Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi


Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy omillar



Yüklə 344,5 Kb.
səhifə9/24
tarix30.01.2022
ölçüsü344,5 Kb.
#83263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Ma\'naviyatning ilmiy metodologiyasi

3. Ijtimoiy-siyosiy, huquqiy omillar. Ular inson va jamiyatning erkinlik darajasini, haq-huquqlarini, mulk shakllarining turlari va o’zaro munosabatlarini, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy, tabaqaviy tuzilmasini, davlat hokimiyati rejimini belgilaydi. Muayyan xalq demokratiya va erkinlik, qonun ustuvorligi va hammaga birdayligi sharoitida, yoki qaramlik, notenglik, qandaydir sinf va tabaqalarning imtiyozlari qonun bilan mustahkamlanib, boshqalarniki u yoki bu darajada cheklanganligi, mulkning qaysidir shakllariga ustunlik berilib, boshqalari qisman chegaralangan, hatto ayrimlari taqiqlangan (masalan, sovet davrida xususiy mulk taqiqlangan edi) sharoitda yashashi mumkin. Bu odamlarning siyosiy faolligiga, davlat va jamiyatni boshqarishda qatnashishi yoki qatnashmasligiga, inson huquqlariga, odamlarning siyosiy va huquqiy madaniyatiga, jamiyatga munosabatiga, kayfiyatiga, ruhiyatiga, ertangi kunga ishonchiga, o’z iqtidori va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Davlat hokimiyati insonparvar, xalqparvar siyosat yuritsa, ma’naviyat rivojlanadi, odamlarning o’zaro va jamiyatga, umuman hayotga munosabati yaxshilanadi, bunyodkorlik tashabbusi o’sadi. Va, aksincha, qattol tuzumda odamlarni ijtimoiy qo’rquv bir biriga ishonmaslikka, har xil shubhalarga undaydi. Odamlar tashabbus ko’rsatishdan, o’z fikrini ochiq aytishdan, yangilik qilishdan qo’rqib qoladi. Kazarmacha birxillik qaror topa boshlaydi. Adabiyot, san’at, gumanitar fanlar, axloq, e’tiqod inqirozga uchraydi. So’z va ish birligiga putur yetadi. Ikkiyuzlamachilik, madhiyabozlik, nosamimiylik ildiz otadi. Adabiyot va san’at targ’ibot-tashviqotning bir ko’rinishiga aylana boshlaydi


Yüklə 344,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə