Manbashunoslik va tarixshunoslik


Temur va Temuriylar davri tarixiga oid Evropa manbalari



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

 
Temur va Temuriylar davri tarixiga oid Evropa manbalari.
          
XV asrning oxirlarida  Evropa davlatlari    tang    axvolga tushib    qoldilar. 
Usmoniy turklar davlatining tazyiqiga etarli darajada    javob     qaytara olmagan 
Evropa qirollari va Rim papasi najot istab, o‘z nigoxlarini SHarqqa, Amir Temurga 
qaratdilar.  Ana  shunday  sharoitda  Evropada  Temur  shaxsiga  qiziqish  ortib  bordi. 
Temur  bilan  muloqotda  bo‘lgan  elchilar,  uning  xarbiy  kishilarini  guvoxi  bo‘lgan 


26 
 
sayyox  va  savdogarlarning  Temur  xaqidagi  kitoblari  Evropaliklarda  katta  qiziqish 
o‘yg‘otdi.  
Rim  papasi  va  Franiiya  qirolining  Amir  Temur  xuzuriga  yuborgan  elchisi 
Ioann Grinlo (1401 yil avgust) Amir Temur suxbatlarida ko‘p marta ishtirok etgan. 
Uning  saltanatini  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  va  bu  xaqda  asar  yozgan  birinchi 
evropalik muallif bo‘ladi. Uning asari "Temur va uning saroyiga oid xotiralar"  deb 
ataladi.  Monax  va  elchi  Ioann  Grinloning  asari  fransuz  va  lotin  tillarida  yozilgan 
bo‘lib, 23 bobdan  iboratdir.  Muallif Temurning  xayoti  va  faoliyati  xaqida  imkon 
qadar batafsilrok ma’lumot berishga xarakat qilgan. 
Amir  Temur  va  uning  yurishlari  xaqida  italiyalik  tujjorlar  Paole  Zane, 
Beltramus de Mignanelli va Emmanuil Paole xamda ispan elchisi Rui Gonsales de 
Klavixo,  asirga  tushgan  nemis  askari  Iogannes  SHiltberger  va  boshqalar  xam  o‘z 
xotiralarini yozib qoldirganlar. 
Emmanuil  Paole  arab  tilini  mukammal  bilgan.  22  yil  moboynida  Misr 
mamluqlari orasida  yashagan  xamda Misr sultoni Farajning yaqin kishisi bo‘lgan. 
U  Amir  Temurning  Damashq  yurishiga  oid  ma’lumotlar  to‘plagan.  Uning  Amir 
Temur  xaqidagi  ma’lumotlari  Venetsiya  arxivida  saqlanmoqda  va    xozirgi  kunga 
qadar nashr qilinmagan. 
Paole  Zane  esa  1400  yilla  Venetsiyaning  Damashqdagi  konsuli  bo‘lgan.  U 
Venetsiya  senatining  topshirig‘iga  muvofiq  Amir  Temur  xaqida  ma’lumotlar 
yiqqan.  Uning  to‘plagan  materiallari  xam  xozirgi  kunda  Venetsiya  arxivida 
saqlanmoqda  va nashr etilganicha yo‘q. 
SHuni  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,      XIV  asrning  oxiri  -    XV        asrning 
boshlarida Amir Temur   uning saltanati   qo‘l ostidagi erlari, qo‘shini,   urush olib 
borish uslubiga oid malumotlar  nashr etish maqsadida to‘plangan edi. Ma’lumotlar  
Evropa qirollari va Rim papasi uchun to‘plangan bo‘lib,   asosan maxfiy xarakterga 
ega edi.   SHu boisdan bu  meterialar asrlar davomida  qo‘lyozma  xolatida  qolib  
ketgan. 
Italiyalik tujjor Beltramus de Mignanellining  "Temurlang xayoti" asarining 
taqdiri qisman  o‘zgachadir.      Beltramus    uzoq     vaqt  mobaynida Damashq 
shaxrida  yashab,  bu  erda  katta  boylik    va  obru-e’tiborga  ega  bo‘ladi.  Temur 
Damashqni ishg‘ol etganda   de Mignanelli bu erda yashardi.   U Anqara jangi va 
Smirnani  olinishini  kuzatgan  va  o‘rgangan  edi.  Beltramus  de  Mignanelli    
"Temurlang          xayoti"        asarini  1416  yilda  lotin  tilida  yozadi.        1764    yilda  
asarning  Venadagi  ilmiy  kutubxonada  saqlanayotgan  qo‘lyozma  nusxasi  Stefan 
Belizius        tomonidan  nashr  qilingan  edi.  "Temurlang    keyingi    xayoti  yoki 
Damashq xarobasi" asari garchi Temur yurishidan talafot ko‘rgan tujjor tomonidan    
yozilgan  bo‘lsada,  lekin  muallif  ko‘p    xollarda    voqealarni    xaqqoniy  yoritishga 
erishgan va tarixiy  shaxslarga  baxo  bera olgan.     SHuning     uchun     xam  asar  
xozirgi  kunga  qadar  o‘z axamiyatini  yo‘qotgan emas. 
Temurning xukmronlik davri bilan bog‘lik yana bir muxim tarixiy manba – 
bu  ispaniyalik  elchi    Rui  Gonzales  de  Klavixoning  kundaliklaridir.    De  Klavixo 
1404 yilda Lion va  Kastiliya qiroli Genrix III ning topshirig‘i bilan Samarqandga 
keladi. Uning asari "Samarqandga Temur saroyiga sayoxat kundaligi" deb ataladi. 


27 
 
De  Klavixo  kundaliklari  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  birinchi  qism  elchilarning 
Samarqandga  etib  kelishlarigacha  yo‘lda  ro‘y  bergan  voqealar,  turli  mamlakatlar 
tabiati,  xalqlarning  turmushiga  oid  mashg‘ulotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ikkinchi 
qismida  muallif  Kesh  va  Samarqandda  Temur  saroylaridagi  uchrashuvlarni 
tasvirlaydi.  
 Mazkur  kundalik  daftar  birinchi  marta  1582  yili  Sevilya  shaxrida  «Ulug‘ 
Temurlan  tarixi»  nomi  bilan,  so‘ngra  1782  yili  Madridda  «Ulug‘  Temurlangning 
xayot  iva  faoliyati»  nomida  nashr  qilingan.  Bu  asar  keyinchalik  xam  to‘liq  yoki 
ayrim parchalar xolida ingliz va boshqa tillarda tarjima qilingan.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə