Mamlakatlarini iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix06.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#100280
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-Mavzu boyicha maruza (4)

12-MAVZU. IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG 
DUNYONING ETAKCHI MAMLAKATLARI IQTISODIY RIVOJLANISHNING XUSUSIYATLARI 
kin savdo assotsiyasiyasi (YESA) tashkil topdi. YESA YI dan farqli 
ravishda davlatdan yuqori turuvchi funksiyalarga va davlatlararo 
muvofiqlashtiruvchi institutlarga ega emas. 80-yillarda YESA a’zo-
davlatlar soni 7 ta bo‘lib, 90-yillar o‘rtasida yana 4ta davlat - Buyuk 
Britaniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Shveysariya a’zo bo‘lib kirgan edi. 
Ushbu a’zo-davlatlar uchinchi davlatlar bilan u yoki bu savdo-iqti-
sodiy kelishuvlarga erkin qo‘shilishlari va bu davlatlarga nisbatan 
xohlagan bojxona tariflarini o‘rnatishlari mumkin edi. YESAga a’zo-
davlatlar o‘rtasidagi savdoda erkin, bojsiz savdo rejimi faqat sanoat 
tovarlariga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki YESA konvensiyasining 
faoliyati qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ta’sir o‘tkazmaydi. 
1972 yilda YESA ga a’zo bo‘lgan har bir davlat YIH-YI bilan o‘zaro 
kelishuvlarni imzoladi. Unga muvofiq sanoat tovarlariga boj va son 
jihatdan cheklashlar asta-sekin kamaytirildi. Bu davlatlar o‘rtasidagi 
bojsiz savdo murakkab qoidalar tizimiga asoslanadi. Yagona bojxo-
na tarifi yo‘qligi sababli YESA ichida bojsiz savdo erkinligi faqat 
a’zo-davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
YESA ga kiruvchi davlatlarning va ular o‘rtasidagi iqtisodiy alo-
qalarning yuqori darajada rivojlanganligiga qaramasdan, YESA 
to‘laqonli integratsion guruhga aylanmadi. Amalda u YIH - YI uc-
hun “farmklub”, ya’ni, yangi a’zolar yetkazib beruvchi tashkilot 
bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda YESAning ko‘pgina a’zolari uni Sharqiy 
va G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasidagi istiqbolli erkin savdo zo- 
nasi sifatida qaramoqdalar. 
Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi. AQSh bilan Kanada 
o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va ularning G‘arbiy 
Yevropadagi davlatlar bilan olib borayotgan hamkorligi AQShni 
qoniqtirmay qo‘ydi. Natijada 1994 yilning 1 yanvarida kuchga kir-
gan Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi (NAFTA) haqidagi shart-
noma imzolandi. NAFTAga AQSh va Kanadadan tashqari Meksika 
ham qo‘shildi. Shunday qilib ushbu blok hududi 370 mln.dan ortiq 
aholiga, kuchli iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan hududni qamrab 
oldi. NAFTA davlatlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xiz-
matlar taxminan 7 trln. AQSh dollarini tashkil qilib, ushbu davlat-
lar ulushiga umumiy jahon savdo hajmining 18-20%i yaqini to‘g‘ri 
kelmoqda. 
NAFTA davlatlari tomonidan imzolangan shartnomaning asosiy 
holatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– AQSh, Kanada va Meksika davlatlari o‘zaro savdo qiladigan 
tovarlarga nisbatan bojlarni bekor qilish; 
153



– Shimoliy Amerika bozorlarni Meksika orqali AQShga kirib 
kelayotgan tovarlar uchun bojlarni to‘lamaslikka harakat qiluvchi 
Osiyo va Yevropa kompaniyalari ekspansiyasidan himoya qilish; 
– Meksikada bank va sug‘urta kompaniyalarning ishida Amer-
ika va Kanada kompaniyalari kapital qo‘yilmalari va raqobatlariga 
bo‘lgan taqiqlarni olib tashlandi; 
– Atrof-muhitni himoyalash bilan bog‘liq muammolarni hal qil-
ish uchun uch tomonlama guruhlar tashkil qilish va boshqalar. 
Shartnomaga ko‘ra 2000 yilgacha AQSh Meksikadan import 
qilinadigan mahsulotlar turining 2/3 qismi uchun import tariflari-
ni bekor qilgan edi. Imzolangan kelishuvlardan eng ko‘p foydani 
savdo bloki iste’molchilari olgan, chunki raqobatning kuchayishi 
va tariflarning pasayishi natijasida keng tovarlar doirasiga nisbatan 
narxlar ham pasaya boradi. Amerika sanoatchilari foyda olishadi, 
chunki arzon ishchi kuchi oqimi kuchayadi. Kafolatlangan daro-
madning o‘sishi Amerika iqtisodiyotining elektronika va kompyut-
er ta’minotida, qurilish materiallarida, avtomobil ehtiyot qismlarini 
ishlab chiqarish va boshqa sohalarida kuzatilmoqda. Ayni bir pay-
tda, shakar, sitrus mevalari, qishki sabzavotlar yetishtiruvchi Ameri-
ka fermerlari katta zarar ko‘radi. Meksika esa NAFTA davlatlari yor-
damida o‘z iqtisodiy o‘sishi sur’atlarini oshirib (taxminan YaIMning 
yilik o‘sish darajasi 1,6%-2,6% atrofida), iqtisodiyotini isloh qilish va 
sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilish muddatini yarim 
asrdan 10-15 yilga qisqartirishi mumkin. 
NAFTAdan eng kam foydani Kanada oladi. Uning iqtisodiyoti 
AQShniki bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsada, Meksika iqtisodiyoti 
bilan aloqalari unchalik rivojlanmagan. Ammo, NAFTA rivojlanib 
borishi bilan Kanada ham integratsion jarayonga yanada ko‘proq 
tortiladi va kengayotgan bozordan dividendlar oladi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə