea va hodisalar tasvirlanadi.Aerosurat - Yer yuzasi yoki uning bir qismining samolyot va boshqa uchuvchi asboblar yordamida olingan tasvir.Kosmik surat - Yerning va boshqa sayyoralarning kosmik kemalar yordamida olingan tasviridir. Ular fan va xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi.Har bir plan, xarita, aerosurat, kosmosurat ma’lum bir masshtabga ega bo‘ladi.Xaritalarning shartli belgilari. Voqea va hodisalar hamma xaritalarda ham ma’lum shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Shartli belgilar xaritalarni boshqa geografik ma’lumotlar manbalaridan, ya’ni aerosurat, kosmosurat, jadval va hokazolardan ajratib turadigan muhim xususiyatlardan biridir. Shartli belgilarga qarab voqea va hodisalarning joylanishini, miqdorini, sifatini bilib olish mumkin. Shartli belgilar bir necha turga bo‘linadi.Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalarning haqiqiy o‘lchamlari tasvirlanadi. Masalan, tayga o‘rmonlari egallagan maydonni, muz qoplagan yerlar maydonini bilish mumkin. Masshtabsiz shartli belgilar bilan xaritalarning masshtabida ko‘rsatib bo‘lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Masalan, turli xil shakllar, chizmalar, harfli belgilar, aholi yshaydigan joylar, GESlar, foydali qazilama konlari belgilari masshtabsiz bo‘ladi. Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yo‘llar, chegaralar ko‘rsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yo‘nalishi, o‘rmondagi daraxtlarning turlari ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari, yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo‘ladi. Xaritalarda voqea va hodisalar quyidagi usullar bilan tasvirlanadi: belgilar usuli bilan xarita masshtabida tasvirlab bo‘lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi.Belgilar geometrik shakl, harflar va rasmlar bo‘lishi mumkin. Belgilar o‘zining kattaligi, rangi va shakli bilan voqea va hodisalarning tavsifini beradi. Rang berish usuli voqea va hodisalarning hududiy tarqalishini tasvirlashda qo‘llaniladi. Masalan, o‘simlik, tuproq xaritalari rang berish usulida tuziladi. Teng qiymatli chiziqlar usuli, asosan, bir xil qiymatga ega bo‘lgan voqea va hodisalarni tasvirlashda qo‘llaniladi. Masalan, bu usuldan mutlaq balandligi, harorati, aholi zichligi bir xil bo‘lgan joylarni tasvirlashda foydalaniladi.


Yüklə 5,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə