Ma'naviyatning ilmiy metodologiyasi


Ma'vzu: Jahon ilm-fanida ma'naviyat masalalari



Yüklə 344,5 Kb.
səhifə22/24
tarix30.01.2022
ölçüsü344,5 Kb.
#83263
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Ma\'naviyatning ilmiy metodologiyasi

9. Ma'vzu: Jahon ilm-fanida ma'naviyat masalalari
Ma'ruza rejasi

1. Hozirgi zamon jahon ilm-fanida ma'naviyat masalalari

2. XX asrda ma'naviy hayot sohalarini ilmiy-falsafiy tadqiq etishning rivojlanishi.

3. Sotsial psixologiya, sotsiologiya, gerontologiya, futurologiya, kulturologiya fanlarida ma'naviyat masalalari talqini.

4. “Ma'naviyat” tushunchasini faqat diniy (rus faylasuflari), ruhiy (ingliz olimlari) tushunishning biryoqlamaliligi.
Ma'naviy madaniyat deganda, g‘arbda ko‘proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. Shuningdek, g‘arbda spiritualizm (spiriti – “ruhiy”, “ma'naviy” mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm o‘lgan kishi ruhini chorlab u bilan muloqot qilishni anglatadi. Shu sababdan biz qo‘llaydigan ma'naviy madaniyat atamasini ayrim g‘arb tillariga aynan lug‘aviy mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb o‘girish mumkin emas. Uni zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat deb o‘girishi urf bo‘lgan.

Ayrim olimlar ma'naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb ko‘zi” bilan ko‘rilgan haqiqat, g‘oyibdan insonga ko‘rsatilgan hidoyat, yo‘l, ishora, ko‘ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg‘ular va h.k. deb tushuntiriladi.



An'anaviy diniy-mistik qarashlar zamon ta'sirida o‘zgarib, yangi ko‘rinishlar kasb etmoqda. Bugun har xil ezoterik qarashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirilgan belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy energetika va shunga o‘xshash qarashlar ham jamiyatning ma'naviyat, ma'naviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlari va qarashlarida aks etmoqda.


Yüklə 344,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə