Manbashunoslik va tarixshunoslik


Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

    Fors-tojik tilidagi tarixiy asarlar
.   X  asrdan boshlab    fors-tojik     tilida 
xam     ilmiy     tarixiy     asarlar     yozila boshlandi.     Bora-bora arab  tili     ilm 
soxasida 
siqib 
chiqarildi. 
XV 
asrga 
kelib 
Movarounnaxr 
tarixiga 
bag‘ishlangan  asarlar  asosan  davlat  tili  vazifasini  bajargan  for s-tojik  tilila 
yoziladigan bo‘ldi. Oldingi davrlarda arab tilida  yozilgan  qator  tarixiy  asarlar 
xam  fors  tiliga  tarjima  qilinar  e di.  Arabchadan  fors  tiliga  o‘girilgan  dastlabki 
tarixiy  asar  Narshaxiyning  "Buxoro  tarixi"  nomli  kitobi  edi.  Bu  asar  944 
yilda  yozilib,  1128  yilda  ibn  Nasr  Axmad  al-Kuboviy  tomonidan  fors
 
tiliga 
tarjima  qilingan. U  «arab tilidagi  nusxada so‘zlangan  keraksiz  va o‘qiganda 
kishi  tabiatida  malollik  orttiradigan  narsalarni»  qisqartirib  yuborgan.  Undan 
yarim asr o‘tgandan keyin asar yana qaytadan  taxrirga  uchragan.  1178-1179 
yillarda  Muxammad  ibn  Zufar
 
ibn  Umar  fors  tilidagi  tarjimani  ikkinchi 
marotaba  qisqartirib  bayon  etgan.  Asarning  bizning  zamonamizgacha  etib 
kelgan  barcha  nusxalar ida  1178-1220  yillar  voqealari  xam  bayon  qilinadi. 
SHunga  qaraganda,  Narshaxiyniig  "Buxoro"  tarixi"    kitobi  uchinchi  marta 
noma’lum  muxarrir  tomonidan  taxrir  qilinganligi  va  to‘ldirilganligini  bilib 
olish  mumkin.  Asarning  asl  nusxasi  va  al-Kuboviy  tarjimasi  xamda 
Muxammad ibn Zufar taxrirlari bizgacha etib kelgan.  
Tarjimon  Abu  Nasr  Axmad  al-Kuboviy  va  muxarrir  Muxammad  ibn 
Zufar  o‘z  ishlariga  mustaqil  tus  berganlar.  Ular  Narshaxiyni  tarjima  va 
taxrir  qilish  bilan  bir  qatorda  asarni  yangi  manbalar  asosida  boyitganlar  va 
keyingi  yillar  voqealari  bilan  to‘ldirganlar.  "Buxoro  tarixi"  islom  dini  va 
xukmron  sinflar  pozitsiyasidan  yozilganligi  sababli  mavjud  tuzumga  qarshi 
xarakatlar,  jumladan  Muqanna  qo‘zg‘olonini  qoralash  pozitsiyasidan 
yozilgan.  Biroq,  shunga  qaramay  asarda  katta  tarixiy  qimmatga  ega 
bo‘lgan  ma’lumotlar  keltirilgan  va  ularni  ilmiy  ob’ektiv  ravishda  taxlil 
qilish tarix fani uchun g‘oyat muximdir 
XI asrda yashab o‘tgan  yirik olim  va
 
davlat  arbobi  Nizomulmulk asl 
ismi  Abu  Ali  al-Xasan  ibn  (Ali  ibn  Xasan  at-Tusiy)  Saljuqiy  sulton  Alp 
Arslon xamda sulton Malikshox 1 larning bosh vaziri bo‘lgan. Nizomulmulk
 
Saljuqiylar  davlatining  ijtimoiy-siyosiy  xayotida  katta  rol  o‘ynagan.  U 
feodal 
tarqoqlikka 
barxam 
berish, 
markaziy 
davlat 
appartini 
mustaxkamlash,  davlatning  moliyaviy  ishlarini  tar tibga  solish  uchun  kurash 
olib  bordi.  Uning  Nizomulmulk,  ya’ni  "Mamlakatni  tartibga  soluvchi"
 
deb 
atalishi  xam  shu  sababdan.  Nizomulm ulk  1092  yilda  Isfaxonda  Bag‘dodga 
ketayotganda ismoiliylar (shia mazxabi oqimi) tomonidan o‘ldiriladi.  
Nizomulmulk  davlatni  idora        qilish        masalalariga        bag‘ishlangan 
"Siyosatnoma"  asari  bilan  nom    qoldirgan.  Asar    51      bobdan    iborat    bo‘lib, 
unda  markaziy davlat apparatining   tuzilishi  va  uning    moliyaviy  xisob-kitob  


22 
 
ishlari,      qo‘shinning      tuzilishi,      yuqori          davlat          mansablari  va  ularga 
tayinlash  tartibi,  qabul  qilish  marosimlari  xamda    ularni  tayyorlash  va 
o‘tkazish  tartibi,      mansabdorlar    faoliyati    ustidan  nazorat    qilish  kabi 
umumdavlat masalalari    o‘rtaga    qo‘yilgan.      "Siyosatnoma"da O‘rta Osiyo 
tarixi  xaqida  xam  muxim    va        qimmatli          ma’lumotlar        bor.  Somoniylar 
zamonida turk g‘ulomlarining    mamlakat    ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan 
o‘rni,      Turkiston        xonlari        (Koraxoniylar)        saroyida  xizmat  qiluvchi
 
xodimlarning  maishiy  axvoli,  Somoniylar        xizmatida  bo‘lgan  amirlarning 
unvonlari,      xorazmshox  Oltintosh  (11017-1032)  bilan  sulton
 
Maxmud 
/aznaviyning  vaziri    Axmad  ibn    Xasan        o‘rtasidagi  yozishmalar  shular 
jumlasidandir.      Bulardan  tashqari  asarda       karpatiylar,      botiniylar  xarakati, 
Muqanna qo‘zg‘oloni xaqida diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. SHarqshunos    
olim        R.  D.  Zaxoderning        fikricha,  "Siyosatnoma"ning    43  ta  bobi  
Nizomulmulk   tomonidan   so‘nggi     8 ta bobi esa  qariib 20 yildan keyin uni 
qaytadan  taxrir  qilgan  noma’lum  olim  tomonidan  yozilgan.  Asar  bir  necha 
xorijiy tillarga, shu jumladan o‘zbek tiliga tarjima qilnib, nashr etilgan.  
XI  asrla  yashab  o‘tgan  yirik  tarixchilardan  yana  biri  Abulxay 
Gardiziy  xisoblanadi.  Gardiziy  o‘zining  "Zayn  ul-axbor"  ("Xabarlar  bezagi') 
nomli  asari  bilan  shuxrat  qozongan.  Asarda  islomiyatdan  oldingi  Eron
 
podshoxlaridan  to  1041  yilgacha  Xurosonda  bo‘lib  o‘tgan  voqealar  xaqida 
so‘z  yuritiladi.  Asarda  O‘rta  Osiyoning  turkiy  axolisi  xaqida  Xuroson  va 
Movarounnaxrning arablar  istilosidan to X I I   a srgacha  bo‘lgan  siyosiy  tarixi 
to‘g‘risida keng ma’lumotlar beriladi. 
Faxriddin  Muborakshox  Marvarrudiy  o‘zining  "Tarixi  Muborakshox" 
nomli  asari  bilan  mashxurdir.  Asar  1206  yilda  yozib  tugatilgan .
  A
sar  136 
bobdan  iborat  bo‘lib,  Muxammad  payg‘ambardan  boshlab  /aznaviylar  va 
Guriylar  xukmronlari  davrigacha  bo‘lgan  voqealar  bayon  qilingan.  Asarning 
yana  bir  qimmatli  tomoni  shundaki,  unda  Turkiston ning  sarxadlari  va 
Turkistonda  ishlab  chiqarilgan  mollar  va  mato lar,  ularning  xorijiy 
mamlakatlarda  e’tibor  qozongan  navlari,  turk  qabila  va  urug‘lari, 
ularning  tili  va  madaniyati  xaqida  boy  faktik  ma’lumotlar  keltiriladi. 
"Tarixi  Muborakshox"  asarining  yagona  qo‘lyozma  nusxasi  Angliyada 
saqlanmoqda. Asarning bir qismigina ingliz tilida nashr etilgan, xolos. 
XI  asrda  yashab  o‘tgan  tarixchi  olimlardan  yana  bittasi  Abu  Fazl 
Bayxakiydir.  Bayxakiy  19  yil  davomida  /aznaviylar  davlatining  de voni 
rassilida  (xorijiy  mamlakatlar  bilan  aloqa  yurituvchi  maxkama)  dabir  bo‘lib 
xizmat qildi  va yana 11 yil davomida shu devonga boshchi lik qildi. Bayxakiy 
"Tarixi  Oli  Maxmud"  ("Jome’  fi  tarixi  Oli  Sabuktakin"  nomi  bilan  xam 
ma’lum)  nomli  30  jildlik  asar  muallifidir.  Lekin  bizgacha  bu  asarning  7,  
8,  9-jild lari  va  qis man  6,  10-jildlari  etib  kelgan  Bu  qismlar  sulton  Ma’sud 
xukmronligi davrini o‘z ichiga olganligi bois "Tarixi Mas’udiy" aeb ataladi.  
"Tarixi Mas’udiy"  muallif o‘zi ko‘rgan va
 
ishonchli kishilardan  eshitgan 
materiallar,  shuningdek  xukumat
 
maxkamalarida  saqlanayotgan  rasmiy 
xujjatlar  asosida  yozilgan.  Asar  faktik  materiallarga  boy ligi,  voqealarning 


23 
 
keng  va  atroflicha  bayon  etilishi  va  nixoyat  zo‘r
 
badiiy  maxorat  bilan 
yozilganligi  bilan  boshqa  tarixiy  asarlardan  farq  qiladi.  Asarda  Sulton 
Mas’ud  davrida  /aznaviylar  imperiyasining  ijtimoiy-siyosiy  axvoli  keng 
bayon  etilgan.  SHuningdek  Safforiylar  Saljuqiylar  tarixiga  oid,  /aznaviylar  va 
Xorazm davlati, Saljuqiylar bilan Qoraxoniylarning o‘zaro munosabatlariga doir 
ma’lumotlar bor. 
XIII asrda o‘tgan yirik tarixchi     va    davlat     arbobi     Alouddin Otamalik  
Juvayniy  1226-1283 (arab,  fors,   mug‘ul va 
 
uyg‘ur  tillarini mukammal bilgan) 
uzoq  muddat  mug‘ul  xukmdorlari saroyida  xizmat qilgan shaxsdir. Juvayniy 
turli topshiriqlar bilan 3 marotaba Mug‘uliston poytaxti  Koraqurumga  bordi. 
1259  yili  u  Iroq  va  Xozoriston  xokimi  qilib  tayinlandi  va  bu  lavozimda  20 
yildan ko‘proq turdi.  Aloiddin Otamalik Juvayniy "Tarixi jaxonkusho"
 
nomli 
asar  yozib  qoldirgan  (1260)  asar  Z  qismdan  iborat.  Birinchi  qismda  Mug‘ul 
imperiyasi  tarixi,  ikkinchi  qismda  Xorzmshoxlar  davlati  va  Xurosonning 
1258  yilgachga  bo‘lgan  tarixi,  uchinchi qismda  Eronning  1256-1258  yillardagi 
siyosiy  axvoli  bayon  qilinadi.  Asarni  yozishda  muallif  Bayxakiy,  Faxruddin 
Roziy  asarlaridan  foydalangan.  Juvayniy  o‘zining  Movarounnaxr,  SHarqiy 
Turkiston  va  Mug‘ulistonda  qilgan  sayoxatlari  chog‘ida  yiqqan 
materiallaridan  keng    foydalangan.  Eronlik    boshqa  bir    mashxur    olim     
Rashiduddin          (1247-1318)    iloxiyot,      tabiiy  fanlar,  adabiyot,  tarix, 
geografiya  va  boshqa  fanlarni  puxta  egallagan  edi.      Rashiduddin    Abakaxon  
davrida  uning    shaxsiy  tabibi  bo‘lib  xizmat  qilgan.  Keyinchalik      /ozonxon  va 
Ultoyjuxonlarning  vaziri  bo‘lgan.  Mazkur    xonlarning  xomiyligi    va  o‘zining 
tadbirkorligi tufayli Rashiduddin o‘z  zamonasining  eng  bad avlat va  nufuzli 
kishisiga aylandi.   Uning  80   ming   gektar  eri,   250   ming   qo‘yi,  30  ming 
yilqisi  va
 
10  ming    tuyasi    xamda  boshqa  boyliklari  (jami  35  million  dinorga 
teng)  bo‘lgan.      Rashiduddin  feodal  tarqoqlik  va    separatizm  tarafdori 
bo‘lgan turk-mug‘ul 
 
zodagonlaridan  farqli  o‘laroq o‘troqlik xamda markaziy 
davlat    apparatini  mustaxkamlash  tarafdori  bo‘lgan.  Oxiri  Rashiduddin 
Elxoniylar    saroyida  fitna  qurboni  bo‘ldi.  1318  yilda  uni  Ultoyjuxonni  
zaxarlab    o‘ldirishda    ayblab  qatl  etdilar.  Uning  barcha  mol-mulki  musodara 
etildi. Tabrizdagi 60 ming boy kutubxonasi xam  talon-taroj qilindi. 
Rashiduddin  juda  ko‘p  ilmiy  asarlar  yozgan.  Lekin  bizning     
zamonamizgacha uning bittagina asari   - "Jome’ ut-tavorix"  etib  kelgan. "Jome’ 
ut-tavorix"  SHarq  tarixnavisligida    yangi        an’anani  boshlab  bergan  asardir. 
Rashiduddin avval  o‘tgan tarixchilarning  ko‘pchiligi umumiy tarix deganda faqat 
musulmon  mamlakatlarning  tarixini tushunganlar. Rashiduddin esa  ulardan  farqli 
ularoq,  Umumiy  tarix    deganda  SHarq  mamlakatlari    bilan    bir    qatorda        /arb     
mamlakatlari,    Xitoy  xamda    Xindiston  tarixini  xam    nazarda  tutgan.  "Jome’  ut-
tavorix" 1301-1311  yillarda /ozonxonning topshirig‘iga  mufoviq   yozilgan.  Asar 
uch qismdan iborat: 1 mug‘ullar va ular  asos solgan davlatlarning qisqacha tarixi:  
2 SHarq mamlakatlari  tarixi. Xitoy yaxudiylar,   Rim imperiyasi, Franklar  davlati  
va  Xindiston tarixi. Asarning  uchinchi kismi bizgacha etib kelmagan.  


24 
 
"Jome’  ut-tavorix"ning  ayniqsa  turk-mug‘ul  xalqlari    tarixini  o‘z  ichiga 
olgan qismi O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rganishda katta axamiyatga ega. 
XIII  asrning  boshlaridagi  ijtimoiy-siyosiy  xayotga  bag‘ishlangan  boblari 
xam  g‘oyat  qimmatli  ma’lumotlarga  boydir.  Rashiduddinning  bu  asari 
ko‘pgina tillarga tarjima qilinib,  nashr  etilgan.  Bu asar XV asrdayok o‘zbek 
tiliga tarjima qilingan. 
Mug‘ullar  davlati  tarixi  xamda  mug‘ul  istilosi  davri  Mirzo  Ulug‘bekning 
"Turt ulus tarixi" nomli asarida xam o‘z aksini topgan. Bu asar kompilyativ 
asar bo‘lib, asosan Rashiduddin, Juvayniy  va  boshqa  mualliflarning asarlariga 
tayanadi. 
XV asrda yaratilgan tarixiy asarlarning katta bir guruxi 
 
Amir Temur va 
Temuriylar  davlati tarixiga  bag‘ishlangan.  Bunday  asarlar  qatoriga Nizomuddin 
SHomiy,  Muiniddin  Natanzii,  Xofizi  Abru,  SHarafuddin  Ali  YAzdiy, 
Abdurazzoq  Samarqandiy,    Axmad  ibn  Arabshox.  Mirxond,  Xondamir  singari 
tarixchilar asarlarini kiritish mumkin.  
Asli  Tabriz  shaxridan  bo‘lgan  Nizoimuddin  SHomiy  1391  yilda  Amir 
Temur  Bag‘dodni  olganida  shu  erda  bo‘lgan  va  Temur  xizmatiga  qabul 
qilingan.  Nizomuddin  1404  yilgacha  Temur  bilan  birga  bo‘lib,  uning  xarbiy 
yurishlarida voqeanavis va voiz sifatida ishtirok etgan. 1402  yilda  Temur  unga 
o‘zining
 
tarixini  aniq  va  sodda  tilda  yozishni  buyurgan.  SHomiy  bu  asarni 
1402-1404  yillarda  yozib  tamomlagan.  Asar  Temurning  xokimiyatga  kelishidan 
(1370)  to  1404  yilgacha  bo‘lgan  voqealarni  o‘z  ichiga  olgan.  '"Zafarnoma" 
deb  atalgan  6u  kitobda  Temurning  shaxsi  bir  muncha  ideallashtirilgan.  Asar 
XIV  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XV  asr  boshlaridagi  ijtimoiy-siyosiy  tarixni 
o‘rganishda muxim va ishonarli manbalardan biri xisoblanadi. Asarni yozishda 
muallif Temurning  uyg‘ur kotiblari tomonidan yozilgan "Tarixi xo niy" nomli 
she’riy  kitobdan,  boshqa  original  manbalardan  foydalangan.  Nizomiddin 
SHomiyning bu asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilingan. 
Temur  va  Temuriylar  davri  tarixiga  oid  ma’lumotlar  Xofizi  Abruning 
"Majmuai  Xofizi  abru"  va  "Zubdat  ut-tavorix"  nomli  asar-larida  keltiriladi. 
Xofizi  Abruning  birinchi  asarida  uning  Rashiduddin  va  Nizomuddin  SHomiy 
asarlariga yozgan seyllari (ilovalari) e’tiborga loyiqdir. 
XV  asrning  yirik  tarixchilaridan  biri  SHarafuddin  ali  YAzdiy  xam 
Amir Temurning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan "Zafarnoma"  nomli asari 
bilan  shuxrat  qozongan.  Bu  asar  Nizomuddin  SHomiyning  "Zafarnoma"si 
asosida  yuksak  badiiy  maxorat  bilan  yozilgan.  SHarafuddin  Nizomuddin  
asarida  bayon  qilingan  voqealarni  yangi  manbalar  asosida  to‘ldirilgan, 
ba’zilariga aniqlik kiritadi. Uni yangi fakt va dalillar bilan boyitadi.  
SHarafuddinning 
"Zafarnoma"sida 
Temurning 
shaxsi 
nixoyatda 
yuksaltirilgan.  SHunga  qaramay,  uning  shaxsiyati  va  faoliyatidagi  qarama-
karshiliklar  va  ziddiyatlar  bir  muncha  xaqqoniy  va  to‘g‘ri  tasvirlangan.  Asarning 
dastlabki qismi «Mukaddimayi Zafarnoma» deb ataladi. Unda Temurgacha bo‘lgan 
davrda Mug‘ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlar tarixi aks ettirilgan 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə