Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi



Yüklə 344,5 Kb.
səhifə13/24
tarix30.01.2022
ölçüsü344,5 Kb.
#83263
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Ma\'naviyatning ilmiy metodologiyasi

Ehtiyojlar yuksalishi va ma'naviyat rivojlanishi o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ehtiyojlar yuksalsa, ma'naviyat rivojlanadi, rivojlangan ma'naviyat esa yuksak ehtiyojlarni taqozo etadi. Rivojlangan ma'naviyat bu qondirilgan ehtiyojlardir va ayni paytda nisbatan yuksakroq yangi ehtiyojlarning tug‘ilishidir. Lekin ehtiyojlarning o‘zi bevosita ma'naviyat tarkibiga kirmaydi, balki uning shart-sharoitini, harakatlantiruvchi kuchini tashkil qiladi. Shunday qilib, ehtiyojlarning yuksalishi inson tabiatiga, asl mavjudligiga mos. Ushbu ma'noda insonni «ehtiyojlari yuksaladigan mavjudot» deyish ham o‘rinlidir.

Ma'naviy hayotning o‘ziga xosligini ko‘pincha jamiyat umumiy taraqqiyotining erishilgan darajasi belgilagan. Ushbu qonun ma'naviyatni jamiyatning moddiy hayotidan ajratmasdan, uni yaratganning sir-asrori deb emas, balki rivojlanuvchi ijtimoiy hodisa sifatida tushunishda katta ahamiyatga ega. Agrar jamiyatda yashagan kishining dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, hayotga munosabati, ma'naviyati sanoat, texnika, transport va aloqa tizimi taraqqiy etgan, radio, televideniya, kompyuter, internet zamonida yashaydigan kishilarnikidan keskin farq qilgan. Texnologiya yutuqlari ishlab chiqarish usuli va munosabatlari pirovardida qanday bo‘lishini, yetishtirilgan mahsulot qanday tamoyillar asosida taqsimlanishini, savdo-sotiq va almashuv qanday vositalar va qoidalar yordamida amalga oshirilishini belgilaydi. Taqsimot va almashuvdan iste'mol mazmuni kelib chiqadi. Umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasi odamlarning dunyoqarashini, tafakkurini, mavjud jamiyatga beradigan bahosini, amaliy munosabatini, ilm-fanini, adabiyotini, madaniy saviyasini shakllantiradi. Ular asosida qadriyatlar, ijtimoiy me'yorlar qaror topadi. Bu jamiyat faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishing yana bir qonuni – moddiy va ma'naviy hayot mushtarakligi, o‘zaro chambarchasligi qonuni bilan bog‘liqdir. Kimdir amaldagi me'yor va qoidalarni adolatsiz, ularni o‘zgartirish kerak deb hisoblaydi. Kimdir, aksincha, ularni himoya qiladi. Keskin radikal va konservativ fikrlar o‘rtasidagi bahs, kurashlar oqilona yo‘l topishga, mavjud qoida va me'yorlarni, urf-odatlar va diniy marosimlarni takomillashtirib borishga xizmat qiladi. Ushbu o‘zaro bog‘liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun xos, doimiy va takrorlanuvchi bo‘lib, ma'naviyat rivojlanish qonunlaridan yana birini (bizning misolda ikkinchisini) tashkil etadi.

Yuqorida inson ehtiyojlari uzluksiz yuksalishi to’g’risida gapirgan edik. Ehtiyojlarning mazmuni, shakllari, o’sish, yuksalish sur’atlari jamiyatning taraqqiyot darajasiga, odamlar o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy madaniy, diniy, mafkuraviy, maishiy, oilaviy va boshqa aloqalari rang-barangligi va intensivligiga bog’liq. Ibtidoiy jamiyatda odamlar o’rtasidagi aloqalar mazmunan va shaklan ancha qashshoq va oddiy bo’lgan. Asosan ular oqibatda urug’-jamoa jipsligi, xavfsizligi, oziq-ovqat ta’minoti bilan bog’liq masalalarga borib taqalgan. Mana shu uch zaruratdan kelib chiqib urug’-jamoa ichidagi munosabatlar me’yorlashtirilgan, tartibga solingan, urf-odatlarda, raqs va qo’shiqlarda, asotirlarda mustahkamlangan. Agrar jamiyatda aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi. Yozuv paydo bo’ldi. Ma’naviy ong o’sdi, ma’naviy madaniyatning alohida shakllari vujudga keldi. Shunga muvofiq ma’naviy ehtiyojlar rang-baranglik kasb etdi, mazmunan va shaklan boyidi.

Ibtidoiy va agrar jamiyatlarda yashaydigan odamlarning ongi, tafakkuri, bilimlari, ma’naviy ehtiyojlarini, turmush tarzi va ma’naviyatini taqqoslasak, osmon bilan yercha farq rmavjudligini ko’ramiz, ayniqsa islom uyg’onish davrida Sharqda, Yevropa Uyg’onish davrida G’arbda. O’z navbatida feodalizm (agrar jamiyat) va kapitalizm (industrial jamiyat) jamiyatlari a’zolari ma’naviyati, ma’naviy ehtiyojlari, ilm-fan va adabiyoti, san’ati o’rtasida yana shunday katta farqni ko’ramiz.

Uchinchi qonun to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, odamlarning ongiga, dunyoqarashiga e'tiqod (mifologiya, din falsafa), axloq, adabiyot va san'at, ilm-fan, huquq, siyosat, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlanishi ta'sir ko‘rsatadi. Qayd etilgan hodisalar, bir tomondan, jamiyat taraqqiyoti mahsuli, natijasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatni taraqqiy ettiruvchi omillardir. Ilm-fan, birinchi galda tabiatshunoslik va texnika fanlari bevosita ishlab chiqarish texnologiyalari yuksalishiga, odamlarning dunyoqarashi turli irim-sirimlar, xurofotdan, noilmiy, g‘ayriilmiy qarashlardan xalos bo‘lishiga xizmat qiladi. Adabiyot va san'at inson ongi-tafakkuri evrilishlari, ruhiy kechinmalari ulug‘vorligi-yu tubanligi, har xil qirralari, yashirin imkoniyatlari to‘g‘risida bilim beradi. Odamlarning ma'naviy dunyosini insonparvarlik, ezgulik, go‘zallik, adolat, ishq, muhabbat, vatanparvarlik va shu kabi g‘oyalar bilan boyitadi, yuksak idealarga ilhomlantiradi. Ilm-fanning, adabiyot va san’atning, OAVning, demokratik qadriyatlarning, huquqiy ongning rivojlanishi jamiyat ma’naviyatini yuksaltiradi, ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtiradi, ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy huquq yaxshilanadi. Odamlarning ijodkorligi, yaratuvchilik tashabbuslari o’sadi.

Dinning, diniy ong va munosabatlarning to’g’ri rivojlanishi ham butun jamiyatga, ayniqsa uning ma’naviy hayotiga qattiq ta’sir ko’rsatadi. Din ma’naviy hukmronlikka intilgan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik buziladi yoki o’rta asrlardagidek turg’unlikka tushib qoladi. Salb yurishlari va deformatsiya tufayli Yevropada sodir bo’lgan yuz va o’ttiz yillik urushlar, musulmon mamlakatlaridagi turg’unlik va shialar bilan sunniylar o’rtasidagi to’qnashuvlar bugungi kundagi diniy ekstremizm va terrorizm tufayli insoniylikning inqirozi va ma’naviy-madaniy yo’qotishlarni eslash lozim. Insoning qadr-qimmati toptaldi.Axloq, huquq, siyosat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlarni inson bolasi ta'lim-tarbiya orqali o‘zlashtiradi. Xulosa qilish mumkinki, ma'naviy yuksalish insonning pozitiv bilimlari o‘sishi, jamiyatda e'tiqodiy, ilmiy, siyosiy hurfikrlik, inson huquqlarib tafakkur erkinligi rivojlanishi va ta'lim-tarbiya tizimi takomillashishi bilan bog‘liq.

Xalqning iqtisodiy va ma'naviy hayoti boshqa xalqlar bilan aloqalar o‘rnatishga, iqtisodiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy sohalarda hamkorlik qilishga, o‘zaro yordam ko‘rsatishga, bir biridan o‘rganishga ham bog‘liq. Turli tarixiy davrlarda ularning aloqalari intensivligi, bir biridan o‘rganish imkoniyatlari har xil bo‘lgan.

Jamiyatni moddiy-iqtisodiy, texnologik va ilmiy-intellektual taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, ibtidoiy jamiyatga, quldorlik, feodalizmga (agrar, yoki sanoatlashishga qadar bo‘lgan jamiyatga), industrial, postindustrial va zamonaviy postmodern jamiyatlariga bo‘lish va ularning ma'naviyatini bir biridan farqlash mumkin. Jamiyatning moddiy-iqtisodiy va ijtimoiy – ma'naviy hayoti o‘zaro chambarchasdir. Ushbu birlik jamiyat hayotining negizini tashkil qiladi. Mehnatsiz, ishlab chiqarishsiz jamiyat bo‘lmaganidek, e'tiqodsiz, dunyoqarashsiz, hyech qanday bilimlarsiz, qoida – tartiblarsiz, me'yorlarsiz, muayyan maqsad va orzu - havaslarsiz inson, binobarin, jamiyat yo‘q.

Iqtisodiyot va ma'naviyat uyg‘un rivojlanadigan jamiyat barqaror va insonparvar bo‘ladi. Iqtisodiyot olg‘a ketib, ma'naviyat ortda qolsa, jamiyatda iste'molchilik psixologiyasi ustunlik qilib,tarbiya izdan chiqadi, inson qadr-qimmatiga putur yetadi. Va, aksincha, iqtisodiyot unutilib, faqat tarbiyaga zo‘r berilsa, jamiyatda turg‘unlik, safsatabozlik, mafkuraviy mutaassiblik, dogmatizm kuchayadi.

Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi fani ma'naviy yuksalishning mezonlari (kriteriylari)ni aniqlaydi. Ma'naviy yuksalishining asosiy mezoni inson erkinlik darajasining o‘sishi, deyish mumkin. Haqiqatan, ibtidoiy jamiyatga nisbatan agrar jamiyat insonga ko‘proq erkinlik bergan, unga nisbatan esa industrial jamiyat ko‘proq erkinlik bergan. Industrial jamiyat barcha a'zolarini qonun oldida tenglashtirdi, tabaqaviy imtiyozlarini bekor qildi. Postindustrial va postmodern jamiyatlarida inson erkinligi yanada o‘sdi. Hatto, afsuski, ba'zi hollarda u birdan bir maqsadga aylanib, axloqiy chegaralardan chiqib ketmoqda. Ma'naviy yuksalishning boshqa mezonlari: ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, tafakkur erkinligi va mafkuraviy plyuralizm, jamiyatning demokratiyalashuvi va inson huquqlarining davlat huquqidan ustunligi, shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unlik darajasi oxir oqibatda inson erkinligiga borib taqaladi. Mazkur mezonlar ham jamiyatning ma'naviy yuksalishini ko‘rsata oladi. Lekin ular asosiy mezonning konkret voqyeligidir.

Shunday qilib, ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi fani boshqa fanlardan farq qiladigan xususiyatlariga, tushunchalariga, g‘oyalariga, tamoyillariga, qonunlariga va mezonlariga ega.


Yüklə 344,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə