Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi



Yüklə 344,5 Kb.
səhifə8/24
tarix30.01.2022
ölçüsü344,5 Kb.
#83263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Ma\'naviyatning ilmiy metodologiyasi

2. Moddiy-iqtisodiy omillar. Ular nafaqat tabiiy sharoitlar – iqlim, tabiiy boyliklar, boshqa geografik omillarga, shuningdek ishlab chiqarish vositalarining va infratuzilmaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish usuliga, almashuv, taqsimot va iste’mol shakllari va mazmuniga ham bog’liq. Ular, bir tomondan, ma’naviyat rivojlanishining moddiy-iqtisodiy poydevorini, tashkil qilsa, ikkinchi tomondan – odamlarning bilimlarini, dunyoqarashini kengaytiradi, o’zaro munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi. Qo’l mehnati ustunlik qilgan, faqat omoch va ho’kiz yordamida dehqonchilik qilgan, ot-ulov va aravadan foydalangan bundan 1,5 asr ilgari yashagan ajdodlarimiz qarashlaridan, bilimi va madaniyatidan bugungi zamonaviy texnika, asbob uskunalar, transport va aloqa-kommunikatsiyalaridan, zamonaviy ishlab-chiqarish va turmush kechirish infratuzilmalaridan foydalanayotgan bizlarning tabiat, jamiyat, inson to’g’risidagi ilmiy-nazariy, amaliy bilimimiz, dunyoqarashimiz, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz sezilarli farq qiladi. Ular iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, kasb va mutaxassisliklar, ularni tayyorlovchi institutlar, xalq ta’limi rivojlanishining oqibatidir. Tabiiy-iqlim sharoitimiz esa o’zgargan emas. O’zbek xalqi o’sha davrlarda tabiiy boyliklardan, ayniqsa yer osti boyliklaridan yaxshi foydalana olmagan. Bunga mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish darajasi, texnologiyalari imkon bermagan. Ushbu guruhda yana demografik omillar, ayniqsa aholi zichligi, aksariyatining shahar yoki qishloqda yashashi ham ma’naviyatga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin iqtisodiy rivojlanishning o’zi ijtimoiy-siyosiy, huquqiy omillarga, davlat hokimiyatiga bog’liq.


Yüklə 344,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə