Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi


Ma'naviy muhit ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida



Yüklə 344,5 Kb.
səhifə15/24
tarix30.01.2022
ölçüsü344,5 Kb.
#83263
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Ma\'naviyatning ilmiy metodologiyasi

Ma'naviy muhit ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida. Sobit g‘oyalar, qarashlar, axloqiy, huquqiy, estetik, diniy me'yorlar, insonga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan boshqa mafkuraviy talablar ma'naviy muhitni tashkil qiladi. Ma'naviyatning moxiyatini «ma'naviy muhit» tushunchasisiz teran anglab olish mushkul. Ma'naviy muhit shaxsni ham, butun avlodni ham muayyan yo‘nalishda tarbiyalaydi, ijobiy xislatlarini yuzaga chiqaradi, ularni nomaqbul ta'sirlardan himoya qilishga urinadi. Chunki ma'naviy muhit har qanday yutuqlar va kashfiyotlarning (chetdan qabul qilinganlarining ham) taqdirini belgilaydi: yo rivojlantiradi, yo unutilishga mahkum etadi, yoki deformatsiya qilib, o‘ziga moslashtiradi.

Ma'naviy muhit jamiyatning hissiy, aqliy va jismoniy kamolotda erishgan o‘rtacha saviyasi asosida vujudga kelgan talablari va ularning amalga oshish tartibidir. Muhit, odatda, barqarorlikka, bir – tekislik va birxillikka intiladi. Uning talablari va ta'siri hammaga birdek, o‘rtacha bo‘ladi. Uning talablariga javob berish uchun kimlardir o‘z ustida ishlaydi, takomillashadi, o‘sadi va h.k. Kimlar uchundir umumiy ma'naviy muhitning talablari kamlik qiladi. Bunday shaxslar yoki ijodiy guruhlarning imkoniyatlari to‘liq yuzaga chiqmasdan qolish xavfi tug‘iladi. Shu boisdan umumiy ma'naviy muhit doirasida nisbatan alohidalashgan tabaqaviy, kasbiy (professional) yoki guruhiy muhitlar – submuhitlar mavjud. Submuhitlar o‘zaro bir oz farq qiladi. Farq ularning muayyan ijtimoiy guruh, tabaqa va sinflarning psixologiyasi va siyosiy mavqyei, amaliy intilishlari, intellektual salohiyati ta'sirida vujudga keladi. Ammo bu farq ortiqcha baholanmasligi va ma'naviyatga bolsheviklar kabi mutlaqlashtirilgan sinfiylik nuqtai nazaridan yondashish uchun asos bo‘lmasligi kerak. Submuhit umumiy muhitdan ajralib keta olmaydi va pirovardida uning asosiy va fundamental talablariga bo‘ysunadi. Muhit ma'naviyatning eng umumlashgan uzluksizlik shakli, madaniyat esa uzlukli (diskret) shaklidir.

Ma'naviy muhit siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga, boshqaruv rejimiga bog‘liq. Agar siyosiy tuzum, boshqaruv usullari zo‘ravonlikka asoslansa, jamiyatda odamlar, tashkilotlar faoliyati ustidan yoppasiga mafkuraviy nazorat o‘rnatiladi. Bir mafkuraning hukmronligi qaror topadi. Unga xilof keladigan har qanday fikr va qarashlar tan olinmaydi, ta'qib qilinadi va taqiqlanadi. Taqiqni buzganlar jazolanadi, qatag‘on qilinadi. Bunday sharoitda odamlar bir biridan cho‘chib, ishonmasdan yashaydi. Ko‘ngildagini ochiq aytolmaydi. Mavjud tuzum kamchiliklarini tanqid qilolmaydi. Ba'zi hollarda bir birlari ustidan tegishli idoralarga chaqimchilik qilib turadi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik yo‘qligi shaxs kamoloti va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Va, aksincha, jamiyatda erkinlik va demokratik boshqaruv darajasi qanchalik baland bo‘lsa, ma'naviy muhit shunchalik yaxshilanadi, uning inson kamoloti va jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'siri shunchalik kuchayadi.

O‘zbekiston kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlanmoqda. Bu jarayon ma'naviy muhit yanada yaxshilanishini taqozo etadi va bunga zarur shart-sharoitlarni yaratadi.




Yüklə 344,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə